Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
Tuman - O’rta asrlarda SHarqdagi, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ma’muriy-hududiy birlik sifatida e’tirof etilib, hozirda ham ko’pchilik davlatlarda mavjud (MDH mamlakatlari). O’zbekiston sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davrda ularni “rayon” deb atash rasm bo’lgan. Mustaqillikka erishilgandan so’ng ushbu ma’muriy-hududiy birliklarni tarixiy nom bilan ya’ni, “tuman” deb atalishi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 68-moddasiga muvofiq tuman ma’muriy-hududiy bo’linish pog’analaridan bo’lib, o’rtancha bug’in hisoblanadi. Tuman davlat yuqori organlarining ko’rsatmalari, qarorlarini hayotga tatbiq etuvchi va bajaruvchi asosiy ma’muriy hududiy birlik. Tumanlar hududiy joylashishi nuqtai nazariga ko’ra ikki xil: qishloq tumani va shahar tumanlarigabo’linadi. Qishloq tumanlari ma’lum bir viloyat tarkibiga kiruvchi ma’muriy-hududiy birlik hisoblansa, shahar tumanlari esa yirik shaharlar tarkibida tashkil etiladi ( Masalan Toshkent shahridagi Yunusobod tumani). Tumanlarni tashkil etish va tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Tumanlarga tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadigan hamda tuman halq deputatlari Kengashida tasdiqlanadigan tuman hokimi rahbarlik qiladi. O’zbkeiston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish yuqoridagi qonunga ko’ra tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo’qorg’i Kenges tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 69-modda). SHahar – deganda ko’pchilik aholining madaniylashgan holda o’zaro zich yashaydigan hududi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasidagi shaharlar uch toifaga ajratiladi. - respublikaga bo’ysunuvchi viloyatga bo’ysunuvchi tumanlarga bo’ysunuvchi shaharlarga bo’linadi. Respublika bo’ysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq iqtisodiy, madaniy, ma’muriy markaz bo’lgan shaharlar kiradi. Bunday shaharlar turkumiga hozircha yagona Toshkent shahri kiradi. Viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida o’ttiz ming aholisi bo’lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin (masalan, Buxoro va Qo’qon shaharlari). SHaharlarni viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi maqomi viloyat maqomiga tenglashtirilgani uchun uning bo’ysunuvidagi shaharlar, viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritiladi.Ularni tashkil etish va qayta tuzish Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling