Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


-mavzu: O’ZBEKISTONNING MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI


Download 1.28 Mb.
bet118/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

7-mavzu: O’ZBEKISTONNING MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI.
Reja:



  1. Davlat tuzilishi shaklining umumiy tasnifi.

  2. Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomi

  3. O’zbekiston va Korakalpog’iston Respublikalarining o’zaro munosabati.


1.Davlat tuzilishi shaklining umumiy tasnifi.

Davlat tuzilishi bu davlat hokimiyatini mamalakt hududi bo’yicha tashkil qilish, hududlardagi davlat organlarini, markaziy davlat organlarini munosabatini belgilashning alohida shaklidir.


Bunday munosabatlar (markaz va hudud munosabati) kichik davlatlarda oson o’rnatilsa, hal qilinsa, yirik, ko’pmillatli davlatlarda qiyin hal qilinadi. Davlat tuzilish shakli masalalari davlat va huquq nazariyasi fanida chuqur, har tomonlama o’rganiladi.
Davlat va huquq nazariyasiga binoan davlat tuzilishining uch ko’rinishi mavjud bo’lib, ular Unitar davlat, Federativ davlat va Konfederativ davlatdir.
Federativ davlat bu davlat tuzilishlarning ittifoqi, federatsiya ma’lum mustaqillikka ega sub’ektlarning ittifoqi hisoblanadi. Federatsiya sub’ektlari ba’zi mamlakatlarda mustaqil bo’lib, ayrim vakolatlarini federatsiyaga ixtiyoriy o’tkazadi va barcha sub’ektlar bir xil huquqiy maqomga ega bo’ladi. Bunday davlatlarda federatsiya hududi, sub’ektlar hududidan iborat bo’ladi, federatsiya sub’ektlarining konstitutsiyalari, fuqaroligi, alohida qonunchilik, ijro, sud hokimiyati organi bo’ladi. Bunday davlat tuzilishidagi mamlakatga AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiyani ko’rsatish mumkin.
Unitar davlat bu davlat tuzilishining oddiy ko’rinishi, uni tarkibida boshqa davlat tuzilishlari yo’q, hududiy birliklari mustaqillikka ega emas. Yagona konstitutsiya, yagona fuqarolik, Oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyati ham markazlashgan shaklda tuzilgan va faoliyat olib boradi. Bu mamlaktlar qatoriga Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmanistonni kiritish mumkin.
O’zbekiston ham unitar mamlakatlar qatoriga kiradi. Lekin uni tuzilishida ayrim federativ davlatlarga xos xususiyatlar ham mavjud.
Masalan O’zbekiston tarkibida davlat tuzilishiga xos bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi mavjud. Uning o’zining konstitutsiyasi, qonunlari, hududi, fuqaroligi, oliy qonunchilik, ijro va sud hokimiyat organlari mavjud.
Qoraqalpog’iston va O’zbekiston munosabati federativ munosabatlar asosida qurilmagan. Federatsiya bir necha teng huquqli sub’ektlar ittifoqi bo’lsa, bu yerda teng huquqli federatsiya sub’ektlari yo’q. O’zbekistonning Konstitutsiyasi, qonunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida bajarilishi majburiy va Qoraqalpog’iston qonunlari O’zbekiston qonunlarini ustunligini to’la tan oladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling