4-masala.
Qoziog’iston Respublikasi fuqarosi bo’lgan Ya. 2005 yilda Toshkent shahriga savdogarlik uchun ko’chib keladi. U 2012 yilga qadar CHilonzor buyum bozorida savdogarlik faoliyati bilan shug’ullanib keladi. 2012 yil CHilonzor tumanida yashovchi Fuqaro SH. bilan turmush qurmoqchiligini uning oilasiga bildiradi. Faqatgina bir kichik muammo paydo bo’ladi, ya’ni to’yga SH.ning ammasi qarshilik qiladi. SHu sababli uning ota-onasi ham rozilik bermaydi. SH. ammasi qarshiligiga qaramay turmush qurmoqchiligini ota-onasiga aytadi. Uning fikriga ko’ra, ammasi hech qanday qarshilik qilishga haqqi yo’q, uning taqdirini o’zi va ota-onasi hal qilishligini aytadi.
Savol:
Ushbu holatning SH.ning ammasi to’yga qarshilik qilishga haqlimi?
SH.ning harakatlariga huquqiy baho bering?
Nikohga qarshilik qiluvchi tomonlar bo’lgan taqdirda qanday yo’l tutiladi?
5-masala.
CHilonzor tumanidagi yashovchi fuqaro CH. 2013 yil 4 sentyabrь kuni Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudiga murojat qilib, eri bilan ajrashganligi va ajrashgandan so’ng voyaga yetmagan farzandini tarbiyasi uchun aliment to’lashi zarurligini so’ragani, lekin turmush o’rtog’i fuqaro Yu. u bilan ajrashgandan so’ng voyaga yetmagan farzandi uchun xech qanday pul bermayman, – deganlagini aytadi. SHundan so’ng Yu.dan voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirib berishini so’rab kelganligini aytadi.
Savol:
Ushbu vaziyatda Yu.ni aliment to’lashdan ozod qiluvchi holatlarni aniqlang?
CH.ning da’vosi o’rinlimi?
Ularning nikohi bekor qilinganligi faktini qanday isbotlash mumkin?
Nikoh bekor qilinmagan hollarda aliment undirishning huquqiy asoslari mavjudmi?
Ommaviy axborot vositalari
1-masala
Fuqaro Y. o’zining “Davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash muammolari” mavzusidagi 8 sahifadan iborat ilmiy maqolasini “Xalq so’zi” gazetasida chop etish uchun murojaat qildi. Tahririyat ushbu maqoladagi ayrim jumlalarni kesib tashlagan holda gazetaning 1 betlik sahifasida chop etdi. Muallif tahririyatning ushbu xatti-harakatlarini tsenzuraga yo’l qo’yish deb baholab sudga murojaat qildi.
Savol:
Tahririyatning harakatlari to’g’rimi?
Tahririyatning harakatlarini tsenzura deb baholash mumkinmi?
Fuqaroning harakatlariga baho bering? Uning e’tirozi o’rinlimi?
Fuqaroning murojaat qilgan organi ushbu masalani ko’rib chiqishga vakolatlimi?
TSenzuraga ta’rif bering va uning amaliy belgilarini sanab bering!
Do'stlaringiz bilan baham: |