SHaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo’l stantsiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan hamda kamida ikki ming aholisi bo’lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. O’zbekistonda hozirgi kunda 106 ta shaharchalar mavjud.
Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
SHaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa - Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
SHaharchalarga nom berish va ularning nomini o’zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa - Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi
Qishloqlar – O’zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy bo’linishning quyi bo’g’inlaridan biridir. Ushbu ma’muriy-hududiy bo’linishning quyi bo’g’inini qishloq deb nomlash tarixiy qadriyatlarimizni amalda ifodalashning yorqin misolidir. SHahar hududlariga kirmaydigan, ma’lum aholi soniga ega bo’lgan qishloq markazlari va ma’lum sanoat ob’ektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining yashash joylari qishloqlar bo’lib hisoblanadi.
Ovullar - esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va turar joylardan iborat bo’lgan aholi punktlaridir. Ovullarda ko’p hollarda chorvador oilalar istiqomat qilib, ular asosan ko’chib yuruvchi bir necha cho’ponlar oilalaridan tashkil topadi. O’zbekistonda hozirgi vaqtda 1427-ta qishloq va ovullar mavjud.
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa - Jo’g’org’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar va ovullar chegarasini o’zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa - Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |