Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saylov jarayoni Saylov jarayoni
- Xorijiy mamlakatlarda saylov tizimlari
7. Yashirin ovoz berish.
Bu tamoyil fuqaro ovoz berishida to’liq erkinlikni ta’minlab beradi. Ko’plab davlatlarda ovoz berish saylov byulletenida o’zi tanlagan nomzod yoki partiyadan boshqalarning ismi familiyasi yoki nomini o’chirish orqali, yoki aksincha o’zi tanlagan nomzod yoki partiya nomini belgilash orqali amalga oshiradilar . Saylov byulleteni – belgilangan shaklda tasdiqlangan, yashirin ovoz berish uchun mo’ljallangan saylov hujjatidir. Saylov byulletenlari rasmiy (davlat tomonidan chiqarilgan) va norasmiy bilan farqlanadi (Frantsiyada saylov byulletenlari o’z nomzodini qo’yadigan partiyalar, nomzodlar tomonidan chiqariladi; Norvegiyada saylovchi oddiy oq qog’ozdan foydalanishi mumkin). Saylov jarayoni Saylov jarayoni – bu davlat o’z – o’zini boshqaruv organlari saylovga tayyorgarli ko’rish saylov o’tkazish bilan bog’liq shaxslar, organlar, tashkilotlar va guruhlar faoliyatini saylov o’tkazish qonuni yoki boshqa ijtimoiy normalar bilan tartibga solinishidir. Caylov jarayoni caylov tizimining acociy elementlaridan biri bo’lib: caylov tayinlashni (qoida tariqacida bu alohida huquq davlat boshlig’i yoki qonunchilik organiga tegishli); qonun bilan belgilangan tartibda caylovchilarni ro’yhatga olishni; tumanlar va boshqa joylarda caylov okruglarini tashkil etishni (vakillik tamoyiliga muvofiq hududiylik, milliylik, ishlab chiqarish va boshqa hucuciyatlarni shakllantiradi (ovoz berish uchun caylov uchackalari va punktlari tashkil etiladi)); nomzod ko’rcatishni (ciyociy partiyalar tomonidan, caylov bloklari tomonidan, tashabbuckor guruhlar tomonidan); ovoz berishni o’tkazishni (bir yoki ikki turda); ovoz berish natijalarini aniqlashni (berilgan ovozni hicoblashni ) va mahalliy hamda markaziy caylov organlari tomonidan amalga oshiriluvchi deputatlar mandati bo’lishini o’z ichiga oladilar. CHet mamlakatlarda saylovlar qonun bilan belgilangan muddatda o’tkaziladi Prezidentlik Respublikalarida – saylov vaqti aniq belgilab qo’yilgan bo’ladi (AQSHda - sanoq yilining noyabr oyi birinchi seshanbasida o’tkaziladi). ParlamentarRespublika va Parlamentar Manarxiyalarda: vakillik organining vakolatli muddati tugashi bilan (navbatdagi saylov); davlat boshlig’i tomonidan parlamentni muddatdan oldin tarqatib yuborish munosabatibilan (navbatdan tashqari saylov ); deputatni lavozimidan chetlatish yoki uni vafot etish munosabati bilan (qo’shimcha saylovl) Saylovjarayoni qonun bilan belgilab qo’yilgan bosqichlardan iborat 1. Saylovni belgilash. 2. Saylov okruglarini belgilanishi. 3. Saylov uchastkalarini belgilash. 4. Saylov organlarini shakllantirish. 5. Saylovchilarni ro’yhatdan o’tkazish va saylovchilar ro’yhatini tuzish. Xorijiy mamlakatlarda saylov tizimlari Saylov tizimi mohiyati jihatdan belgilab qo’yilgan qonunlar, tamoyillar va qoidalardan tashkil topgan hodisa hisoblanadi. Saylov tizimi yordamida bo’lib o’tgan saylov yakunlarini hisoblab chiqish mumkin. Umuman olganda saylov tizimining u yoki bu mamlakatda ta’sis etilishi davlatdagi hamda butun jamiyatdagi siyosiy kuchlar kurashi natijasida vujudga keladi. SHunday qilib, ko’pchilik ovoziga ega bo’lish tamoyili asosida vujudga keladigan saylov turi mojaritar saylov deb ataladi. Mojaritar saylov tizimi uchga bo’linadi: 1. Absolyut ko’pchilik 2. Nisbiy ko’pchilik 3. kvalifikatsionko’pchilik Absolyut ko’pchilikka asoslangan majoritar tizimning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u qat’iy va mustahkam hukumatni tuzishning garovidir. SHuningdek parlamentdagi aksariyat joylarning mazkur partiyaga tegishliligini ta’minlaydi. Nisbiy ko’pchilikka asoslangan majoritar tizimning diqqatga sazovor tarafi doimiylikda ifodalanadi. Sababi, har bir deputat, shu bilin birga har bir partiya qanday bo’lmasin nisbiy ko’pchilik o’rinlarga ega bo’ladi. Mazkur saylov tizimida parlamentda qat’iylik va stabillik hukm suradi. Avstriyada proportsional saylov tizimi qo’llaniladi. Proportsional saylov tizmining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u majoritar saylov tizimidan farqli o’laroq, ko’pchilik tamoyiliga emas balki proportsionallik tamoyiliga asoslanadi. Proportsional saylov tizimida bir ыancha saylov okruglari tuziladi va har biridan ma’lum miqdorda deputatlar saylanadi. Demak butun bir davlat yagona saylov uchastkasiga aylanib qoladi. Mazkur hodisa bevosita saylovning demokratiya printsiplariga mosligini kafolatlaydi. Proportsional saylov tizimi qat’iy partiya saylovlari hisoblanadi. Har bir partiya o’z nomzodlari ro’yxatini taklif etadi va ularga saylov okrugi saylovchilari ovoz beradilar. Mazkur saylov tizimi ayrim farqlar bilan Germaniya, Indiya, Irlandiya. Avstraliya, Malьta kabi davlatlarda mavjud. SHuningdek, aralash saylov tizimi ham mavjud. Aralash saylov tizimida ham mojaritar ham proportsional saylov tizimlarining elementlari mujaasamlashgan. Aralash saylov tizimi Italiya Yaponich kabi davlatlarda o’z ifodasini topgan. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling