Tirik Konstitutsiya– hozirda amal qilayotgan Konstitutsiya-larning barchasi tirik Konstitutsiyalar hisoblanadi.
Fiktiv (soxta) Konstitutsiya–amalda jamiyat hayotini belgilab beruvchi qoidalar mavjud, lekin bu qoidalar jamiyat hayotida qo’llanilmaydi.
Yozma konstitutsiyalar – mamlakatning oliy organi tomonidan yoki referendum yo’li bilan qabul qilingan, oliy yuridik kuchga ega bo’lgan davlatning asosiy qonuni bo’lib hisoblanadi. Bunga AQSH, Yaponiya, Niderlandiya, Belьgiya, Avstriya va boshqa davlatlar Konsti-tutsiyalarini misol qilib keltirish mumkin.
Yozilmagan konstitutsiyalar - aynan bir Konstitutsiya holatiga keltirilmasdan bir qancha davrlar oralig’ida qabul qilingan qonunlardan iborat bo’ladi. Bu qonunlarga Konstitutsiyaviy qonun maqomi beriladi. Masalan, Isroil, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari.
Yaxlit konstitutsiyalar - Konstitutsiya matni yaxlit bo’lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo’la oladi.
Yaxlit bo’lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar-bunday Konstitu-tsiya matni bir necha davrlar oralig’ida qabul qilinadi.Masalan, SHvetsiya, Finlandiya konstitutsiyalari.
Doimiy konstitutsiyalar –Xorijiy mamlakatlarda qabul qilingan aksariyat konstitutsiyalar doimiy Konstitutsiyalar hisob-lanadi.
Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar– ma’lum bir muddat davomida amal qiluvchi Konstitutsiyalar tushuniladi. Masalan, 1970 yil Iroqda, 1971 yilda Birlashgan Arab Amirligida harakatda bo’lgan konstitutsiyalar.
Formal konstitutsiyaviy nazorat – qonunlarni va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilish uchun o’rnatilgan tar-tib qoidalarga rioya qilinganligini tekshirish uchun amalga oshiriladigan konstitutsiyaviy nazorat.
Moddiy konstitutsiyaviy nazorat – davlatning qonunlari-ning va boshqa normativ huquqiy hujjatlarining konstitutsiya maz-muniga muvofiqligini o’rganish uchun o’tkaziladigan konstitutsiyaviy nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |