Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish
Inson tabiat qo’ynida vujudga keladi va hayot kechiradi. Tabiatning har bir narsasi inson hayoti uchun zarur manbaadir. Insonni sog’ligiga, qancha umr ko’rishga tabiiy muhit ta’sir qiladi. Ana shu ta’sir ijobiy bo’lishi uchun atrof-muhit sog’lom bo’lishi kerak. Atrof-muhitning sog’lom bo’lishi har bir kishiga bog’liq. SHuning uchun Konstitutsiyaning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” degan qoida mustahkamlangan.
Tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabat ajdod avlodlarimizga, millatimizga xos xususiyat. Oqar suvlarni ifloslantirmaslik, axlat tushgan joylarni tozalab qo’yish, yashash joyini ozoda saqlash, muqaddas dinimiz ta’limotlarida ham mavjud bo’lib, unga uzoq vaqtlar ixtiyoriy amal qilingan.
Mustaqillikka erishgach, atrof-muhitga ehtiyotkorona bo’lmasdan, tegishli natijalarga erishish mumkin emasligi e’tirof etilgan holda tegishli burch Konstitutsiyada mustahkamlandi.
O’zbekiston Konstitutsiyasi asosida, ko’plab qabul qilingan qonunlar, atrof tabiiy muhitni saqlash choralarini belgilab, mazkur burchni ta’minlashni nazarda tutadi.
“Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”, “Muhofaza etiladigan tabiat hududlari to’g’risida”, “Er osti boyliklari to’g’risida”, “O’simlik dunyosini muhofaza qilish to’g’risida”, “Atmosfera dunyosini muhofaza qilish to’g’risida”, “O’rmon to’g’risida”, “Er kodeksi” va boshqa huquqiy hujjatlar tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilishni nazarda tutadi.
Soliq va yig’imlarni to’lash
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, bozor iqtisodiyotini tamoyillarini hayotga tatbiq; qilish, huquqiy munosabatlarda yangi jihatlarini vujudga keltirdi va ularni Konstitutsiyada mustahkamlash zarurati vujudga keldi.
SHu tufayli Konstitutsiyada fuqarolarning yangi huquqlari singari (mulkdor bo’lish huquqi) yangi burchlari ham belgilandi.
Konstitutsiyaning 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar” - deb mustahkamlangan.
Demak fuqarolar albatta soliq va yig’imlarni to’lashi kerak va bu to’lovlar (soliq, yig’imlar) qonunga binoan amalga oshirishi kerak.
Soliq va yig’imlarning turlari har xil bo’lib, ularni to’lash tartibi, miqdori qonunlar bilan belgilanadi. Bunday qonunlar jumlasiga “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan va xorijiy fuqarolardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida”, “Mahalliy soliq va yig’imlar to’g’risida” qonunlar, “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi” kiradi.
O’zbekistan Respublikasining Jinoyat Kodeksi 184-moddasida “Soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan buyin tovlash” uchun jinoiy javobgarlik va jazo belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |