Davlat investitsiya siyosati taxlili
O’zoq muddatli kredit va o’z kapitali
Download 213 Kb.
|
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATI TAXLILI
Masalan, ekspertlarning diqqat e’tiboridan mamlakatda hukm surayotgan norasmiy qonuniyatlar, jamoatchilik, mahalliychilik, urug’chilik, diniy, etnik va boshqa ko’rinishdagi iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy hayotga ta’sir etuvchi bog’liklar va omillari chetda qolmasligi lozim. Shunday qilib, investitsiya iqlimi chuqur va har tomonlama o’rganilib va investitsiya xavfi hisoblab chiqiladi. BERI indeksi 0 bo’lganda to’liq xavfini anglatadi, ya’ni bu mamlakatga investitsiya kiritish mumkin emas, nomaqbo’l demakdir. Investitsiya iqlimi qancha yuqori, qulay bo’lsa, investorning investitsiyalash xavfi shunchalik past bo’ladi. Agar bu iqlim qanchalik past bo’lsa, investitsiya qabul qiluvchining sarf-harajatlari ham shuncha yuqori bo’ladi. Ya’ni, investitsiya iqlimi va investitsiya xavfi bir-birlariga teskari proportsional ekan. Investitsiya iqlimi modelini marketologlar tomonidan yaratishini, avvalo, investorlar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarni qanchalik to’g’ri yoki xato ekanligini, ularga ta’sir etuvchi omillarni, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy ahvolning holatini, investorlarning xulq-atvori haqida to’liq, tasavvur qilish imkonini beradi. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga asta-sekin bosqichma-bosqich o’tishida davlatning bosh-qosh bo’lishi chet ellik investorlarda ishonch va xotirjamlik o’yg’otmoqda. Mamlakatlarning rivojlanganlik darajasi bozor iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Bozor munosabatlarining rivojlanish ko’rsatkichi esa investitsiya iqlimini holatini harakterlab beradi. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishni barqaror va yuqori darajada o’stirish vositalarini yuzaga keltirishi bilan istiqbolga egadir. Download 213 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling