Davlat investitsiya siyosati taxlili


Investitsiyalarning yo’nalishi


Download 213 Kb.
bet8/10
Sana02.05.2023
Hajmi213 Kb.
#1422839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATI TAXLILI

Investitsiyalarning yo’nalishi

Loyihalarning umumiy qiymati

O’z mablag’lari

Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi

Tijoart banklari kreditlari

Moliyalashtirish manbalari belgilangan va kelishilgan, amalgaa oshiriladigan va amalga oshirishga tayyorlangan investitsiya loyihalari

Yangi qurilish

15395

2795

468

12132

Modernizatsiya va tiklash

6419

2922

1051

2446

Boshqa yo’nalishlar

1160

101

-

1059

Jami

22974

5818

1519

1059

Ishlab chiqarish bosqichidagi yangi innovatsiya loyihalari

Yangi qurilish

9580

2624

942

9014

Modernizatsiya va tiklash

2409

936

182

1292

Boshqa yo’nalishlar

256

-

-

256

Jami

12245

3560

1124

7561

Dastlabki tarzda ishlab chiqarilayotgan istiqbolli investitsiya loyixalri

Yangi qurilish

6286







Modernizatsiya va tiklash

1014







Boshqa yo’nalishlar

7300






O’zbekistan iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning texnologik tarkibida ijobiy o’zgarishlar solir bo’lmoqda. 2000 ~ 2010 yillarda sarflanayotgan investitsiyalarning texnolo­gik tarkibi asosiy kalitalning passiv qismi hisoblangan qurilish-montaj ishlari, binolarni qurish uchun sarflanayotgan xarajatlar ulushi 61,0% dan 45,4% ga yoki 15,6 punktga kamaygan. Shu bilan birga asosiy kapitalga sarflanayotgan investitsiya tarkibida mashina, uskuna, jihozlarga sarflangan xarajatlar ulushi 25,0% dan 42,4% gacha, ya’ni 17,4 punktga ortdi (2.2-jadval).
2.2-jadval
O’zbekistonda investitsiyalarning texnologik tarkibi o’zgarishi, jamiga nisbatan foiz xisobida 16





Ko’rsatkichlar

2002 y

2003 y

2004 y

2005 y

2006 y

2007 y

2008 y

2009 y

2010 y

Investitsiyalar, jami

11700

100

100

100

100

100

100

100

100

Shu jumladan:




























Qurilish-montaj ishlari

61,0

48,2

53,1

46,5

46,5

48,7

49,6

56,8

45,4

Jihozlar, uskunalar, investorlar uchun xarajatlar

25,0

39,5

35,1

41,5

43,6

38,7

38,1

31,7

42,4

Boshqa ishlar va xarajatlar

14,0

12,3

12,3

12,0

10,8

10,8

12,3

11,5

12,2

Ushbu holat iqtisodiyotga sarflanayotgan investitsiyalarning asosiy fondlarni zamonaviylashtirishga, tupa yangilashga sarflash va samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Demak, mamlakatimizda tarkibiy uzgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarining davom etti-rilishi barqaror va mutanosib iqtisodiy o’sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishning muhim omili hisoblanadi.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning muntazam ra­vishda kengaytirib borilishi, uzoq muddatli investitsiyaviy qarzlarning va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi O’zbekistondagi Inqirozga qarshi cho­ralar dasturida etakchi o’rin tutadi. Quyi­dagi raqamlar bu to’g’rida eng ishonchli ma’lumotlarni beradi: 2009-2014 yillarda modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan muhim loyihalarni amalga oshirish bo’yicha ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2009 yilning 12 martida tasdiqlangan dastur doirasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ikki tomonlama shartnomalar va etakchi xorijiy kompaniyalarning umumiy miqdori 22 milliard dollardan ziyod kreditlari va investitsiyalarni jalb etish ko’zda tutilgan edi. Hozirgi kunda umumiy qiymati 19 milliard dollardan ortiqroq bo’lgan 80 dan ziyod loyihalarni investitsiyalash va moliyalash bo’yicha aniq manbalar belgilanib, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar imzolandi.
Bu sheriklar orasida Osiyo Taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki (JB), Islom Taraqqiyot banki (ITB) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlari alohida o’rin tutadi. Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sishning yuksak sur’atlarini ta’minlash, tuzilmaviy o’zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, shuningdek, iqtisodiyotni hamda uning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalashtirib borishni ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiy strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko’lamining yanada jadal o’sib borishiga zamin yaratadi.
Ma’lumki, moliyaviy maqsadlarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuqori likvidli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiyotning real sektorini jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan himoya qilish imkonini beradi. Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun o’tgan 2009 yilda Prezidentimiz qarorlari asosida respublikada infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan bir qancha qaror va dasturlar qabul qilinib, hayotga keng tatbiq etildi. Xususan, Investitsiya dasturi (2008 yil 2 oktyabrdagi PQ-969-son), «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat dasturi (2009 yil 26 yanvardagi PQ-1046-son), «Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish» dasturi (2009 yil 20 yanvardagi PQ-1041-son) hamda «Qo’shimcha infratuzilma ob’ektlarini qurish» dasturi (2009 yil 17 martdagi PQ-1073-son) shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda 2014 yil uchun amalga oshirish belgilab olingan investitsiya dasturida moliyalashtirishning ahamiyatli qismi korxona mablag’lari (42,6 foiz) hamda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish (21,3 foiz) orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag’lari, aholi mablag’lari va Tiklanish va taraqqiyot mablag’lari hisobiga 2014 yilda jami investitsion mablag’larning 22,6 foizi to’g’ri kelishi nazarda tutilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, asosiy e’tibor korxona mablag’lari va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi ko’lamini oshirish va buning natijasida ishlab chiqarishning texnika va texnologik quvvatlarini modernizatsiyalash, mehnat unumdorligini oshirish orqali aholining yuqori daromad olishiga erishish, bo’larning oqibatida esa, mamlakat farovonligini yuksaltirish maqsad etib qo’yilgan.

1-rasm
G’


Bu borada to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha daromad solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda ozod qilinadi:


- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;
- 3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil muddatga;
- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.
Bu yo’nalishda aniq maqsadli ish olib borish nafaqat investitsiyalarni, balki eng avvalo, ilg’or texnologiya va nou-xaularni jalb etishni ko’zda tutadi. Ular esa O’zbe­kistonga jahon bozorida o’z mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish imko­nini beradi.
Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyoti­ning etakchi tarmoqlari bo’lgan neft-gaz va neft-kimyo sohalarida «Xitoy milliy neft korporatsiyasi», Janubiy Afrikaning «Sasol», Malayziyaning «Petronas», Koreyaning «Lotte», «LG international», «SK» korporatsiyalari, Koreya milliy neft korpora­tsiyasi, Koreya milliy gaz korporatsiyasi, Rossiyaning «Gazprom» va «Lukoyl», Amerikaning «Texaco», Yaponiyaning «Mitsui» va «Marubeni» korporatsiyalari, mashinasozlik sohasida – Amerikaning «Jeneral Motors», Germaniyaning «MAN», Yaponiyaning «Isuzu»; aviatsiya infratuzilmasi va multimodal logistika sohasida – Koreyaning «Koreyan Eyr» va Yaponiyaning «Mitsubisi»; oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida – Shveytsariyaning «Nestle», Angliya-Amerikaning «VAT», kimyo sohasida – Ispaniyaning «Maksam»; to’qimachilik va engil sanoat sohalarida – Koreya­ning «DEU interneyshnl», Hindistonning «Spenteks», Yaponiyaning «Mitsubisi» va boshqa o’nlab xorijiy kompaniyalar, bank-moliya sektorida «Royal Bank of Scotland», «Koreya Taraqqiyot banki» va hokazolar yaqin sheriklar hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investorlar bilan birgalikda faoliyat olib borayotgan qo’shma korxonalarning soni 4 mingdan oshdi.


Respublikamizga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish sxemasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi 927-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi (2-rasm).

2-rasm
Respublikaga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb


qilish sxemasi

Keng miqyosdagi investitsiyalar, rivoj­lanish maqsadlarida xalqaro moliyaviy institutlar bilan o’rnatilgan faol hamkor­lik, xorijiy investorlar uchun imkoniyat­lar izchil ravishda kengaytirilib borilishi kelgusi 2014 yilda O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishni kamida 8,3 foiz darajasida belgilash va unga erishish imkoniyatini beradi. Bunday maqsadlarning asosli ekanligi eng obro’li halqaro moliyaviy institutlar tomonidan bir necha bor tasdiqlangan.


X u l o s a
O’zbekistonda xususiylashtirish jarayonida tashkil qilingan aktsiyadorlik jamiyatlarini renovatsion rivojlantirish, modernizatsiyalash va tarkibiy qayta qurish maqsadida moliya bozorlari orkali investitsiyalarni jalb etish muammolari bo’yicha o’tkazilgan natijalar bir qator xulosalar olishga imkon berdi:
1. O’zbekistonda iktisodiyotiga kiritiladigan xorijiy investitsiyalar oqimiga quyidagi kabi chora-tadbirlar xizmat qilishi mumkin:
- ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va sanoatning o’sishiga investitsiyalani jalb etish uchun IPO-mexanizmini joriy qilish;
- aktsiyalar davlat paketi salohiyatidan samaraliroq foydalanish va sifatli dividend siyosatini ta’minlashga qodir bo’lgan yangi xolding kompaniyalari va moliya-sanoat guruhlari tarmog’ini shakllantirish jarayonini jadallashtirish;
- O’zbekistonda fond bozorining instrumenlari: aktsiya va obligatsiyalari bozorida mahalliy va xorijiy institutsional investorlar faoliyatini aktivlashtirish;
- real sektor negizini tashkil kiluvchi AJ aktsiyalar bozori infratuzilmasining ilg’or rivojlanish sur’atini ta’minlash, jumladan, ixtisoslashgan konsalting va baholash firmalari, reyting agentliklari, trast, auditorlik va sug’urta kompaniyalari, investitsion banklar va hokazolar ochish;
2. O’zbekiston fond bozorining qimmatli qog’ozlariga talabni oshirish va ularning xorijiy investorlar uchun jalb etuvchanligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- ochib beriladigan moliyaviy axborot sifati va faoliyatning ochiqlik darajasi yuqoriligini ta’minlovchi emitentlar uchun imtiyozlar berish. Xususan, faoliyatning ochiqlik darajasi yuqori bo’lgan emitentlarga uzoq muddatli resurslar manbalariga imtiyozli huquq berish;
- ta’minlangan qarz qimmatli qog’ozlarini chiqarish va muomalada bo’lishini tartibga soluvchi huquqiy va me’yoriy asoslar yaratish.
3. O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorida investorlarning infratuzilma ta’minoti sifatini oshirish va ko’lamini kengaytirish maqsadida muallif quyidagilarni taklif etadi:
- investitsion ehtiyojlar mazmunidan kelib chiqib, portfelli investorlarning barcha toifalari uchun ochiq bo’ladigan, O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan qimmatli qog’ozlar va emitentlar haqidagi ma’lumotlar umumiy axborot banki yaratishni tezlatish.
- respublikada korporativ qimmatli qog’ozlar tashkillashtirilmagan bozorida hisob-kitoblarni bajarish bo’yicha kuchli umumdavlat hisob-kitob-kliring tizimini yaratish masalasining hal etilishini tezlatish.
- fond bozorining asosiy bo’g’inlari – «Toshkent» Respublika fond birjasi, Markaziy depozitariy, hisob-kitob-kliring tizimini texnologik va axborot jihatidan bir-biri bilan bog’lash va shu tariqa portfelli investorlar uchun tegishli kafolat va ishonchlilik darajasi bilan xususiylashtirish jarayonida tashkil qilingan AJ qimmatli qog’ozlari bilan operatsiyalar to’liq tsiklini qayta ishlashni ta’minlash.
- davlat tomonidan xususiylashtirish jarayonida tashkil qilingan AJ qimmatli qog’ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, QQB barcha bo’linmalarida ularni hisobga olish va saqlash tartibi ustidan qattiq va samarali nazorat o’rnatish.
Yuqorida aytib o’tilgan takliflarni amalga oshirish moliya bozolrlari orkali mahalliy va xorijiy investorlarning infratuzilma ta’minoti sifatini sezilarli oshirishga imkon beradi va bu O’zbekistonning butun qimmatli qog’ozlar bozori investitsion jalb etuvchanligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.



Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling