Davlat investitsiya siyosati taxlili


Uzbekistonda xorijiy investitsiyalarni davlat tomonidan boshkarilishi


Download 213 Kb.
bet6/10
Sana02.05.2023
Hajmi213 Kb.
#1422839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATI TAXLILI

2. Uzbekistonda xorijiy investitsiyalarni davlat tomonidan boshkarilishi.

Uzbekistonda iktisodiy isloxotlarni amalga oshirishning birinchi boskichida mamlakat iktisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun kulay investitsiya muxitini yaratish xukumat tashki iktisodiy faoliyatini dikkat markazida buldi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda xukumat kuyidagi tamoyillarga asoslandi:



  • tashki iktisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish soxasida anik maksadni kuzlab siyosat yuritish;

  • respublika iktisodiyotiga bevosita kapital mablagni keng jalb etishni ta’minlaydigan xukukiy ijtimoiy-iktisodiy va boshka shart-sharoitlarni tobora takomillashtirish;

  • respublikaga jaxon darajasidagi texnologiyani etkazib berayotgan va iktisodiyotni zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga kumaklashayotgan xorijiy investorlarga nisbatan ochik eshiklar siyosatini yurgizish;

  • mablaglarni respublika mustakilligini ta’minlaydigan, import urnini koplovchi va rakobatbardosh maxsulot ishlab chikarish bilan boglik bulgan eng muxim ustuvor yunalishda jamlash.

Shuningdek respublika iktisodiyotiga xorijiy investitsiyani jalb etishni faollashtirish uchun kuyidagilarni amalga oshirish zarur deb xisoblaymiz:

  • investitsiya loyixalarini malakali ekspertlar nazoratidan utkazish va mukammal tayyorlanishiga erishish;

  • kushma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshka turdagi tadbirkorlik faoliyatini ruyxatdan utkazishdagi tusiklarni butunlay olib tashlash.

Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda kuyidagi ustuvor yunalishlarni belgilash maksadga muvofikdir:

  • kishlok xujalik maxsulotlarini chukur kayta ishlash soxalarini rivojlantirish;

  • mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni kazib chikarish, kayta ishlash buyicha ekologik ishlab chikarishni tashkil etish;

  • transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;

  • iktisodiyotning barcha tarmoklarida ilm talab va jaxon bozorlarida rakobatbardosh maxsulotlar ishlab chikarishni tashkil etish;

  • turizm soxasini rivojlantirish, xalkaro va ichki turizmning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga erishish.

«Chet el investitsiyalari, xalkaro birlashmalar va tashkilotlar ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek ularning tarkibiy bulinmalarini tashkil etish va bu korxonalarning faoliyat tartibi tugrisida»gi Nizomga binoan mulkida uzbek va xorijiy yuridik shaxslari xamda fukarolari ishtirok etuvchi korxonalar Uzbekiston Respublikasi xududidagi kushma korxonalar xisoblanadi.
Uzbekistonda utkazilayotgan iktisodiy siyosat jaxon iktisodiy xamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonini fakat davlat tarkibiy tuzilishi buyicha emas, balki xususiy sektor darajasida xam jadallashtirishni nazarda tutadi. Ochik bozorning faoliyat kursatishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar Garb va Shark ishbilarmonlarining mamlakatimizga bulgan kizikishining ortib borishini ta’minlamokda. Bu shuning uchun muximki, bizning tadbirkorlarimiz xam xorijiy investorlarni xamkorlikka jalb etish imkoniyatlari xakida tez-tez bosh kotirishmokda.
1998 yil Respublikamizda investitsiya faoliyati soxasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 3 ta – 1998 yil 30 aprelda Uzbekiston Republikasining «Chet el investitsiyalari tugrisida» va «Chet el investorlarining kafolatlari va ularning xukuklarni ximoya kilish choralari tugrisida»gi xamda 1998 yil 24 dekabrda «Investitsiya faoliyati tugrisida»gi konunlar kabul kilindi. Bu konunlar mamlakatimizda investitsiya muxitini yaxshilashga va uning iktisodiyotga investitsiya joylashtirish xajmlarini oshirishga yunaltirilgan.
Turli birlashmalar, uyushmalar, kontsernlar, konsortsiumlar Uzbekiston Respublikasi xududida xorijiy investitsiyasi bulgan korxonalarni ixtiyoriy asoslarda barpo etishlari mumkin.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 22 martdagi farmoniga muvofik kuyidagi mezonlarga javob beruvchi chet el, shu’ba va kushma korxonalar chet el investitsiyasi bulgan ishlab chikarish korxonalari katoriga kirishi belgilab kuyildi: ustav jamgarmasi mikdori 150 ming AKSh dollaridan kam bulmagan korxonalar; korxona ishtirokchilaridan biri albatta chet el yuridik shaxsi xisoblangan; korxonaning ustav faoliyatida uz ishlab chikarishi yoki ishlab chikarilayotgan maxsulotlar servis xizmat xissasiga xujalik faoliyatidan tushumlar umumiy xajmining 60% dan kuprogi tugri keladigan korxonalar.
Uzbekistonda xorijiy investitsiyalar katnashgan korxonalar ichida kushma korxonalar etakchi urinda turadi. Tulik xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar kam. Kupchilik davlatlarda xorijiy investitsiyalar katnashgan korxonalarni ruyxatdan utkazish xar xil. Ba’zi davlatlarda bu vazifani Moliya vazirligi bajarsa, boshkalarida Adliya vazirligi bajaradi. Uzbekistonda bu vazifani Adliya vazirligi amalga oshiradi. Uzbekistondagi xorijiy investitsiya katnashgan korxonalar respublika xududida uzining filiallari yoki vakil korxonalarini tashkil etishlari mumkin. Bundan tashkari ular boshka davlatlarda xam uz filiallarini ochishlari mumkin.
Uzbekiston konunchiligiga muvofik xorijiy investitsiya katnashgan korxonalar Uzbekiston Respublikasi xududida xujalik assotsiatsiyalari, kontsernlar va boshka birlashmalar tuzishlari mumkin. Xorijiy investitsiyalarning xukukiy ximoyasi ta’minlangan. Bu ximoya xar bir korxonada bulgani kabi xorijiy investitsiya katnashgan korxonalar uchun taalukli. Milliy iktisodiyotning ustuvor soxalari va xududlariga investitsiya kiritgan xorijiy investorlarga Uzbekiston Respublikasi konunchiligi tomonidan kushimcha imtiyozlar berilishi mumkin. Shu bilan birga konunda xorijiy investorlarning faoliyat turlari xam belgilangan. Xorijiy investorlar yoki xorijiy investitsiya katnashgan korxonalar mavjud konunchilikka muvofik, uz maksadlari va nizomlaridan kelib chikib, barcha turdagi faoliyatlarni olib borishlari mumkin.
Xorijiy investorlar investitsiya xajmini, turlarini, yullarini belgilaydilar va ularni xoxlagan korxonaga mustakil ravishda kiritishlari mumkin. Investor uzi kiritgan investitsiya ob’ektlari va natijalariga egalik kilish, foydalanish, tasarruf etish xukukiga ega. Shu bilan birga reinvestitsiya va savdo operatsiyalarini Uzbekiston xududida milliy konunchilik asosida, undan tashkarida esa xalkaro konunlar asosida amalga oshirish xukuklariga ega. Investor egalik kilish, foydalanish va tasarruf etish xukuklarini konun buyicha boshka xukukiy va jismoniy shaxsga berishi mumkin. Tomonlarning uzaro xukuklarini bir-biriga utkazish vaktidagi alokalarni fakat ular urtasida tuzilgan xujjat-shartnomalar xal kila oladi. Xorijiy investorlar va korxonalar konunchilikda kursatilgan xolatlarda er uchastkalarini sotib olishlari mumkin. Xorijiy investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda kuyidagilarga rioya etish zarur:

  • Uzbekiston Respublikasi xududida amal kilayotgan konunchilikka amal kilishi;

  • Uzbekistonda mavjud konunchilik talablari asosida solik tulash va boshka tulovlarni amalga oshirishi;

  • Investitsiya loyixasining sanitariya-gigienik ekologiya talablariga amal kilish bulimidagi ekspertiza xulosalarini olishi;

Xorijiy investitsiyani uz iktisodiyotiga jalb etayotgan xar bir davlat xorijlik sheriklariga xukukiy va tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jaxon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda utgan. Uzbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar tugrisidagi konunining 11- moddasida shunday yozilgan: Respublika xududida uz investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar xukuklarining ximoyasini Uzbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalkaro xukuk normalari asosida beriladi. Agarda Uzbekistonning yangi kabul kilingan konunchiligi investitsiya sharoitlarini yomonlashtirsa, un yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb kilingan davrda kabul kilingan konunchilik shartlari saklanib koladi. Bu talab mudofaa, milliy xavfsizlik, jamoat tartibini saklash va atrof-muxitni muxofaza kilishni ta’minlash bilan boglik konunchilikni uzgartirmaydi. Uzbekiston Respublikasi davlat organlari xorijiy investorlarning xukuklariga putur etkazadigan xukukiy normativlarni kabul kilgan takdirda, investorlarga etkazilgan zarar shu organlardan sud orkali undiriladi.
Uzbekiston Respublikasi Germaniya, Xindiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Isroil, AKSh va bir kator boshka mamlakatlar bilan investitsiyalarni ragbatlantirish va uzaro ximoyalash tugrisida bitimlar tuzdi.
Uzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortik mamlakatlari ishtirok etmokda. Investitsiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz kup ukladli bozor iktisodiyotini yaratish va rivojlantirish asosida xakikiy mulkdorlarni shakllantirish bilan boglaydi.
"Iktisodiy isloxotlarni yanada chukurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini ximoya kilishni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida"gi Prezident Farmoniga binoan xalk iste’mol mollari ishlab chikarishga ixtisoslashgan kushma korxonalar ruyxatga olingan paytdan boshlab besh yil muddatga xorijiy valyutadagi tushumdan solik tulashdan va Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga valyutani majburiy sotishdan ozod kilish kuzda tutilgan.
Xorijiy investitsiya jalb etilgan korxonalarga kuyidagi imtiyoz va ragbatlantirish omillari berilgan:



  • tovarlar eksporti ishlab chikarish xajmining kamida 30 foizini tashkil etadigan korxonalarga, mulkchilik shaklidan kat’iy nazar, foyda soligini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamrok tulash xukuki;

  • xorijiy investitsiyali korxonalar daromadining ishlab chikarishni kengaytirishga va texnologiyani yangilashga sarflanadigan kismidan solik olmaslik;

  • Respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyixalar buyicha soliklar tulashdan etti yil muddatga ozod etish;

  • ishlab chikarilgan maxsulotning 25% bolalar uchun muljallangan bulsa, korxona ishga tushgandan boshlab soliklar tulashdan besh yil muddatga ozod etish. Keyingi yillarda bu korxonalarning foydasidan olinadigan solik amaldagiga karaganda ikki marta pasaytirilgan stavkalarda undiriladi;

  • ustav kapitalning 50% va undan kuprok kismi xorijiy sherikka tegishli bulib, ishlab chikarish eksportga yunaltirilgan yoki import urnini bosishga muljallangan bulsa soliklar tulashdan ikki yil muddatga ozod etish;

  • foydadan tulanadigan solik-25%;

  • agar ustav kapitalning 50% va undan kuprok kismi xorijiy sherikka tegishli va ustav kapitalning xajmi 500 000 $ dan 1 000 000 $ gacha bulsa, foydadan tulanadigan solik-20%;

  • agar ustav kapitalning 50% va undan kuprok kismi xorijiy sherikka tegishli va ustav kapitalning xajmi 1 000 000 $ va undan kup bulsa, foydadan tulanadigan solik-16%;

  • agar ustav kapital xajmi kamida 500 000 $ni tashkil etsa, mol-mulk soligidan ozod kilish;

  • er soligidan ikki yilga ozod kilish;

  • uzi ishlab chikargan maxsulotni ruxsatnomasiz chetga sotish;

  • investitsiya loyixalarini amalga oshirish uchun er uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish xukukini tanlov asosida sotib olish;

  • jismoniy, xukukiy shaxslar va davlatning mulkini xususiylashtirishda bemalol ishtirok etishlari mumkin.

Uzbekistonda xorijiy investorlarga konuniy faoliyat natijasida olgan foydalari va boshka daromadlarini biror-bir cheklovlarsiz istalgancha chet davlatga utkazish imkoniyati kafolatlanadi. Bundan tashkari xorijiy investorlar Respublika banklarida xech bir cheklovlarsiz istalgan valyutada xisob rakamiga ega bulishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyasi bulgan korxona amaldagi konunlarga binoan uzi ishlab chikargan maxsulotni litsenziyasiz eksportga chikarish va uz ishlab chikarish extiyojlari uchun zarur maxsulotlar importini amalga oshirish xukukiga egadir.
Xorijiy investorlarga tabiiy boyliklarni kidirish, ishlab chikarish va foydalanish va boshka xujalik ishlarini yuritish uchun kontsessiyalar berilishi mumkin. Kontsession shartnomalar xorijiy investorlar bilan Uzbekiston Respublikasi davlat boshkaruvining vakil kilingan organlari urtasida tuziladi.
Uzbekiston Respublikasida barpo etilayotgan korxonalar ustav sarmoyasiga xorijiy investorlarning xissasi sifatida yoki xorijiy xodimlarning uz extiyojlari uchun olib kirilayotgan mulk bojxona tulovidan ozod kilinadi va import soligi undirilmaydi.
Xorijiy investorlar Uzbekistonda faoliyat kursatayotgan korxonalarning aktsiyalari, xissalari va paylarini, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan chikarilgan kimmatli kogozlarni sotib olishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalari bulgan korxonadan chikish yoki bunday korxonanining tugatilish xollarida xorijiy investorlar shu korxona mulkidan uzining xissasini korxona mulki bilan kiymatiga mutanosib ravishda pul yoki natura tarikasida kaytarib olish xukukiga ega buladi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalarning xujalik ishlarida xisob-kitoblar Uzbekiston Respublikasining konunchiligi asosida olib borilishi lozim. Bu xolatlar xam Konunda kursatilgan. Bu korxonalar bankrot xolatiga tushib kolganda u uz mulki, ya’ni savdo ob’ektlari, xizmat kursatish soxalari, er uchastkasi, binolari, kurilishlari, uskunalaridan kelib chikib majburiyatlari ta’minlanadi. Erdan foydalanish va egalik kilish xukuki bundan mustasno.
Agar Uzbekiston Respublikasi konunchiligida kursatilgan shart-sharoitlar xalkaro shartnoma va xorijiy investorlar bilan kelishuvlarda kursatilgan shart-sharoitlar fark kilsa, xalkaro shartnoma va kelishuvga asosan faoliyat yurgiziladi.
Shunday kilib, yaratilgan xukukiy asoslar xorijiy xamkorlarning keng investitsiya faoliyati uchun kulay sharoitlar yaratib, ularning xukuklari va sarflagan investitsiyasini ximoya kiladi.
Xozirga kelib, Uzbekiston xududida xorijiy kompaniyalar faoliyatining xukukiy asoslarini shakllantirish jarayoni asosan nixoyasiga etkazildi va amalda kullanilmokda. Bu faoliyatni ragbatlantirishga yunaltirilgan chora-tadbirlarning kuyidagi tizimi ishlab chikilgan:

  • Xususiylashtirish jarayonida xorijiy investitsiyalarning katnashishi;

  • Texnikaviy kayta kurollanish;

  • Xalk iste’moli va eksportga muljallangan maxsulotlar ishlab chikarishni ragbatlantirish;

Bulardan tashkari Uzbekiston bir kator kulayliklar tugdiruvchi shart-sharoitlari bilan xam chet investorlarini uziga tortmokda:

  1. Ishlab chikarishning pasayish davri tugadi, 1995-1996 yil yakunlariga kura iktisodiy rivojlanishda yangi ijobiy samara natijasi kursatildi.

  2. Davlat mulki uzining ustun xolatini yukotdi. 2001 yilda YaIMning 74,1 foizi, sanoat ishlab chikarishining 70,8 foizi, kishlok xujaligi maxsulotlarining 99,0 foizi, umumiy tovar oborotining 97,1 foizi, kurilishdagi barcha pudrat ishlarning 83,9 foizi, iktisodiyotda band bulganlarning 73 foizi, iktisodiyotda band bulganlarning 76,0 foizi, shuningdek investitsiyalarning 40,7 foizi12 nodavlat sektoriga tugri keladi.

  3. Bozorning usishi va kengayishining uzok davrli istikboli mavjud. Bunga ma’lum siyosiy-iktisodiy va ijtimoiy muammolarning mavjudligiga karamay, xorijiy investitsiyalarning olib kirilishini statistik ma’lumotlar tasdiklab turibdi. Bunga kura Uzbekistonda 1991 yil 191 ta, 1992 yili 368 ta, 1993 yili 237 ta, 1994 yili 380 ta, 1995 yili 583 ta, 1997 yili 3200 ta kushma korxonlar tashkil etilgan edi. 2002 yilga kelib kushma korxonalarning umumiy soni 3301 taga etdi. Bu korxonalar jaxonning 80 dan ortik davlatlari bilan xamkorlikda kurilgan.

  4. Nisbatan malakali ishchi kuchining etarli mikdori va ishsizlik darajasining (xatto uning yashirin shakllarini xisobga olganda xam) pastligi;

  5. Uzbekiston iktisodiyotining tashki bozorga yunaltirilganligi. 1992 yildan 1996 yilgacha bulgan davr mobaynida tashki savdo oboroti xajmi 3 baravardan kuprokga oshdi, ayni paytda unda uzok xorijiy mamlakatlar ulushi tinimsiz usib borib, 2002 yilda 64,3 foizga etdi.

Uzbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalarni milliylashtirish va rekvizitsiya kilinmasligiga kafolat beradi. Xorijiy investitsiyalar fakat favkulodda xolatlarda, avariya, epidemiya tarkalgan vaktlarda Vazirlar Maxkamasining karori bilan rekvizitsiya kilinishi mumkin. Bu xolat investorga kursatilgan zarar mikdorida kompensatsiya kilanadi.
Xorijiy investorlar uchun zarur moliyaviy-iktisodiy kafolatlarni ta’minlash uchun xukumat tomonidan xorijiy investorlarni ximoyalashning Milliy sugurta jamgarmasini barpo etish tugrisida karor kabul kilingan. Bu jamgarma respublika xududida ta’sis etilgan chet el banklarida Uzbekiston Respublikasi, xorijiy investitsiya ishtirokidagi sugurta kompaniyalari valyuta kadriyatlarining bir kismini deponentlash yuli bilan xosil kilinadi.
Xorijiy investorlarning konuniy faoliyatlari orkali kilingan daromadlari xorijiy valyutada, chegaralanmagan mikdorda chegaradan olib utishlari davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu konunda xorijiy investitsiyalarni sugurtasi xakida kam yozilgan, chunki xar bir xorijlik xamkor uzi sarflagan mablagni tulik kaytarib olishga va ularni sugurtalashga xarakat kiladilar. Bu xakda Konunda1 shunday keltirilgan: investitsiya va tavakkalchilikni sugurta kilish xorijiy investorlarning xoxishlari asosida amalga oshiriladi. Uzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar sugurta tizimiga kiruvchi milliy sugurta kompaniyasi, Rasmiy davlat sugurta agenti, Xorijiy sugurta tashkilotlari bilan tuzilgan kushma sugurta kompaniyalari tomonidan ta’minlanadi. Xorijiy investitsiyalarni sugurta kiluvchi sugurta tashkilotlari Uzbekiston Respublikasi majburiyatlariga javob bermaydilar. Shunga mos tarzda Uzbekiston Respublikasi (fakat ikki tomon kelishuvidan tashkari xolatlarda) sugurta tashkilotlarining majburiyatlariga javob bermaydi. Davlat uz majburiyat va konunlariga, sugurta tashkilotlari esa uz majburiyat va koidalariga uzlari javobgardir.



Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling