Davlat Iqtisodiyot Universititeti ekr 61-guruh talabasi Islomov Azizbekning "Iqtisofiy ta’limotlar tarixi" fanidan tayyorlagan referat
Download 196.23 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5.2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shohrux Mirzoning
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universititeti EKR 61-guruh talabasi Islomov Azizbekning “Iqtisofiy ta’limotlar tarixi” fanidan tayyorlagan referati. TOSHKENT 2023 2 MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLAR Amir Temur vafotidan keyin uning islohotlarini asosan Shohrux Mirzo (1377–1447) va Ulug‘bek (1394–1449) davom ettirdilar. Shohrux Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda tinchlikning barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, hunarmandchilik, dehqonchilik yuqori darajaga ko‘tarila boshladi. Jumladan, mahalliy va xorijdan olib kelingan xomashyolardan banoras, atlas kabi matolar ishlab chiqarila boshlandi. U mamlakat istiqbolini ko‘zlab Xitoy va Hindiston hukmdorlari bilan diplomatik munosabatlarni yaxshilashga harakat qildi. Mazkur mamlakat elchilari Samarqand va Xirotda, o‘z navbatida G‘iyosiddin Naqqosh rahbarligida Xitoyda, Аbdurazzoq Samarqandiy boshchiligidagi elchilar Hindistonda bo‘ldilar. Аbdurazzoq Samarqandiy asarida Xitoy podshohi elchilarining kelganligi haqida quyidagi maʼlumotlar keltirib oʼtilgan: “Shu orada Xitoy viloyatidan, mamlakatlarning Chinu Mochin va boshqa yerlari podshohi Doy-Ming xon tarafidan elchilar yetib keldi. (Xoqoni said tomonidan): “Shahar va bozorlarga ziynat berilsin, har bir sanʼat egasi o‘z hunarini to‘la zohir qilib do‘konini bezatsin”, — degan humoyun farmon sodir bo‘ldi. Аmirlar istiqbol rasmi bo‘yicha (shahardan) tashqari chiqib elchilarning hammasini izzat-hurmat bilan shaharga olib kirdilar. …Hazrat xoqoni said balanddik avjidagi oftob singari xurshid chehra bilan saltanat taxtiga ko‘tarildi. Ulug‘ amirlar elchilarni qo‘l o‘pish sharafiga yetkazib, tortiklarni qo‘ydilar va ularning so‘zlarini arz qildilar”. Bu davrda maydoni nisbatan kichik va huquqlari cheklangan suyurg‘ol yerlari ham boʼlgan. Ular, odatda, ibrat ko‘rsatgan kichik lavozimli oddiy lashkarlardan tortib, oliy hukmdorning muntazam gvardiyasida xizmat qiluvchi harbiylarga ham berilgan. Bu haqda Аbdurazzoq Samarqandiy o‘z asarida atroflicha to‘xtalib o‘tgan88. Shuningdek, Ulug‘bek ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji yo‘lida bir qator islohotlar olib brogan. O‘sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil vaznda bo‘lib, savdo rivojiga to‘sqinlik qilgan. Ulug‘bek yengil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni bekor qildi. Eski ichki chaqalami savdoning yangisiga almashtirib, 3 mayda mis pullarga bo‘lgan vaqtning talabini o‘zida Termiz, qondirish uchun bir Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Shohruxiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslami zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida “fulusi adliya”, ya’ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to‘la ta’minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqis-likni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‘rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug‘bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumiarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‘l ochib berdi. Ulug‘bek tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida “tamg‘a” – savdo bojini birmuncha ko‘paytirgan. Bu usul davlat xazinasini boyitishga xizmat qilgan. Аmmo xorijlik savdogarlarga har doim ham qulaylik tugʼdirmagan, zamonaviy tilda aytganda, proteksionizm siyosati qoʼllanilgan. Hozir hammamizga yaxshi tanish ruscha “tamojnya” kalimasi esa aslida turkiy boʼlgan “tamg‘a boji” so‘zlaridan olingan. Bu o‘sha paytlar mamlakatimizda savdo-sotiq ishlari bag‘oyat rivojlanganidan dalolat beradi90. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida e’tibor qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug‘orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‘ot, navo, chig‘ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko‘prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. Soliq sohasida iloji boricha me’yorni saqlab, uni yig‘ishning ma’lum adolatli usullarini qo‘llanganlar. Masalan, g‘alla g‘aram qilinmasdan avval soliq to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‘ib olgachgina real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo‘lingan. Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrni boshqari shda, ayniqsa, tashqi siyosatda padari buzrukvorining xohish-irodasini bekami ko‘st bajo keltirgan. Tashqi va ichki siyosatga daxldor har qanday masalaga u bilan maslahatlashib yechim topgan. Tabiiyki, Xitoy temuriylar bilan savdo qilishdan manfaatdor bo‘lgan. Bu mamlakatga Movarounnahr va Xurosondan yilqi olib borilgan. Ular o‘rtasidagi savdo va elchilik aloqalari har qachongidan avj olgan. Har ikki-uch yilda Samarqand-u Hirotga xitoylik, Xonbaliqqa (Pekinga) esa movarounnahrligu xurosonlik elchilar va savdogarlar qatnab turishgan. 1418-yili 4 Shohruxning Аrdasher boshliq elchilari Xitoyda bo‘lishgan. Bunga javoban kelasi yili Li Di va Jong Ku Xitoydan Samarqand va Hirotga elchi sifatida kelishgan. Ular Shohrux va Ulug‘bekka o‘zaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga doir takliflar bitilgan maktublarni va katta sovg‘a-salomlarni topshirishgan. 1420-yili Shohrux va Ulug‘bek tomonidan 530 kishidan iborat elchilik karvoni Xitoyga jo‘natilgan. 5 Download 196.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling