Xulosa:
Movarounnahrdan Xitoyga ikkita karvon yoʼlidan borilgan.
Birinchisi
Toshkent,
Sayram,
Yettisuv,
Sharqiy
Turkistonning
Turfon
va Qumul shaharlari orqali, ikkinchisi Farg‘ona vodiysidagi
Xo‘jand, Qo‘qon, Margʼilon, Аndijon, O‘sh
shaharlari, Oloy vodiysi
va Sharqiy Turkistonning Koshg‘ar, Xo‘tan
va Yorkend shaharlari
orqali o‘tgan. Bu yo‘llarning xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shohrux va Ulug‘bek zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi
qo‘shnichilik
munosabatlari
o‘rnatilgan.
Xulosa
o‘rnida
shuni
aytish
mumkinki,
XV–XVI-asrlarga
iqtisodiy-siyosiy
jihatdan
barqarorlashgan o‘ziga
xos davr sifatida
qaraladi. Аmir Temur va temuriylar zamonida ijtimoiy-iqtisodiy
farovonlikni oshirish yo‘lidagi olib borilgan
islohotlar davlat siyosati
darajasidagi ustuvor vazifalardan biri qilib belgilangan. Bu tarixiy
manbalarda
ham
yaqqol
ifodasini
aksini
topgan.
Yuqorida
qayd
etilgan ma’lumotlardan
mulohaza qilish mumkinki, ushbu islohotlar
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay,
barqaror ravishda
rivojlanishda davom etmoqda. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda
o‘ziga xos milliy iqtisodiy tafakkurimizni
yana ham rivoj topishida
poydevor vazifasini o‘tamoqda.