Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish shartnomasi 663979/123-23 son
Download 20.45 Kb.
|
Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish
V. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
5.1. “Ijaraga beruvchi” quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: - “Ijaraga oluvchi”ga u so‘ragan shartnomadan kelib chiqadigan munosabatlarga oid ma’lumotlar va hujjatlarni berish; - elektron onlayn - auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma e’lon qilingandan keyin 1 (bir) kunlik muddatda shartnomaga tayyorlangan qo‘shimcha kelishuvni ilovalari bilan “online-ijara.uz” dasturi orqali “Ijaraga oluvchi” va “Balansda saqlovchi”ga imzolashga yuborish va ular imzolangandan keyin shartnoma va qo‘shimcha kelishuvni (ilovalari bilan) belgilangan tartibda hududiy boshqarmada ro‘yxatga olish; - shartnomaga qo‘shimcha kelishuv imzolanganidan keyin 5 (besh) ish kun ichida “obyekt” “Ijaraga oluvchi”ga dalolatnoma bilan topshirilishini tashkillashtirish; - shartnoma muddati tugaganda, muddatidan avval bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni 5 (besh) ish kuni ichida “Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirishini tashkillashtirish; - “Balansda saqlovchi”ning balansidagi davlat mulki ijaraga berilishida mulkiy huquqlari buzilmasligi va manfaatlariga zarar yetkazilmasligini ta’minlash; - ijara to‘lovi muddatlari buzilganda qarzdorlikni hamda hisoblangan penyani tezkorlikda undirish choralarini ko‘rish; - “Ijaraga oluvchi”ning shartnomaning amal qilish muddatini keyingi davrga uzaytirish haqidagi murojaatini ko‘rib chiqish va qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda uni qanoatlantirish yoki rad etish; - qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshirish. 5.2. “Ijaraga oluvchi” quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: - shartnomaga tuzilgan qo‘shimcha kelishuvni ilovalari bilan 5 (besh) ish kuni muddatida elektron raqamli imzo bilan imzolash - “obyekt”ni belgilangan muddatda dalolatnoma bilan qabul qilib olish; - ijara to‘lovini “Ijaraga beruvchi”ning tranzit hisobraqamiga shartnomaning qo‘shimcha kelishuvi 2-ilovasida belgilangan muddat va miqdorda yuz foiz oldindan to‘lash tartibida amalga oshirish; - “Ijaraga beruvchi” so‘ragan ma’lumotlar va hujjatlarni berish; - “Ijaraga beruvchi”ning ijara to‘lovini ta’minlash, qarzdorlikni qoplash haqidagi talabnomasini ko‘rib chiqish va belgilangan muddatda qarzdorlikni tan olishi yoki tan olmasligini ko‘rsatib, qarzdorlik qoplanishi muddatini ma’lum qilib yozma javob (ma’lumot) berish; - “obyekt”dan foydalanishda amaldagi sanitariya-gigiyena, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish; - “obyekt”dan faqat belgilangan yo‘nalish (maqsad)larda foydalanish, garovga qo‘yilmasligini va boshqacha tarzda uchinchi shaxslar tomonidan foydalanilmasligini ta’minlash, uni yaroqli va soz holatda saqlash; - “obyekt”ni tiklash, joriy yoki kapital ta’mirlash, jumladan qayta jihozlash yoki moslashtirishni faqat “Balansda saqlovchi”ning yozma roziligi bilan xarajatlar shartlari kelishilgan tarzda amalga oshirish; - shartnomani muddatidan oldin bekor qilish istagi haqida 10 (o‘n) ish kuni ichida “Ijaraga beruvchi” va “Balansda saqlovchi”ni yozma ravishda ogohlantirish; - “obyekt” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida xususiylashtirilgan taqdirda, shartnomani muddatidan avval bekor qilib, “obyekt” sotilgan kundan 5 (besh) ish kuni ichida “obyekt”ni “Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirish; - shartnoma muddati tugaganda, muddatidan avval bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda “obyekt”ni 5 (besh) ish kuni ichida “Balansda saqlovchi”ga qaytarib topshirish; - “obyekt”ga zarar yetkazilganda bu haqda “Balansda saqlovchi”ga yozma xabar berish va yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplash (tiklash); - “obyekt” qaytarilayotganda kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari) “obyekt”ni ikki hafta muddat ichida topshirilgan paytdagi holatiga keltirish yoki yetkazilgan zararni qoplash; - pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochtasi va boshqa rekvizitlari “Ijaraga beruvchi”ni bu haqda 5 ish kuni ichida xabardor qilish; - “obyekt”da o‘zining aybi bilan kommunal avariya holati yuz bersa, uni tuzatish va ta’mirlash ishlarini o‘z hisobidan amalga oshirish; - “obyekt” bir yildan ko‘p muddatga ijaraga berilganda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; - elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan g‘olibga yuklatilgan majburiyatlar va qo‘shimcha shartlarni (mavjud bo‘lganda) bajarish; - “obyekt” bo‘yicha kommunal xizmatlarni ko‘rsatish, gaz, suv va elektr energiyasi ta’minotiga “Balansda saqlovchi” yoki vakolatli korxonalar bilan alohida shartnoma tuzish; - qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajarish. Download 20.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling