Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish shartnomasi 663979/123-23 son


VIII. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI


Download 20.45 Kb.
bet5/6
Sana14.05.2023
Hajmi20.45 Kb.
#1460512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish

VIII. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI
8.1. Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga va shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.2. Shartnomaga har qanday o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar (faoliyat turini o‘zgartirish bundan mustasno) kiritilishi bu haqda kelishuv (shartnomasi) elektron shaklda rasmiylashtirilib, taraflarning vakolatli rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanganda haqiqiy hisoblanadi.
8.3. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga taraflarning kelishuviga yoki qonunchilikda belgilangan tartiblarda sud qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
8.4. Shartnoma sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
IX. TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI
9.1. “Ijaraga oluvchi” shartnomaning qo‘shimcha kelishuvi 2-ilovasida belgilangan tartib, muddat va miqdorlarda ijara haqi to‘lovi amalga oshirilishini ta’minlaydi.
9.2. “Ijaraga oluvchi” ijara to‘lovini muddatida va belgilangan miqdorda to‘lamaganligi uchun “Ijaraga beruvchi”ga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
9.3. “Ijaraga beruvchi” o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda “Ijaraga oluvchi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,4 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan majburiyat qiymatining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.
X. FORS-MAJOR
10.1. Agarda yengib bo‘lmas kuchlar bilan bog‘liq vaziyatlar, masalan: suv toshqini, yong‘in, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishga ta’sir ko‘rsatuvchi hukumat yoki mahalliy hokimiyatlar tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa ma’muriy qarorlar, ma’muriy yoki hukumatning cheklovchi qarorlari va hokazolar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lgan taqdirda shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.
10.2. Fors-major holati mavjud bo‘lgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holati boshlanishi va tugashi muddatlarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

Download 20.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling