Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish shartnomasi 663979/123-23 son
III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISH VA QAYTARISH TARTIBI
Download 20.45 Kb.
|
Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
III. “OBYEKT”NI IJARAGA BERISH VA QAYTARISH TARTIBI
3.1. “Balansda saqlovchi” “Ijaraga beruvchi” ishtirokida “obyekt”ni (onlayn – auksion savdosiga chiqarilgan holatida) 5 (besh) ish kuni ichida “Ijaraga oluvchi”ga foydalanishi uchun (to‘liq) dalolatnoma asosida topshiradi. 3.2. “Ijaraga oluvchi” ijara muddati tugaganda, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda “obyekt”ni 5 (besh) ish kuni ichida “Balansda saqlovchi”ga soz va but holatida dalolatnoma bilan qaytarib topshiradi. 3.3. “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish va qaytarish-qabul qilish “Balansda saqlovchi”, “Ijaraga oluvchi va “Ijaraga beruvchi” tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 3.4. “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish yoki qaytarish – qabul qilish dalolatnomasi taraflarning vakolatli rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolangan kunda “obyekt” topshirilgan, qabul qilingan hisoblanadi. Dalolatnomada tuzilgan sana, shartnomasining rekvizitlari (sanasi, tartib raqami) va “obyekt”ning texnik holati ko‘rsatiladi. 3.5. “Obyekt” qaytarib topshirilayotganda kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari) “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni shartnoma shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha “Balansda saqlovchi” uni qabul qilishni rad etishga haqli. Bu muddatda shartnoma asosida ijara haqi hisoblanib, to‘lov davom etadi. 3.4. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni shartnomaning shartlariga muvofiq belgilangan muddatda qaytarmagan taqdirda, buning oqibatida yetkazilgan zararni, shu jumladan “obyekt”dan foydalangan davri uchun hisoblangan ijara haqini “Ijaraga beruvchi”ga to‘lab beradi. IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI 4.1. “Obyekt”dan foydalanganlik uchun ijara haqi “Ijaraga oluvchi” “obyekt”ni dalolatnoma asosida qabul qilib olgan kundan boshlab hisoblanadi. 4.2. “Ijaraga beruvchi” “obyekt” belgilangan muddatda dalolatnoma asosida qabul qilib olinishi uzrli sababsiz kechiktirganda ijara haqini hisoblash shartnoma tuzilgan (imzolangan) kundan boshlab hisoblanadi. 4.3. “Ijaraga oluvchi” “obyekt”dan faqat “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan rasmiylashtirilgan elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan faoliyatlar turini amalga oshirishda foydalanadi. 4.4. “Obyekt”dan belgilangan faoliyat turlaridan boshqa yo‘nalishda foydalanish taqiqlanadi. 4.5. Elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada belgilangan faoliyatlar turini o‘zgartirish faqat ushbu obyektni auksionga qayta joylashtirish orqali amalga oshiriladi. 4.6. Shartnomaga tomonlar imzolangan kundan keyin 5 (besh) ish kuni ichida “online-ijara.uz” dasturida qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali quyidagi ilovalar rasmiylashtiriladi: 1-ilova - “Obyekt”ni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi; 2-ilova - “Obyekt”ning joriy yil yakuniga qadar hisoblangan ijara to‘lovi miqdori hamda ijara haqini to‘lash muddati va taqsimoti. 4.7. Shartnoma unga qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali 1- va 2-ilovalar rasmiylashtirilib, imzolanganidan keyin “Ijaraga beruvchi” tomonidan “online-ijara.uz”dasturida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 4.8. Shartnomaga qo‘shimcha kelishuv 5 (besh) ish kunlik muddatda rasmiylashtirilmaganligi shartnoma kuchga kirmagan deb hisoblanishiga va amalda qo‘llanilmasligiga sabab bo‘ladi. 4.9. “Ijaraga oluvchi” tomonidan “obyekt”da “Balansda saqlovchi”ning roziligi asosida va “Ijaraga beruvchi”ni ogohlantirgan holda mukammal (kapital) ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda, mukammal (kapital) ta’mirlash xarajatlari Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari o‘tkazgan ekspertiza xulosasi asosida “Balansda saqlovchi”ga ajratiladigan ijara to‘lovi summasini kamaytirish hisobiga qoplanadi. Download 20.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling