Davlat krediti va davlat qarzini samarali boshqarish
Download 386.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqdavlat-krediti-va-davlat-qarzini-samarali-boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Abstract
Davlat krediti va davlat qarzini samarali boshqarish S.G’.Jo’raqobilova A.O.Shukurov M.Umarov TMI Annotatsiya: Mazkur maqolada davlat krediti va davlat qarzini jalb qilishning zaruriyati, iqtisodiy ahamiyati va uni samarali boshqarish muammolari o’rganilgan Kalit so‘zlar: davlat krediti, davlat qarzi, ichki qarz, tasgqi qarz, davlat kafolati, qisqa muddatli qarz, uzoq muddatli qarz. Effective management of public credit and public debt S.G.Juraqobilova A.O.Shukurov M.Umarov Tashkent Financial Institute Abstract: This article examines the necessity, economic importance and problems of effective management of public credit and public debt. Keywords: state credit, state debt, domestic debt, domestic debt, state guarantee, short-term debt, long-term debt. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, qarz munosabatlari dunyodagi juda koʻplab mamlakatlarga xos boʻlib, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi zamonlarda odamlar urug‘larni sotib olish uchun qarz olgan, qarzni esa hosilni yig‘ib olgandan keyin qaytarishgan. “Hozir ham banklar va kreditorlar kelajak taraqqiyot uchun urug‘lar ekishda muhim rol oʻynamoqda. Shu bilan birga tarix hech narsa bilan kafolatlanmagan kredit ajiotaji jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga olib kelgani kabi qarz berishning salbiy tomonlarini ham biladi. Bunday muammolardan qochish uchun qarz olishga e’tiborliroq boʻlish hamda uning oʻrniga investitsiyalarga koʻproq ahamiyat berish zarur” 1 . Globallashgan dunyoda har qanday davlatning asosiy vazifasi makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, aholining farovonligini oshirish va yuqori oʻsish sur’atlariga erishish hisoblanishi hech kimga sir emas. Oʻzbekiston Respublikasi ham soʻnggi yillarda jahon hamjamiyati bilan faol iqtisodiy va siyosiy integratsiyaga kirishmoqda. 1 https://www.imf.org/en/News/Articles/2019/11/07/sp110719-how-to-use-debt-wisely "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1107 Xususan, tashqi moliyaviy resurslar va qarzlar jalb qilishda Oʻzbekiston juda faol tarzda qatnashmoqda, ya’ni mamlakatimizning yalpi davlat qarzi 2016-yilda 9,5 mlrd. AQSh dollarini (YaIMga nisbatan 11,6 foiz) tashkil etgan boʻlsa, 2022-yil 1-yanvar holatiga bu koʻrsatkich 26,3 mlrd. AQSh dollari yoki YaIMning 38 foizini tashkil etmoqda. Bu statistik ma’lumotlar bir tomondan bizni tashvishga solishi ham turgan gap, ya’ni rivojlanayotgan davlatlarda qarzlardan foydalanish samaradorligi ancha past hamda shaffoflik masalasi ham jiddiy masala ekanligi tashvishga soladi. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tavsiyasiga koʻra rivojlanayotgan davlatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham davlat qarzining YaIMga nisbatan xavfsiz darajasi 55-60 foizni tashkil etishi aytib oʻtilganini hisobga oladigan boʻlsak, Oʻzbekistonning davlat qarziga xizmat koʻrsatish darajasi barqaror deya e’tirof etishimiz mumkin. Shu bilan birga qarzlarning iqtisodiy taraqqiyotga qoʻshayotgan hissasi qarzning darajasidan ham koʻproq ahamiyat kasb etadi. Shu xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev bu borada o‘z fikrlarini aytib oʻtdilar: “Tashqi qarz shu xalqimizning farovonligiga xizmat qilyapti. Eng muhimi - tashqi qarz miqdori qonun doirasida. Tashqi qarz ham hamma davlatlarga berilmaydi: ishonch borki, bizga taqdim qilishyapti. Hammasi maqsadli ishlatilyapti va vaqtida qaytariladi. Boshqa davlatlar tashqi qarzi bilan solishtirganda bizniki ancha past koʻrsatkichda” 2 . Oʻzbekiston oʻzining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini oʻrta, uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalar boʻyicha jalb etish tamoyillariga doim amal qilib kelmoqda. Davlat qarzlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi, hozirgi paytda O‘zbekistonning davlat qarzi jadallik bilan o‘sayotganligi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Davlat qarzining mazmun va mohiyatini oʻrganishdan oldin davlat qarzi va unga aloqador boʻlgan atamalarning ma’nosini tushunib olishimiz kerak boʻladi. Misol uchun davlat qarzi deyilganda Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablagʻlarni jalb qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari tushuniladi. Rivojlanayotgan davlatlar tajribasida juda koʻp uchraydigan va og‘riqli muammo hisoblanadigan atama bu davlat kafolatidir, ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti oʻzidan undiriladigan summani qarz shartnomasida belgilangan muddatda toʻlamagan yoki qarz shartnomasida belgilangan boshqa shartlarni muddatida bajarmagani tufayli defolt hodisasini bartaraf qilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni toʻliq yoki qisman toʻlab berish majburiyati hisoblanadi. Shu bilan birga biz defolt hodisasini ham oʻrganishimiz darkor. Bunda defolt hodisasi - qarz shartnomasida koʻzda tutilgan shartlarning toʻliq yoki qisman bajarilmasligi natijasida qarz beruvchiga qarzdorlik muddati tugagunga qadar qarz oluvchidan qarzlarni toʻliq toʻlashni talab qilishga imkon beradigan holatga aytilishini alohida qayd etamiz. 2 https://kun.uz/uz/news/2022/02/19/hammasi-maqsadli-ishlatilyapti-prezident-tashqi-qarz-boyicha-xavotirlar- orinsizligini-aytdi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1108 “Qarz” soʻzi arabcha soʻzdan olingan boʻlib, “kesish” degan ma’noni anglatib, Oʻzbek tilining izohli lug‘atida qarz - ma’lum muddat oʻtgandan keyin qaytarish sharti bilan berilgan yoki olingan narsa (pul, buyum) 3 . Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat boʻlib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy munosabatlarning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablag‘larni qarz oluvchi boʻlib hisoblanadi. Аgar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq (toʻlov, toʻlash) asosida mablag‘larni taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim boʻlgan operatsiyalar hajmi ancha kamayadi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat oʻz zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining oʻlchamiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki koʻrinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolatning berilishi oʻsha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, oʻzgarishiga olib kelmasligi mumkin. Аgar qarzdor oʻzining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar boʻyicha toʻliq hajmda va oʻz vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda yetarli darajada ishonchli boʻlgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj boʻlmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag‘larni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli boʻlmagan qarz oluvchilarga nisbatan qoʻllaniladi va bu narsa shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning oʻsishiga olib keladi. E.Beqiraj va S.Fedeli tomonidan Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotiga a’zo 21 ta mamlakat hukumatlarning qarz/YaIM nisbatining oshib borishiga munosabatlarini oʻrganishdi. Agar qarz yuki oshib boraversa, davlatlar bunga javoban qanday toʻg‘irlovchi choralar koʻrishi mumkinligini, qarz va defitsit oʻrtasidagi korrelyatsiyani tadqiq qilishgan. Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki koʻrinishdagi - moliya va kredit - pul munosabatlarining oʻrtasida joylashgan boʻlib, shunga mos ravishda, u ham moliyaga va ham kreditga tegishli boʻlgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan boʻg‘ini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi 4 . Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarziy mablag‘larni, qarzlarni jalb qilishga majburdir. Qarziy mablag‘larni, qarzlarni jalb 3 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 247-bet. 4 Olimjonov O.O, Malikov T.S. Moliya. Darslik. -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. 565-bet. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1109 qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga koʻra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga maʼlum belgilarga ega boʻlgan pul mablag‘lari yoki boshqa buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag‘lari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlarni qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. Shartnoma boʻyicha qarz oluvchi boʻlib davlat yoki uning subyektlari, qarz beruvchilar boʻlib esa fuqarolar, xalqaro moliya institutlari, chet el davlatlari yoki yuridik shaxslar hisoblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy boʻlib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmasligi alohida ahamiyatga ega jihatlardan biridir. Davlat krediti quyidagi bir necha belgilarga koʻra klasssifikatsiya qilinadi: 1) emitentlar boʻyicha: ✓ markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar; ✓ hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashtiriladigan qarzlar; 2) joylashtirilish joyiga qarab: ✓ ichki qarzlar; ✓ tashqi qarzlar. 3) bozorda muomala qilishiga (aylanishiga) qarab: ✓ bozorli qarzlar; ✓ nobozorli qarzlar. Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defitsitini moliyalashtirishda asosiy boʻlib hisoblanadi. Nobozorli qarzlar erkin ravishda oʻz egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada boʻlmaydi. Maʼlum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan chiqariladi va shu investorlarning oʻziga xos boʻlgan manfaatlariga mos keladi. Masalan, g‘arb mamlakatlarida nobozorli davlat obligatsiyalari nodavlat pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari va kichik investorlarning mablag‘larini jalb qilish uchun chiqariladi. 4) mablag‘larni jalb qilish muddatiga koʻra: ✓ qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan); ✓ oʻrta muddatli (bir yildan besh yilgacha); ✓ uzoq muddatli (besh yil va undan yuqori) 5 . Qisqa muddatli qarzlardan byudjet daromadlarining kelib tushishi va xarajatlarini amalga oshirishdagi qisqa muddatli uzilishlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda, bunday maqsadlar uchun veksellar chiqariladi. Italiyada g‘aznachilik veksellari 3, 6, 12 oylik muddatlarda, Yaponiyada - 60 kunlik, Buyuk Britaniyada - 91 kunlik muddatlarda chiqariladi. G‘aznachilik veksellari ikki yilgachalik muddatlarda chiqariladigan Germaniya bundan mustasnodir. 5 Olimjonov O.O, Malikov T.S. Moliya. Darslik. -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. 570-bet. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1110 Baʼzi bir mamlakatlarda nisbatan uzoq muddatlar uchun mablag‘larni jalb qilishda g‘aznachilik notalaridan foydalanilib, ular veksellarga nisbatan kamroq tarqalgandir. Italiyada bunday g‘aznachilik notalari 2-3 yillik qaytarilish muddati bilan, АQShda bir yildan oʻn yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq muddatlar uchun mablag‘larni jalb qilish, odatda, obligatsiyalar yordamida amalga oshiriladi. 5) qarziy majburiyatlarning taʼminlanganligiga qarab: ✓ garovli; ✓ garovsiz. Garovli obligatsiyalar konkret yoki aniq mulk bilan taʼminlanadi. Bunday obligatsiyalar xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muomalaga chiqariladi. Garovsiz obligatsiyalar aniq bir narsa taʼminlanmaydi: uning taʼminlanish asosi boʻlib davlatning yoki mahalliy hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari, odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda yuqori boʻlganligi uchun ular qoʻshimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi. 6) toʻlanadigan daromadning xarakteri boʻyicha: ✓ yutuqli qarziy majburiyatlar; ✓ foizli qarziy majburiyatlar; ✓ nol kuponli qarziy majburiyatlar 6 . Yutuqli obligatsiyalar boʻyicha daromadlarning toʻlanishi lotereyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligatsiyalar katta talabga ega emas. Chunki investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar. Yutuq olishni istaganlar esa lotereya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarziy majburiyatlarning asosiysi foizli obligatsiyalar boʻlib, ular boʻyicha daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki toʻrt marta toʻlanadi. Investorlarning juda koʻpchiligi ana shunday qarziy majburiyatlarni ma’qul koʻrishadi. Davlatning qisqa muddatli qarziy instrumentlari kuponlarga ega emas. Ular nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal boʻyicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarziy majburiyatlar ham kuponlarga ega boʻlmasligi mumkin. Ular boʻyicha barcha daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda toʻlanadi. Xuddi qisqa muddatli obligatsiyalar singari ular ham nominalidan chegirmalash orqali sotiladi va nominali boʻyicha sotib olinadi. Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini olgan. Moliyaviy siyosatning yoʻnalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qoʻlidadir. Faqat ular byudjet defitsitining umumiy hajmini va demak, uni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga ta’sir 6 Olimjonov O.O, Malikov T.S. Moliya. Darslik. -T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. 571-bet. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1111 qilishning asosiy yoʻnalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar moliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan boʻlgan yuqori foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish boʻyicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini oʻziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilayapti. Tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlat qarziy majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat koʻrsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog‘liq boʻlgan harakatlar majmui tushuniladi. Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni operativ boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi. Davlat qarzining yuqori darajasi koʻp holatda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida koʻriladi hamda bir nechta empirik tadqiqotlar va kuzatuvlar asosida isbotlangan. XXI asrda yuz bergan eng soʻnggi moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar, jumlada 2008-2009-yillardagi jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi va yaqinda boshlangan va davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sababli global iqtisodiy faollikning keskin pasayishi paytida koʻrilgan noodatiy fiskal va monetar choralar rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda qarz yukining jiddiy oshishiga olib kelgani barchamizga ayon boʻlgan holat. Bu esa oʻz navbatida iqtisodchilar va qaror qabul qilish bilan shug‘ullanuvchi siyosatchilar oʻrtasida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Xususan, bunaqa tez su’ratlar bilan oʻsib borayotgan qarz global iqtisodiyotga, talab va taklif zanjiriga qanday munosabatda boʻlishini aniq tahlil etish ancha murakkab jarayonligi koʻp mamlakatlar misolida koʻrinmoqda. Bir narsa aniqki, maqsadsiz va tizimsiz ishlatilgan qarzlar past iqtisodiy faravonlikka, iqtisodiy oʻsishni pasaytirishi va kam unumdorlikka olib kelgan holda uzoq muddatli muammolarga sabab boʻlishi aniq. 2018-yildan beri Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi rivojlanayotgan va kam daromadli davlatlarda jadallik bilan oʻsib borayotgan qarz muammosiga koʻp qirrali va kompleks yondashuvlarni joriy qilish boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Hech kim kutmagan holatda paydo boʻlgan va mamlakatlar ongli ravishda iqtisodiy pasayishga rozi boʻlgan sharoitda aholini ijtimoiy va iqtisodiy "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1112 himoya qilish qarzlarga boʻlgan an’anaviy yondashuvlarni yoʻqqa chiqardi hamda keskin iqtisodiy inqirozdan qutulib qolish uchun xalqaro moliya insitutlaridan imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olishga majbur boʻldi. Shunday holatda qarzlarning barqarorligini saqlashda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining rivojlangan davlatlar va past daromadli mamlakatlar uchun ishlab chiqilgan dasturlari asos boʻlib xizmat qilmoqda 7 . Davlat qarzining mazmun-mohiyatidan kelib shuni aytishimiz mumkinki, qarz yuki oshayotgan mamlakatlar tezroq siyosiy iroda koʻrsatgan holda qarzlarning moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikka ijobiy va salbiy ta’sirlari modellarini ishlab chiqishi maqsadga muvofiqdir. Davlat qarzlarini boshqarish va u bilan bog‘liq risklarni oldini olish keng qamrovli huquqiy, iqtisodiy va texnologik asoslar orqali amalga oshiriladi. Shu paytga qadar davlat tashqi qarzi bilan bog‘liq barcha munosabatlar 1996-yil 29-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Xorijdan mablag‘ jalb qilish toʻg‘risida”gi 263-I-son Qonuni orqali tartibga solingan boʻlib, davlat qarzlarini iqtisodiy oʻsishni rag‘batlantirish, kreditorlarga oʻz vaqtida ishonchli tarzda toʻlovlarni amalga oshirish, davlat qarzining YaIMga nisbatan yillik limitlarni belgilash va boshqa davlat qarzi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish zaruriyati “Davlat qarzi tog‘risida”gi qonunni ishlab chiqishni taqozo etdi deyishimiz mumkin. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi 2021-yilning 12-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi 8 . Qonun loyihasida davlat qarzini boshqarishga doir asosiy qoidalar va davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan eng yuqori miqdori belgilanmoqda. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari, hamda davlat qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash, jumladan, OAVda yoritib borish va rasmiy veb-saytlarda chop etish boʻyicha qoidalar alohida koʻrsatib oʻtilmoqda. Xususan, davlat qarzini boshqarishda parlament rolini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash, davlat qarzini boshqarish strategiyasi ijrosini koʻrib chiqish hamda jalb qilingan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi toʻg‘risidagi hisobotlarni eshitish vakolatlari berilmoqda. Qonun loyihasida davlat kafolatini berish tizimi takomillashtirish qoidalari va davlat qarzi boʻyicha xatarlarni boshqarish boʻyicha amalga oshiriladigan harakatlar majmui aks ettirilmoqda. 7 https://www.imf.org/external/pubs/ft/ar/2021/eng/downloads/imf-annual-report-2021.pdf. 8 https://regulation.gov.uz/oz/d/47850. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1113 Qonun loyihasi davlat qarzini boshqarish jarayoni fragmentatsiyalashuvining oldini olish, davlat qarzini barqaror darajada saqlash, xorijiy kreditor va investorlarning mamlakatning qarzlarni toʻlay olish salohiyatiga boʻlgan ishonchining ortishi hamda davlat tomonidan qarzlarning qulay shartlarda va barqaror narxlarda jalb qilinishi uchun zarur muhit shakllantirishga qaratilgan. Bu qonun loyihasidan avval ilk bora mamlakatimizda davlat qarzini xavfsiz darajada saqlab turish uchun uning cheklangan miqdorlarini qonun bilan belgilash amaliyoti joriy etilgan edi. “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻg‘risida”gi Qonunda 2020-yilda davlat tashqi qarzi shartnomalariga limit 5,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida qat’iy belgilab qoʻyildi . Bu amaliyot keying yilda ham mantiqan davom etgan holda Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻg‘risida”gi OʻRQ-657-son Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerakligi belgilab qoʻyildi. Shuningdek, 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2,2 mlrd. AQSh dollari (shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlari - 5 trln. soʻm), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 3,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilanishi qonun bilan belgilab qoʻyildi. Bu koʻrsatkich hukumatni target emas, balki ichki va tashqi shok boʻlgan taqdirda ham davlat qarzining barqarorligini saqlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatli 9 . 2022-yil uchun davlat byudjetining parametrlari va 2023-2024- yillarga byudjet moʻljallari toʻg‘ridagi 742-sonli Qonunda ham yillik limit va chegarlar belgilandi va davlat qimmatli qog‘ozlarining sof qiymati degan tushuncha kiritildi. Unga koʻra, 2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2,5 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 2,0 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilandi va Moliya vazirligi tomonidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 6 trln soʻm miqdorida belgilangaligini alohida qayd etishimiz mumkin 10 . 9 O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-657- son Qonuni, 2020-yil 25-dekabr // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 23.12.2021-y., 03/21/738/1184-son. 10 O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-dekabrdagi “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-742-son Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/742/1229-son. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1114 Davlat qarzini boshqarishdan asosiy maqsad davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti taqchilligini qoplashga, shuningdek, ijtimoiy va infratuzilma loyihalar hamda rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojni hamda davlat qarziga xizmat koʻrsatishni oʻz vaqtida eng maqbul xarajat va xatar darajasi evaziga taʼminlash, davlat qarzining oʻrtacha soʻndirish muddatini uzaytirish hamda valyutalar va manbalari boʻyicha diversifikatsiya qilish, davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida mablagʻ jalb qilish amaliyotini kengaytirish, davlat qarziga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xatarlarni oldini olish, bartaraf etish yoki kamaytirishdan iboratdir. 1-rasm. Davlat qarzini boshqarishning asosiy prinsiplari Davlat qarzini boshqarishning asosiy prinsiplari davlat qarzini boshqarish jarayonining barcha bosqichlarida qoʻllanilsagina ijobiy natijalar berishi mumkinligini ham esdan chiqarmasligimiz lozim. Yana bir muhim masalardan biri shuki, davlat qarzini samarali boshqarish turli davlatlarda turli vakolatli organlarga beriladi. Oʻzbekiston Respublikasida Moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasida yagona vakolatli organdir. Vakolatli organ davlat qarzini boshqarish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi va quyidag vakolatlarga ega hisoblanadi: 1) davlat qarzini boshqarish strategiyasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; 2) davlat kafolatini rasmiylashtiradi; 3) davlat tomonidan mablagʻ jalb qilishning davlat qarzi barqarorligiga taʼsirini baholaydi; 4) davlat tomonidan jalb qilinishi koʻzda tutilgan mablagʻning qiymati, muddati, valyutasi, foiz stavkasi turi (qatʼiy belgilangan yoki oʻzgaruvchan) va qarz vositasi, shuningdek, boshqa shartlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan belgilaydi; 5) davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha mablagʻlarning manbalarini aniqlaydi; 6) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqaradi, bunda maslahat va boshqa xizmatlar koʻrsatilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hujjatlarni imzolaydi; "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1115 7) davlat gʻaznachilik obligatsiyalari bozorini tartibga solish va rivojlantirish sohasida olib boriladigan siyosatni belgilaydi va amalga oshiradi; 8) avval chiqarilgan davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini qayta moliyalashtirish yoki soʻndirish uchun davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini chiqarish yuzasidan qarorlar qabul qiladi. 9) davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritadi, maʼlumotlarning axborot bazasi yaratilishini tashkil etadi; 10) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat qarzi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlaydi 11 . Davlat qarzini oʻrta va uzoq muddatli samarali boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda jahonda katta ta’sir kuchiga ega xalqaro moliya institutlar (Jahon Banki Guruhi va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi) alohida oʻrin tutadi. Xususan Oʻzbekistonda ham ilk bor ushbu ikki xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmagida 2019-yil oktabr oyida 2019-2022-yillarga moʻljallangan “Davlat qarzini boshqarishning oʻrta muddatli strategiya”si ishlab chiqildi va hozirda barcha qilinayotgan islohotlar ushbu hujjatga asoslanib amalga oshirilmoqda. Ushbu strategiyaga muvofiq quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: ✓ davlat qarzlarini boshqarish strategiyasini doimiy tarzda rivojlantirish va yangilab borishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish; ✓ yillik qarz olish rejalarini ishlab chiqish va Oʻzbekistton Respublikasining davlat byudjeti toʻg‘risidagi qonunida aks ettirish; ✓ har chorakda davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi statistik blyutenini ishlab chiqish va jamoatchilikka ochiq ma’lumotlar berish tizimini kengaytirish; ✓ davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini jozibadorligini oshirish hamda individual shaxslar va xorijiy investorlarga DQQ bozorini ochib berish choralarini koʻrish; ✓ davlat qarzlarini muddatlar, investorlar, valyutalar va boshqa muhim jihatlari boʻyicha samarali diversifikatsiya qilish choralarini koʻrish. Davlat qarzining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib gapiradigan boʻlsak, davlat qarzi har qanday bozor iqtisodiyoti va ochiq bozor yoʻlini tanlagan mamlakatlarga xos boʻlib, agar ulardan foydalanish ustidan toʻliq samarali nazorat olib borilsa, davlat qarzi iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilgan holda aholi faravonligiga xizmat qilishi mumkin deya olishimiz mumkin. Bunga yaqqol misol sifatida Yaponiyaning iqtisodiy moʻjizasini keltiramiz, ya’ni yaponlar oʻz hukumatlariga ishongan va yetarlicha qarz bergan. Download 386.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling