Davlat maqsadli jamg`armalari


Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini tuzish


Download 1.03 Mb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1635500
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat maqsadli jamg`armalari

2. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini tuzish

  • Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini tuzish:
  • budjet so’rovini tuzish tartibini yuborishni;
  • budjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
  • budjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni;  budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Budjet so’rovi:

  • budjet tashkilotining, budjet mablag’lari oluvchining va budjet mablag’larini taqsimlovchining budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatining miqdor va sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi, o’tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy hisobotni;
  • xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo’ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko’rsatilgan reestrini;
  • budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;
  • budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog’liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun budjet buyurtmasini o’z ichiga oladi.

Budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan uch yildan kam bo’lmagan davr uchun tuziladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • budjet mablag’larini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari bo’yicha rivojlanishning asosiy yo’nalishlari, maqsadlari va vazifalarini;
  • maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan o’zaro bog’liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik tadbirlar majmuini;
  • maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishni ta’minlaydigan,
  • muddatlari va turlari bo’yicha kelishilgan kutilayotgan natijalar ko’rsatkichlari tizimini.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling