Davlat maqsadli jamg’armalarining g‘azna ijrosini tashkil etish. Reja: O’zbekiston Respublikasida budjet tizimi budjetlari g’azna ijrosining zarurligi va ahamiyati


Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari


Download 472.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana29.04.2023
Hajmi472.28 Kb.
#1400008
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G\'aznachilik

Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosiga o’tish bosqichlari 
Davlat 
byudjetining 
g’azna ijrosi davlat byudjetining 
barcha 
daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat 
byudjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to’lashdan iborat. 
Davlat byudjeti g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi 
hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. 
Davlat byudjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan 
maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini 
ta’minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga erishish, 
yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va nihoyat 
iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida 
davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir. 
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli 
organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. 
G’aznachilik - byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul 
qiladi va byudjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan 
ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning 
topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet mablag’larining 
maqsadli ishlatilishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga 
oshiradi. 
Davlat byudjeti g’azna ijrosi deganda davlat byudjeti, davlat maqsadli 
jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari 
to’planadigan va ushbu mablag’lar doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar 
bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqami orqali davlat 
byudjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali 
boshqarishni tashkil etish tushuniladi. 
Davlat byudjeti g’azna ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda byudjet ijrosi 
jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi: 
- byudjet tushumlarini taqsimlash; 
- tegishli byudjetlarda jamlangan mablag’larni byudjetdan mablag’ 
oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga 
o’tkazish. 
Davlat byudjeti ijrosining bunday tartibida byudjet mablag’larining keyingi 
taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog’liq bo’lib qoldi. Davlat byudjeti 
mablag’laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina 
buxgalteriya hisobotlari orqali so’nggi nazorat usullaridan foydalangan holda 
tekshirish mumkin edi. 


Mazkur muammolarni e’tiborga olgan xolda, Davlat 
moliyasini 
boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi 
Moliya Vazirligi tizimida byudjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul 
bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda 
amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin (1- 
jadval): 

2002 yilda “Davlat moliyasini boshkarishni isloh kilish” loyihasi 
ma’qullandi hamda uni tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha mas’uliyat 
Moliya vazirligiga yuklatildi. Mazkur loyihaning maqsadi “davlat moliyasini 
boshqarishni 
takomillashtirish, 
zamonaviy 
kompyuterlar 
va 
axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining samarali 
sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat”
18
bo’ldi. 


Download 472.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling