2021-yil 1-iyulga qadar xaridlar va boshqaruv tizimlarini auditdan oʻtkazish hamda “muvofiqlik tizimi” (komplayens) va korrupsiyaga qarshi xizmatlarni shakllantirishni nazarda tutadigan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish;
2021-yil 1-iyulga qadar kuzatuv kengashlariga va korxonalar boshqaruviga xalqaro tanlov asosida chet ellik soha mutaxassislarini (jumladan, vatandoshlarni) faol jalb etish orqali kuzatuv kengashlari tarkibining kamida 30 foizini va korxona boshqaruvining kamida 3 nafar rahbar xodimini malakali xalqaro mutaxassislar bilan toʻldirish.
3. Moliya vazirligi mazkur Farmonning 1-ilovasidagi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) ushbu Farmonning 2-ilovasidagi davlat ishtirokidagi korxonalar boʻyicha:
2021-yil 1-yanvarga qadar Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq qayta baholanadigan konlar (davlat zaxiralari) roʻyxati va “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin;
2021-yil 1-fevralga qadar 2021-yil uchun korxonalarning byudjet loyihasini ishlab chiqsin;
2021-yil 1-iyulga qadar 3 yillik biznes rejalarini (joriy faoliyati, investitsiya loyihalari va ularni moliyalashtirishning aniq manbalari, shu jumladan, xalqaro moliya bozorlari mablagʻlari hisobidan, moliyaviy modeli) ishlab chiqishni taʼminlasin;
2021-yil 1-iyulga qadar korxonalarning barcha investitsiya loyihalarini xatlovdan oʻtkazib, boshlanmagan hamda moliyaviy manbalari aniq boʻlmagan loyihalarni toʻxtatish choralarini koʻrsin.
Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov) 2021-yil 1-yanvarga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ushbu Farmonning 1 va 2-ilovalaridagi har bir korxona kesimida “yoʻl xaritalari"ni tasdiqlasin.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Agentlik:
Do'stlaringiz bilan baham: |