Davlat moliyasi fanidan Mustaqil ishi Bajardi: Esanbekov. S. S qabul qildi: Xaydarov. A. X toshkent-2022
muassasa sifatida qayta tashkil etiladigan
Download 108.19 Kb.
|
Esanbekov Sunnat
- Bu sahifa navigatsiya:
- “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida
- 2021-yil 1-yanvarga qadar
- 2021-yil 1-yanvardan boshlab
- auksion savdolarini
muassasa sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini;
filial koʻrinishida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini; davlat ulushi saqlab qolinadigan korxonalar roʻyxatini; tugatish yoki bankrotlik taomillarini qoʻllash tashabbusi bilan chiqiladigan istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini tasdiqlasin. 17. Agentlik Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtadigan ommaviy savdolar jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, subyektiv yondashuvlarni toʻliq istisno qilish va xaridorlarga qulaylik yaratish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin: 2021-yil 1-yanvarga qadar yagona elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan savdolar tartib-taomillarini birxillashtirish boʻyicha yagona tartibni tasdiqlash va uning asosida davlat organlari bilan oʻzaro integratsiya qilingan savdo maydonchasining takomillashtirilgan dasturiy taʼminotini ishga tushirish; 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha auksion savdolari natijalarini QR-kodni qoʻllash orqali rasmiylashtirish; davlat koʻchmas mulki obyektlari va ulushlarini sotish boʻyicha takroriy auksion savdolarini har 10 kalendar kunda bir marotaba davriylikda amalga oshirish; xaridorlarning takliflarini auksionda lotlar eʼlon qilingan paytdan boshlab qabul qilish; davlat aktivlarini sotish shartlariga muvofiq boʻlgan buyurtmanoma faqat bir nafar talabgor tomonidan berilgan boʻlsa, ushbu yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzish, bundan “1 soʻm” boshlangʻich narxda savdoga chiqarilgan davlat ulushi va koʻchmas mulk obyektlari mustasno. 18. Agentlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi oʻrtasida keng targʻib qilish va yoritishga qaratilgan media-rejani tasdiqlasin va uning ijrosini taʼminlasin. 19. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) Bosh prokuratura bilan birgalikda davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotib olgan investorlarning, shu jumladan, minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, ularni jamiyat boshqaruv organida ishtirok etishida toʻsqinlik qiluvchi holatlar aniqlanganda qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishini taʼminlasin. 20. Vazirlar Mahkamasi: bir oy muddatda 2020-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash uchun kiritsin; Download 108.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling