Davlat moliyasi fanidan Mustaqil ishi Bajardi: Esanbekov. S. S qabul qildi: Xaydarov. A. X toshkent-2022
davlat obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi
Download 108.19 Kb.
|
Esanbekov Sunnat
- Bu sahifa navigatsiya:
- “1 soʻm” boshlangʻich qiymatda
- “tasarruf etish huquqisiz” egalik sertifikati beriladi
- “tasarruf etish huquqisiz” davlat orderi beriladi.
- 2020-yil 1-dekabrga qadar
davlat obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi va ular oʻz vakolati doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining qarorlariga asosan investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 soʻm” boshlangʻich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi;
davlat unitar korxonalari xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirilgan holda ularning davlat aksiya paketi (ulushi) sotiladi; mazkur Farmonning 4-ilovasidagi davlat unitar korxonalarini xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirishda ularning ustav kapitali xatlov va baholash oʻtkazmagan holda soliq organlariga topshirilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotlari asosida sof aktivlari qiymatida, sof aktivlari manfiy boʻlgan taqdirda, korxona ustav kapitali miqdorida belgilanadi; davlat aktivlarini sotib oluvchilar toʻlovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti asosida amalga oshirishi mumkin; davlat ulushlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olish shartnomalari doirasida belgilangan grafikka asosan qisman toʻlovni amalga oshirgan xaridorlarga toʻliq toʻlovlar amalga oshirilgunga qadar ulush qiymatining toʻlangan qismiga mutanosib ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish va dividendlar olish huquqi asosida “tasarruf etish huquqisiz” egalik sertifikati beriladi; davlat koʻchmas mulki obyektlarini sotib olish shartnomalari doirasida qisman toʻlovni amalga oshirgan xaridorlarga sotib olish toʻlovini toʻliq amalga oshirgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz” davlat orderi beriladi. 13. Agentlik Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda bozor va savdo komplekslari boshqaruv tizimini takomillashtirish va ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda: bozorlar va savdo komplekslari ahamiyatidan kelib chiqqan holda, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari qoshida bozor va savdo komplekslarini sotishdan oldin tayyorlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish; ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, ustav kapitalida davlat ulushi mavjud boʻlgan bozor va savdo komplekslarini zamonaviy koʻrinishga keltirish, sanitariya-gigiyena talablari darajasida saqlash, bozor faoliyati uchun zarur infratuzilmani shakllantirish; bozor va savdo komplekslaridagi xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari hamda xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash nazarda tutilsin. 14. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.Umurzoqov, L.Qudratov, Sh.Vafayev) Agentlik bilan birgalikda: a) mazkur Farmonga muvofiq sotiladigan korxonalar aksiya paketlari (ulushlari) va koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha: ommaviy savdolarga chiqarishdan oldin mahalliy va xalqaro investorlarni jalb qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin; Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda salohiyatli investorlarni jalb qilish uchun muntazam ravishda uchrashuv, muloqot va taqdimotlar (“Road Show”) oʻtkazsin; mazkur Farmonning 3-ilovasidagi davlat ishtirokidagi korxonalarga ilgʻor tajribaga ega salohiyatli xorijiy investorlarni jalb qilish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil qilsin; b) 2021-yil 1-fevralga qadar xorijiy tajribani oʻrgangan holda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatiga tashqi boshqaruvni joriy etish hamda ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Agentlik: Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, shu jumladan, ularni sotish, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berish; Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi, tegishli vazirlik, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda uch oy muddatda davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalar va tijorat banklarining asosiy faoliyatiga mos boʻlmagan aktivlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularni ommaviy savdolar orqali sotish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda: Download 108.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling