Davlat moliyasi va uning ahamiyati
Download 44.94 Kb.
|
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy tizim”
Moliyaviy siyosat moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistikaning ko‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo‘lgan va eng asosiysi ishonchli bo‘lmog‘i lozim.
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo‘lgan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; makrodarajada va bozor iqtisodiyotining subyektlari darajasida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo‘lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish; markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo‘yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qilishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo‘yicha moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish; iqtisodiy o‘sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish. Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o‘zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi jamiyatda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o‘zgaradi, takomillashadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan moliyaviy tizimning boshqa subyektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush darajasi oshishini ta’minlab va davlat daromadlarining miqdorini ko‘paytirib, moliyaviy xo‘jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana shunga yo‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir. 1993-yil 15-noyabrda milliy valyutani joriy etishning tayyorgarlik bosqichi, ya’ni oraliq to‘lov vositasi – “so‘mkupon”ga o‘tildi. Rossiya rubllari o‘rniga “so‘m-kupon” muomalaga kirishi bilan eski puldan darhol voz kechilgani yo‘q. Daromadlarini rublda jamg‘arib kelgan aholiga uni oxirigacha ishlatish mikoniyati berildi. Almashtirish miqdori 200 ming rubl qilib belgilandi, undan ortiq qismi bankda mazkur shaxsning nomiga jamg‘arma sifatida rasmiylashtirildi. Vaholanki, o‘z milliy valyutasiga o‘ta boshlagan Hamdo‘stlik davlatlarining ko‘pchiligida eski rubllarning 20, 30, 50 ming, eng ko‘pi bilan 100 ming almashtirildi, undan ortiq qismi xalq qo‘lida oddiy qog‘oz sifatida qolib ketdi. Mamlakatimizda pul almashtirishi bilanoq, pensiya, stipendiya, nafaqa va ish haqi yangi “so‘m-kupon”da berila boshladi. Yaqindagina 20 foizga oshirilgan ish haqi yana 50 foizga ko‘paytirildi. Milliy pul birligini joriy etish bilan bog‘liq obyektiv qiyinchiliklarni yumshatish masalasi shu taxlit chora-tadbirlar yordamida amalga oshirildi va 1994-yil 1-iyuldan “so‘m-kupon” o‘rniga haqiqiy valyuta – so‘mga o‘tildi. O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Davlat byudjeti moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash; byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiq, shaffof va oshkora bo‘lishini tashkil etish; davlat xarajatlarini birinchi navbatda modernizatsiya qilish va tegishli tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish asosida iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirish; xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash; davlat byudjeti defitsitini yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish; mahalliy byudjetlarning daromad qismini yanada mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliyaviy siyosat muammolari qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini, uning davlatimiz rivojlanishining 2016-yildan keskin o‘zgargan sharoitlariga tezda moslasha olishini ta’minlash, o‘z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o‘z vaqtida topa bilish, strategik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag‘larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talabehtiyojlarini qondirishning moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondashuvidan (usulidan) ijtimoiy xarajatlarning manzilliligini ta’minlashga o‘tish kabi tadbirlar kiradi. “Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo‘linadi. davlat moliyasi va mahalliy moliya; xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi. O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin: davlat byudjeti; byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari; davlat krediti. Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi. Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan. Davlatning xo’jalik yurituvchi subyektlar va uy xo’jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o’zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini boshqarish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va hokozolar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik tamoillari quyidagilardan iborat: pirovard maqsadga bog’liqlik; xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi; jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish; iqtisodiy qonunlardan foydalanish; real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish. Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: moliyaviy rejalashtirish; bashoratlash (prognozlashtirish); dasturlashtirish; moliyaviy tartibga solish; moliyaviy nazorat; moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish; moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi. Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: Prezident; Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari; Vazirlar Mahkamasi; Hisob palatasi; Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari; Markaziy bank; Davlat soliq qo’mitasi; Davlat bojxona qo’mitasi; Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya; Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalari; va boshqalar. Download 44.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling