Davlat moliyasi va uning ahamiyati


Download 44.94 Kb.
bet8/9
Sana18.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1030452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY

Xalqaro moliya bu - xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Хalqaro moliya — bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institullar tomonidan shakllanishi, taqsim- lanishi va ishlatilishini o‘z ichiga olgan moliyaviy resurslar harakati asosida hosil bo‘lgan munosabatlar tuzilmasi bo‘yicha murakkab tizimdir.
Globallashuv jarayoni — jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimi rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning
va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlari murakkablashuviga olib keldi.
Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • bitta mamlakat hududidan chiqmaydi;

  • xorijiy subyektlarni jalb qilmaydi;

  • milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;

  • mamlakat ichida am alga oshiradigan hisob-kitoblarni o‘zida ifodalaydi.

Jahon valyuta tizimi – milliy va zahira valyutalar, xalqaro jamoaviy valyutalar, o’zaro konvertirlash shartlari, valyuta pariteti, valyuta kursi, valyuta kurslarini tartibga solishning milliy va xalqaro mexanizmlaridan tashkil topgan.
Xalqaro hisob-kitoblar – moliyaviy instrumentlar, ishlab chiqarish omillari, tovarlar xarakati, shuningdek, xalqaro hisob-kitoblar bilan bog’liq barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi to’lov balansiga xizmat qiladi.
Xalqaro moliya bozorlari va muayyan moliyaviy instrumentlar savdosi mexenizmlari – valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar.
Xalqaro soliqqa tortish – pul mablag’lari fondlarini shakllantirish metodi sifatida.

Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling