Davlat moliyaviy nazorat organlari va ular faoliyating takomillashtirish masalalari


Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari


Download 94.94 Kb.
bet3/6
Sana03.12.2023
Hajmi94.94 Kb.
#1801649
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
davlat moliyaviy nazorat organlari va ular faoliyating takomillashtirish masalalari

Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari.

Bizga ma’lumki, moliyaviy nazoratning dastlabki, joriy va so’nggi nazorat kabi shakllari mavjud. Budjet nazoratini tashkil etish jarayoni ham nazoratning ana shu shakllari orqali amalga oshiriladi.


Dastlabki moliyaviy nazoratturli darajadagi budjetlar loyhalarini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash; daromad va xarajatlar smetasi, budjet bilan bog’liq qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shaklidir. U moddiy va moliyaviy resurslarni noratsional ishlatilishining oldini olishga xizmat qiladi. Dastlabki nazorat chog’ida qo’shimcha mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari, ko’zda tutilgan xarajatlarning asoslanmaganligi aniqlanishi mumkin. Nazoratning bu shakli xo’jalik operatsiyalarining budjet yilining boshlanishidan oldinoq qonunlar va me’yoriy xujjatlar talablari buzilishining oldini oladi. Masalan, moliya organlari har budjet yilining birinchi choragida barcha budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z vaqtida molyalashtiruvchi organga etkazilishi ustidan dastlabki nazoratni o’tkazadilar1. Umuman, amaldagi qonunchilikka asosan, budjet mablag’larini ishlatish yuzasidan olib boriladigan operatsiyalar ustidan dastlabki va joriy nazorat bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning joylardagi hududiy bo’linmalari, Moliya vazirligi G’aznachiligi (davlat budjetining g’azna ijrosini amalga oshirish chog’ida) organlariga yuklatilgan.
Joriy budjet nazoratioperatsiyalarni amalga oshirish chog’ida, ssudalar va budjet subsidiyalarini ajratish paytida, ajratilayotgan moliyaviy mablag’larning rejaviy ko’rsatkichlarga muvofiqligini aniqlashda amalga oshiriladi. Nazoratning bu shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan ajratilgan va sarflanayotgan mablag’larning o’zlashtirib olinishini, su’iste’mol qilish holatlarining oldini oladi, moliyaviy intizomga rioya qilishni, pullik hisob-kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda buxgalteriya hizmatlari faoliyati alohida ahamiyatga ega. Yaxshi yo’lga qo’yilgan joriy nazorat budjet resurslarini iqtisod qilish imkonini beradi.
So’nggi nazorathisobot davri va budjet yili tugagandan so’ng amalga oshiriladi. So’nggi nazorat hisobot yilida budjet mablag’larining ishlatilishi, rejaviy ko’rsatkichlarning bajarilishi, xarajatlar smetasining bajarilishi, budjet limitlari va normativlariga rioya qilinganligi, buxgalteriya hisobi va yakuniy moliyaviy natijalarni tahlil va taftish qilish asosida o’tkaziladi. Ko’p hollarda so’nggi nazorat natijalari keyingi moliyaviy davr uchun dastlabki nazoratga zamin yaratadi.
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o’rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar
g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan; joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik
bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng davlat
moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.




Download 94.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling