Davlat moliyaviy nazorat organlari va ular faoliyating takomillashtirish masalalari


Download 94.94 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi94.94 Kb.
#1801649
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
davlat moliyaviy nazorat organlari va ular faoliyating takomillashtirish masalalari

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORAT ORGANLARI VA ULAR FAOLIYATING TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI


YO’LDASHEV SHERZOD 21.37 GURUH TALABASI

Reja:




  1. Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni, vazifalari va ahamiyati. Davlat moliyaviy nazoratining prinsiplari

  2. Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari

  3. Davlat moliyaviy nazoratiniamalgaoshiruvchiorganlar va ularningvazifalari

Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni, vazifalari va ahamiyati. Davlat moliyaviy nazoratining prinsiplari.

Davlat moliyaviy nazoratitegishli davlat hokimiyati organlarining hamda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy asosda foydalanish ustidan nazorat qilish yuzasidan moliyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat qilinadigan ob’ektlar faoliyatidagi kamchiliklarni topish va mansabdor shaxslarni jazolashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning oldini olish, ularga yo’l qo’ymaslik, ogohlantirishdan iboratdir.


Davlat moliyaviy nazorati budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, umumdavlat moliyaviy nazorati butun mamlakat miqyosida tegishli vakolatlarga ega bo’lgan ixtisoslashgan davlat nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Umumdavlat moliyaviy nazoratining asosini budjet nazorati tashkil qiladi. Budjet nazoratibarcha darajadagi budjetlarning, davlatning budjetdan tashqari fondlarining shakllanishi, davlat moliyaviy resurslarining qonuniy va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. Nazoratning bu turini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning qoshidagi Nazorat-taftish boshqarmasi, Moliya vazirligi G’aznachiligi kabi ixtisoslashgan operativ boshqarish va nazorat organlari amalga oshiradilar.

Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy tangliklar va moliyaviyiqtisodiy inqirozlar sharoitida budjet nazoratining ahamiyati o’sib boradi va yangicha mazmun kasb etadi.
Budjet nazorati:

  • davlat moliyaviy nazoratining muhim qismi bo’lib, budjet jarayonida amalga oshiriladi;

  • bosh maqsadi - budjet munosabatlarining barcha ishtirokchilari tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;

  • budjet tizimi budjetlari mablag’larining tashkil topishi, taqsimlanishi va foydalanilishining qonuniyligi, maqsadga muvofiqligi va samarali ekanligini davlat organlari tomonidan tekshirish tadbirlari tizimi sifatida qaraladi;

  • qonunbuzarliklarning oldini olish, aniqlash, fosh qilish va bartaraf etish bo’yicha choralarni qo’llashga, davlat budjetini shakllantirish va xarajatlarni amalga oshirishda yangi imkoniyatlarni topishga, soliq-budjet intizomini yaxshilashga yo’naltirilgan;

  • hukumatning vakolatli organlari tomonidan Hisob palatasi (O’zbekistonning moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi oliy mustaqil organi) ni jalb qilgan holda, moliya va soliq organlari tomonidan (hukumat ijroiya organlarining nazorati) amalga oshiriladi.

Budjet nazoratining vazifalari:

  • budjet moddalari hajmi, tarkibi va maqsadliligi bo’yicha to’g’ri tuzilishi va ijro etilishini ta’minlash;

  • budjet mablag’lari hisobiga xarajatlarni nazarda tutuvchi yoki budjetning shakllanishi va ijrosiga ta’sir etuvchi davlat organlarining qonun va normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari, davlat dasturlari va boshqa hujjatlarning moliyaviy ekspertizasini amalga oshirish;

  • buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishining to’g’riligi ustidan nazorat;  budjet mablag’lari va budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat;

  • barcha darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari jamg’armalarga tushumlar to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazorat;

  • budjet jarayonining barcha bosqichlarida budjet va soliq intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat;

  • turli darajadagi budjetlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning xarajatlar qismini kamaytirish zaxiralarini aniqlash;

  • budjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirish ustidan nazorat;

  • budjet va budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari harakatlarining qonuniyligi va o’z vaqtidaligi ustidan nazorat;

  • isrofgarchilik va moliyaviy suiiste’mollarni aniqlash, soliq imtiyozlari, davlat dotatsiyalari, subventsiyalar, transfertlar va alohida to’lovchilar yoki hududlarga boshqa turdagi yordamlarni berish bo’yicha noqonuniy qarorlarning oldini olish va aybdor shaxslarga tegishli jazo choralarini qo’llash;

  • budjet-moliya intizomini kuchaytirish maqsadida profilaktika, axborottushuntirish ishlari olib borish.




Download 94.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling