Davlat moliyaviy nazorat organlari va ular faoliyating takomillashtirish masalalari
Davlat moliyaviy nazoratiniamalgaoshiruvchiorganlar va ularningvazifalari
Download 94.94 Kb.
|
davlat moliyaviy nazorat organlari va ular faoliyating takomillashtirish masalalari
Davlat moliyaviy nazoratiniamalgaoshiruvchiorganlar va ularningvazifalari.
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat moliyaviy nazoratida quyidagilarni amalga oshiradi: makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni, budjet-soliq va pul-kredit parametrlarini shakllantirish jarayonlarini, ularning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga rioya etilishini tizimli o’rganish; budjet tizimi budjetlarining daromadlarini shakllantirish va mablag’lari sarflanishini umumiy, moddalar bo’yicha, tarmoqlar hamda hududlar kesimida nazorat qilish va tekshirish; davlat maqsadli dasturlari amalga oshirilishining to’liqligi va samaradorligini baholash; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablag’larining qonuniy shakllantirilganligini, maqsadli hamda samarali sarflanganligini nazorat qilish va tekshirish; O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari o’rtasida maqbul nisbatga erishishga doir takliflarni tahlil qilish hamda baholash; davlat aktivlari shakllantirilishini, ulardan samarali va maqsadli foydalanilishini tekshirish; daromad keltiruvchi tarmoqlar korxonalari faoliyatini budjet tizimi budjetlariga qo’shimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yo’naltirilgan tarzda tahlil va nazorat qilish; O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamg’armasi, Qishloqlarni qishloq xo’jalik texnikasi bilan ta’minlashni davlat tomonidan rag’batlantirish jamg’armasi va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg’armalarning mablag’lari tushumi va daromadlarining shakllantirilishi, ularning mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan tahlil va nazorat qilish; valyuta, eksport va import operatsiyalari o’tkazishning qonuniyligini, shuningdek budjet tizimi budjetlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importidan majburiy to’lovlar bo’yicha mablag’lar tushumini nazorat qilish; mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining o’rni qayta to’ldirilishi va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar ustidan nazorat qilish; ichki va tashqi aktivlarni boshqarish bo’yicha hisobotlar va balans hisob-kitoblarini tahlil qilish, mablag’lar va oltin-valyuta zaxiralarini chet el banklariga va boshqa banklarga joylashtirish hamda qayta joylashtirishning asosli va samarali ekanligini nazorat qilish; davlat qarzini boshqarish samaradorligini tahlil qilish, unga o’z vaqtida xizmat ko’rsatilishi ustidan nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan chet el kreditlari mablag’laridan samarali foydalanish masalalari bo’yicha predmetli tekshiruvlar tashkil etish; davlat mulki realizatsiya qilinishi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish va ular bo’yicha nazoratni ta’minlash; budjet tizimi budjetlari mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalar moliya organlari, shu jumladan g’aznachilik bo’linmalari tomonidan bajarilishi samaradorligini tahlil qilish; davlat mulki ulushi bo’lgan korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini dividendlar to’g’ri hisoblanishi va to’lanishi yuzasidan tekshirish. Ichki nazorat quyidagi maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi: -budjetning tasdiqlangan parametrlari (limitlar) doirasida ijro etilishiga doir ma’lumotlarni yig’ish tahlil qilish, hulosalar chiqarish; -budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan suuste’molchilik holatlari haqida o’z vaqtida ogohlantirish va oldini olish. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respblikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari o’z vakolatlari doirasida: quyi turuvchi moliya organlari tomonidan budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosining ta’minlanishi ustidan; ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi hamda o’z vaqtida to’lanishi ustidan; budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar tomonidan smetashtat intizomiga rioya etilishining ta’minlanishi ustidan; aksiz solig’i to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi ustidan; aksiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarning aksiz markalari bilan to’liq tamg’alanishi va olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga muvofiqligi ustidan; budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy moliya organlari tomonidan budjet hisobotini tuzishning to’g’riligi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi. Hindiston hukumati moliya vazirligi mamlakatning moliyaviy va iqtisodiy masalalariga ma’sul hisoblanadi. U resurslar aylanishi va davlat xarajatlarini nazoratiga ham ma’sul hisoblanadi. Barcha hukumat vazirliklari ichida moliya vazirligi eng muhim organ hisoblanadi. Mustaqillikkacha bo’lgan davrda 1810- yilda alohida moliya departamenti Britaniya koloniyasi tomonidan tashkil qilingan. Uning bo’limlari uchta hisoblanib ular quyidagilar: bo’limlardan iborat bo’lib 1947-yilda moliya vazirligi sifatida qaytadan nomlangan. Mustaqil Hindistonning birinchi budjeti 1947-yil 26noyabrda o’sha paytdagi moliya vaziri Chetty tomonidan taqdim qilingan. Moliya vazirligi iqtisodiy masalar, xarajatlar, daromadlar, moliyaviy xizmatlar, investitsiya va ijtimoiy mablag’lar boshqaruvi kabi bo’limmalardan iborat. Download 94.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling