Davlat moliyaviy nazorat organlari va ular faoliyating takomillashtirish masalalari
Budjet nazorati tizimi o’zida quyidagi elementlarni mujassamlashtiradi
Download 94.94 Kb.
|
davlat moliyaviy nazorat organlari va ular faoliyating takomillashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining prinsiplari
Budjet nazorati tizimi o’zida quyidagi elementlarni mujassamlashtiradi:
Yuqorida sanab o’tilgan elementlar yig’indisi budjet nazorati mexanizmini tashkil etadi va u moliya (budjet) qonunchiligining normativ-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Budjet nazoratining sub’ektlari hokimiyatning vakillik organlari (parlament nazorati) hamda hukumat va davlat boshqaruvi (ijro) organlari (ma’muriy nazorat), Moliya vazirligi, G’aznachilik, hududlarning moliya organlari, budjet mablag’larining bosh tasarrufchilari va boshqalardir. Budjet nazorati ob’ektlariga soliq-budjet sohasi va budjet jarayonigina emas, balki bozor munosabatlari sub’ektlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayoni ham to’liq kiradi. Budjet nazorati predmetiga quyidagilar kiradi: budjet jarayonining barcha bosqichlari; budjetga soliq va boshqa majburiy to’lovlarning tushishi; budjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar; soliqlar bo’yicha hisob-kitoblar; buxgalteriya (moliyaviy) hisobi va hisoboti; maqsadli budjet jamg’armalari; dotatsiyalar; subventsiyalar; ssudalar; transfertlar; tovar-moddiy boyliklarini ayirboshlash va tekinga berish; bojxona qiymati va boshqalar. Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir. 1-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining prinsiplari Moliyaviy faoliyatning ajralmas qismi hisoblangan budjet nazoratiga qonuniylik, rejalilik, tizimlilik, uzluksizlik, samaralilik, oshkoralik, mustaqillik, ob’ektivlik va layoqatlilik printsiplari xosdir. Qonuniylik prinsipi Konstitutsiya bilan belgilangan bo’lib, davlat va uning barcha organlari (shu jumladan nazorat organlari) qonunga muvofiq faoliyat yuritishini, jamiyat va fuqarorlarning manfaatlari himoya qilinishiini ta’minlashini nazarda tutadi va pul mablag’lari jamg’armalarining yaratilishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanish jarayoni moliya va budjet qonunchiligi normalari bilan mufassal tartibga solinishida namoyon bo’ladi. Rejalilik prinsipi davlatning moliyaviy faoliyati moliya-reja hujjatlari (davlat budjeti, mahalliy budjetlar, davlatning budjetdan tashqari jamg’armalari budjetlari, budjet tashkilotlari smetalari, davlat korxonalarining daromadlar va xarajatlar balansi) tizimiga asoslanganini anglatadi, ularni tuzish, tasdiqlash, ijro etish tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Tizimlilik prinsipi nazorat tadbirlarini o’tkazishda nazorat ob’ek-tining barcha tomonlari va uning o’zaro aloqalari vertikal va gorizontal boshqaruv tizimlari bo’yicha ko’rib chiqilishini nazarda tutadi. Uzluksizlik prinsipi barcha nazorat ob’ektlari (boshqariladigan tizim) nazorat sub’ektlari (tizimni boshqaruvchilar) tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladigan dastlabki operativ va davriy nazorat, ularning faoliyatlari shartlari va xususiyatlaridan kelib chiqib belgilangan muddatlarda nazorat ostida bo’lishini anglatadi. Bu rejalar va vazifalarning bajarilishi ustidan doimiy kuzatishni, belgilangan ko’rsatkichlardan og’ishlar aniqlanganda faoliyatga tuzatishlar kiritish choralari ko’rilishini ta’minlaydi. Nazoratning samaraliligi prinsipi moliya-xo’jalik faoliyatidagi me’yordan og’ishlarni va ularning sabablarini o’z vaqtida va to’liq aniqlashda, shuningdek yuz bergan salbiy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va etkazilgan moddiy zararni o’z vaqtida qoplashda namoyon bo’ladi. Oshkoralik prinsipi jamiyat e’tiboriga ommaviy axborot agentligi orqali turli moliyaviy-reja hujjatlari loyihalarini, ularning ijrosi bo’yicha berilgan hisobotlarni, moliyaviy faoliyatni tekshirish va taftish qilish natijalari mazmunini etkazishda namoyon bo’ladi. Mustaqillik prinsipi nazorat qiluvchi organning moliyaviy mustaqilligini, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlari parlamentnikiga nisbatan uzunligini, ularning maqomi Konstitutsiya bilan belgilanganligini ko’rsatadi. Ob’ektivlik va layoqatlilik (kompetentlik) prinsipi nazorat natijalari, tekshirilgan faktlarning mazmuni qonunlar, yo’riqnomalar va mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat qilishni tartibga soluvchi boshqaruv organlarining farmoyishlari bilan solishtirish asosida to’g’ri, to’liq va ob’ektiv tushuntirilishini nazarda tutadi. Bu printsip nazoratchi-taftishchilar kasbiy mahoratining yuqoriligini va ular amaldagi qonun hujjatlariga to’liq rioya qilishlarini taqozo etadi. Download 94.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling