Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi va uni aniqlash
Download 60.4 Kb.
|
15-22
18. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi va uni aniqlash
. Soliq to`lovchilar-soliqlar va boshqa to`lovlar to`lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadilar. Yuridik shaxs-bu egaligida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida mol-mulkka ega bo`lgan va o`z majburiyatlari bo`yicha shu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga ega bo`lgan korxona (tashkilot), uning alohida mustaqil bo`linmasidir O`zbekiston Respublikasida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan yuridik shaxs O`zbekiston Respublikasi rezidenti (yuridik shaxs-rezident) hisoblanadi. Yuridik shaxslarni davlat byudjeti bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishda soliqlar alohida o‘ringa egadir Korxona yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lash nazarda tutilmagan faoiyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo`lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma salmog`idan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyozlar ikki ko`rinishga ega va ular quyidagilardan iborat. 1. Soliq solinadigan bazani kamaytirish-baza quyidagilarga kamaytiriladi: 1) uy-joy-kommunal xo`jaligi ob’yektlarining qiymatiga; 2) madaniyat va san’at, xalq ta’limi, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob’yektlarining qiymatiga; 3) yuridik shaxslarning madaniyat muassasalari, maktabgacha va umum ta’lim o`quv muassasalari eh`tiyojlari uchun foydalanadigan mol-mulkining qiymatiga; 4) qishloq xo`jaligi o`simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan qishloq xo`jaligi korxonalari balansida bo`lgan mol-mulkning qiymatiga; 5) sug`orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob’yektlarining qiymatiga; 6) aloqa yo`ldoshlarining qiymatiga; 7) kredit hisobidan olingan asbob-uskunaning qiymatiga, uni foydalanishga torshirilgan paytdan boshlab besh yilga, lekin kreditni uzish uchun belgilanganidan ko`p bo`lmagan muddatga; 8) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong`in xavfsizligi uchun fo2.Ayrim yuridik shaxslarni mol-mulk solig`idan ozod qilish-ular quyidagilar: 1) sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi, madaniyat va san’at tashkilotlari; 2) uy-joy kommunal xo`jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo`jaligi korxonalari; 3) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg`armasi va “O`zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo`lgan hamda ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov korxonalaridan tashqari); 4) yangi tashkil etilgan korxonalar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida; 5) ixtiyoriy tugatilayotgan korxonalar-ro`yxatdan o`tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to`g`risida xabardor qilingan kundan e’tiboran ydalaniladigan ob’yektlarning qiymatiga Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`i bo`yicha soliq davri kalendar yili, hisobot davri esa yil choragi hisoblanadi. Mazkur soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi
Download 60.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling