Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va
Oʼzbekistonda mulk solig’i va munosabatlari
Download 60.4 Kb.
|
15-22
21Oʼzbekistonda mulk solig’i va munosabatlari
Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortigʻini eksportga chiqarsa, molmulk soligʻidan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi. Jismoniy shaxslar esa uy-joylari, kvartiralari, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar, inshootlar qiymati, avtomobillarning barcha turlari (yuk, yengil, avtobuslar, mikroavtobuslar va boshqalar), motorli qayiklar, vertolyotlar, samo-lyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvatiga qarab soliq toʻlaydilar. Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Soliq solish obyektlari Soliq stavkalari, foizlarda 1. Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lganlari bundan mustasno), boshqa imoratlar, binolar va inshootlar 0,2 2. Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni: 200 kv.m dan va 500 kv.m ga qadar bo‘lgan 0,25 500 kv.m dan ortiq bo‘lgan 0,35 3. Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari 0,25 4. Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari 2 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qo‘llaniladi. Soliq summasi mol-mulkning 1-yanvardagi holatiga ko‘ra bo‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan esa soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevraliga qadar bo‘lgan muddatda taqdim etiladi. Soliq davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi, bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga o‘tkaziladi. Download 60.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling