Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZAR ESHONQUL ADABIY-ESTETIK QARASHLARI VA IJODIY UYGʻUNLIK
Foydalanilgan adabiyotlar:Karimov B. Ruhiyat alifbosi. - T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2016. –B.7. Jahon adiblari adabiyot haqida.- T.: Ma’naviyat, 2010.-B. 246. Eshonqul N. Yalpiz hidi T.:Sharq. 2008. 400 b. NAZAR ESHONQUL ADABIY-ESTETIK QARASHLARI VA IJODIY UYGʻUNLIKFeruza BURXANOVA, filologiya falari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Nizomiy nomidagi TDPU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Nazar Eshonqul adabiyotga o‘z ovozi va mustaqil badiiy konsepsiyasi, ifoda usuli bilan kirib kelgan yozuvchi. Adib va uning zamondoshlari o‘zidan oldingi yozuvchilar avlodidan qator jihatlari bilan farq qiladi. Bunday prisipial tafovutlar N.Eshonqul avlodi ijodkorlarining shaxsiyati, ayni paytda ijodiy tamoyillari shakllangan davr, tuzum xarakteri bilan ham bog‘liq, albatta. Avvalo, bu avlod ijodida mafkuraviy tazyiq izlari yaqqol sezilmaydi, milliy doiradagi muammolar nisbatan ochiq-oydin bayon etiladi. Ikkinchidan, o‘tgan tuzumga xos illatlar ularning asarlarida erkin va atroflicha ijtimoiy-badiiy tahlil etiladi, unga nisbatan aniq konseptual munosabat bildiriladi; uchinchidan, N.Eshonqul avlodi asarlarida poetik eksperimentlar qilish imkoniyati keng va ular bundan yetarli darajada foydalanadilar; to‘rtinchidan, Yevropa, Amerika va Lotin Amerikasi adabiyotiga xos badiiy tendensiyalarga moyillik bu avlod estetik dunyoqarashining yetakchi xossalaridan hisoblanadi; beshinchidan, ushbu avlodga mansub ijodkorlar jahon adabiyoti va nazariyasi muammolari, dunyo adabiyotida mavjud adabiy oqim va metodlardan yaxshi xabardor. Xabardorgina bo‘lib qolmay, bu haqda erkin fikr yurita oladilar. Bu avlod, xususan, N.Eshonqul poetik idroki, adabiy-estetik qarashlari mana shunday ijodiy prinsiplar asosida shakllangan. Ularning bosh maqsadlari, bizning fikrimizcha, adabiy muhitni yangilash, ijodiy prinsiplarni qayta shakllantirish, jahon adabiyotidagi eng ilg‘or tendensiyalarni milliy adabiyotga sintezlashda namoyon bo‘ladi. Albatta, bunda turli badiiy eksperimentlar, ifoda usullaridagi yangilanishlar bilan birga adabiy-tanqidiy ishlarning ham muhim o‘rni bor. N.Eshonqul asarlarida badiiy ijod jarayonidagi estetik tamoyillar, poetik eksperimentlarning tanqidiy asarlarda izchil aks etganiga guvoh bo‘lamiz. Zamonaviy jahon va o‘zbek adabiyotida ro‘y bergan biron muhim hodisa yo‘qki, u N.Eshonqul e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsin. Turli hajm va shakldagi badiiy esselar, maqolalar, taqriz, suhbat, adabiy bahslarda N.Eshonqul badiiy idroki va tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. 2014 yilda yozuvchining “Mendan “men”gacha”, 2019 yilda esa uning mantiqiy davomi hisoblangan “Ijod falsafasi ” “Men”dan mengacha-2” nomli adabiy-tanqidiy asarlari nashr etildi. Kitobdan N.Eshonqulning qariyb o‘ttiz yillik tajribalari, adabiyot haqidagi fikr- mulohazalari o‘rin olgan. Kitobning qamrov doirasi o‘ta keng. Unda Sharq va Gʻarb klassiklari, o‘zbek nasri va she’riyatining zabardast vakillari ijodi muhim ijodiy fenomen – ijodkor “men”i doirasida talqinu tahlil etilgan. Kitobning “MEN”ni izlab...” nomli dastlabki qismida adibning ijodkor shaxsi mohiyatini belgilovchi, o‘zligini namoyon etuvchi yadrosi – “men”lik olami haqida fikr yuritiladi. Ushbu asarda, eng avvalo, ijodkor kim, uning o‘zligi qanday namoyon bo‘ladi, ijodkorning yaratuvchanlik salohiyati nimalarda ko‘rinadi, degan savollarga javob izlanadi. Uning shaxs darajasiga ko‘tarilishi yoki shaxssizlik doirasida qolib ketishining sabablariyu omillari nimada tarzidagi aniq va shafqatsiz savollar qo‘yiladi. “Men” i va “mensizlik” ijod jarayonida qanday namoyon bo‘ladi kabi masalalar adabiy materiallar asosida tahlil etiladi. Nazar Eshonqul “men”likni yaratuvchanlikda deb biladi. Muallif fikricha, go‘zallikni hamma his qilishi, zavqlanishi, hayratlanishi, ma’naviy ozuqa olishi mumkin, lekin uni yaratish faqat o‘z “men”iga ega bo‘lgan insonlar qo‘lidan keladi. “Go‘zallik va “men” o‘rtasidagi munosabat voqelikni tasvirlash darajasi bilan emas, voqelikni o‘zgartirish, uni o‘ziga va o‘z idealiga moslashtirish, undagi inson va dunyo haqidagi iztiroblar darajasi bilan o‘lchanadi. Voqelikni tasvirlash qobiliyat emas, voqelikni yaratish qobiliyatdir”97. Demak “men-iste’dod”gina chinakam go‘zallikni yaratishga qodirdir. Yozuvchi “men”likning namoyon bo‘lishida real voqelik, tashqi ta’sirni inkor qilmaydi. Biroq badiiy asar tashqi olamning in’ikosigina emas, balki butunlay yangidan yaratilgan yozuvchi “men”iga taalluqli bo‘lgan va kashf etilgan poetik topilmadir. “Tashqi olam va bu “dunyo” o‘rtasidagi farq yozuvchi mahorati, saviyasi, maqsadi hamda ideali bilan o‘lchanadi”98. Nazar Eshonqulga ko‘ra, “men”likni namoyon qiluvchi yana bir muhim xususiyat shaxs tushunchasidir. Ya’ni asl “men” faqat shaxsda namoyon bo‘ladi. Mening fikrim – bu mening qiyofam... Fikrsizlik ma’naviy o‘limdir”99, deb yozadi bu haqda yozuvchi. N.Eshonqul shaxssizlikning ijtimoiy asoslariga nigoh tashlaydi. Uningcha, sho‘ro davrida hokim mafkura adabiyotda shaxslarni yo‘q qilish va shaxssizlikni yuzaga keltirish uchun ko‘p harakat qildi. O‘z maqsadiga butkul erisha olmagan bo‘lsa-da, talaygina o‘z “men”iga ega bo‘lmagan rang-tussiz asarlarning yaralishiga zamin tayyorladi. N.Eshonqul ijodkor shaxs haqida fikr yuritganda, u qanday sifatlarga ega bo‘lishi lozim, degan masalani o‘rtaga ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Ijodkorning biologik insonlardan farq qiluvchi alohida xususiyatlariga e’tibor qaratadi. Bunday alohidalik – individuallikni yozuvchi ijodkor shaxs “men”ida deb biladi. N.Eshonqul adabiy-estetik qarashlari asosini “faqat o‘z “men”iga ega bo‘lgan yozuvchigina chinakam badiiyat namunalarini yaratadi”, degan aniq konsepsiya tashkil etadi. “Men” faqat yurak emas, u bo‘y ko‘rsatayotgan dunyoning asoschisi va ma’naviy hokimi hamdir”100. Demak, yozuvchi shaxsini uning ijtimoiy fazilatlari emas, ichki “men”i ko‘tarib turadi. Ayni paytda, yozuvchi asarlari bilan shaxsiyatining bir-biriga mos kelmasligi o‘zlik, ya’ni o‘z “men”ini bilishga intilishning yo‘qligi oqibatidir. “Shaxs aqliy idrok mahsuli, ijod esa ong osti kechinmalar mahsulidir”101. 97 Eshonqul N. Mendan “men”gacha. – Toshkent: Akademnash, 2014. – B.7 98 O‘sha manba. – B.8. 99 Eshonqul N. Mendan “men”gacha. – Toshkent: Akademnash, 2014. – B.14-15. 100 Eshonqul N. Mendan “Men”gacha – Toshkent: Akademnashr, 2014. – B.7. 101 Eshonqul N. Shu kitob. – B.113. Asl “men” – ijodkor “men”dir. U boshqalar ilg‘amagan, anglamagan moddiy va ma’naviy, tashqi va botiniy holatlarni anglaydi. Faqat anglash, idroklash bilangina cheklanmaydi, o‘z ijod namunalarida qayta kashf etadi. “Men ijoddan xoli narsalarni yaratuvchilik deb atashlariga qarshiman. Ijod yo‘q joyda yaratgan ham, yaratuvchilik ham bo‘lmaydi. Ijodiy zavq olish so‘ngan daqiqadan turg‘unlik boshlanadi, ijodiy zavq tugagan jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Ijod – buyuklikni va Parvardigor qudratini anglash hissi”102. Ko‘rinadiki, N.Eshonqul haqiqiy ma’nodagi ijodkor ijod bilan tirikligiga urg‘u bermoqda. Ijodkor shaxs o‘z hayotini ijod qilgan daqiqalarinigina yashaydi. Umrining qolgan vaqtlarida oddiy odamlardan farq qilmaydi. Lekin shuni unutmaslik lozimki, ijodning uch bosqichi unda doimiy tarzda davom etib turadi. Ijod kayfiyatidagi yozuvchi olam va odamlarni ijodkor nigohi bilan kuzatadi. O‘z asarlarisyujetini, obrazlarni, detallar va metaforalarnixotirasidasaqlashgaharakatqiladi. Yozish jarayonida ijodining kulminasion nuqtasiga chiqsa, qayta o‘qish jarayonida munaqqid, adabiy taftishchiga aylanadi. Haqiqiy ijodkor, bizningcha, kamdan-kam holatlardagina oddiy odam bo‘lib yashaydi. Muallif ijodni yaratuvchanlik bilan bog‘lar ekan, ijod va ijodkorlik haqida ham o‘ziga xos qarashlarni ilgari suradi. Ijodni ilohiy hodisa deb bilgan muallif, uni mavjudlik falsafasi bilan bog‘laydi. Ijodni yozuvchi “men”ini, mustaqil “men” mavjudligining tan oldirish vositasi deb biladi. Yozuvchi ijodni har qanday zo‘ravonlikni inkor qiluvchi kuch sifatida baholaydi. Zo‘ravonlik va jaholat ijodning eng katta dushmanidir. Ular azaliy va abadiy ziddiyat, kurashda yashaydilar. N.Eshonqul ta’rificha, chin ijod zo‘ravonlik, johiliyat, zulmatga qarshi isyondir. Ko‘rinib turibdiki, N.Eshonqul ijodni inson ruhini tanazzuldan qutqaruvchi vosita deb biladi. Insonning mag‘lubiyatga mahkumligini ta’kidlash barobarida ijodda ijtimoiylik, ya’ni xaloskorlik ruhi borligini e’tirof etadi. Adib o‘z qarashlarini faylasufona ifodalab, har qanday qudratli inson ham baribir mag‘lub, degan xulosani beradi. Asrlar mobaynida ne-ne jahongirlar ham “men g‘olibman”, deb o‘tishgan bo‘lsa-da, oxir-oqibatda mag‘lubiyatga mahkumligini Iskandar haqidagi afsonaga bog‘lab talqin qiladi. Faqat ijodgina insonni mag‘lubiyatdan qutqarib qolishini ta’kidlaydi. N.Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Xaroba shahar surati”, “Sibizg‘a volasi”, “Muolaja”, “Qultoy” singari asarlari matnida inson tabiatida shunday jihatlar aks etganini inkor etib bo‘lmaydi. Ma’lumki, N. Eshonqul o‘z ijodini “Urush odamlari” nomli realistik qissa bilan boshlagan edi. Bu qissa adabiy jamoatchilikda yaxshi taassurot qoldirdi va yana bir iste’dodli yozuvchi paydo bo‘layotgani e’tirof etildi. Shundan keyin yozuvchi o‘zining ifoda yo‘sinini o‘zgartirib, dastlab, “Maymun yetaklagan odam” (1989), keyinchalik esa “Qora kitob”, “Tun panjaralari” kabi qissa va hikoyalarini yaratdi. Yozuvchi adabiy-estetik qarashlari xuddi shu ma’noda badiiy va adabiy-tanqidiy, falsafiy- psixologik ijod o‘rtasida doimiy harakatda bo‘lgan yozuvchi ijodiy “men”ining umumlashma obrazida namoyon bo‘ladi. N.Eshonqul estetik qarashlaridagi fikr-g‘oyalarini badiiy asarlarini yaratish jarayonida ko‘ngil prizmasidan o‘tkazib, ko‘ngilning suratlari o‘laroq gavdalantiradi. Masalan, adib sho‘ro davri siyosatining yozuvchi shaxsini mahv etishga qaratilgan mafkurasi haqida fikrlar ekan, shaxssizlik oqibatini vayrona qilingan shahar tarzida ramzlashtiradi. Uni ko‘ngil xarobalari deb ataydi. “Shaxs yo‘q joyda biz hamisha ma’naviy xarobalikka, turlanib-tuslanishlarga duch keldik”103. 102 Eshonqul N. Shu kitob. – B.19. 103 Eshonqul N. O‘sha asar. – B. 8. Ushbu konsepsiya yozuvchining “Xaroba shahar surati” asarida xuddi rassom chizgan suratdek hikoyaga ko‘chgan. Yozuvchi va munaqqid Xurshid Do‘stmuhammad N.Eshonqul hikoyalarini tahlil qilar ekan, ularda shaxs tushunchasi markaziy o‘rinda turishini e’tirof etib, shunday yozadi: “N.Eshonqul o‘z qahramonlari dunyoqarashini shaxs va jamiyat, shaxs va o‘tmish, shaxs va muhit munosabatlarini ochiq-oshkora tahlil etish yo‘li bilan gavdalantiradi”104. Darhaqiqat, N.Eshonqul qahramonlari o‘tmish, bugun va kelajakdan iborat zamon-makonlar ichra o‘zligini qidirayotgan, nainki shaxsiy o‘zligi, hatto milliy hamda umuminsoniy o‘zlik tomon intilayotgan murakkab obrazlardir. Ularning maishiy makonlar ichra xonanishin qahramonlari ham umuminsoniy dard bilan qorishib istiqomat qiladilar. Bayna momo kabi qasos va yolg‘izlik iztirobi og‘ushida yonib kul bo‘ladilar. Shu tariqa jahoniy poetik obrazlar (G.Markes, Robeka) maqomiga ko‘tariladi. “Shaxs sifatida o‘zini, davrini, zamonini muttasil mushohada chig‘irig‘idan o‘tkazishga moyillik – intellektual qahramonlar obrazini yaratish N.Eshonqul hikoyalarining o‘ziga xosligini tashkil etadi”. – deb fikrini davom ettiradi X.Do‘stmuhammad. “Adibning qaysi hikoyasini tahlil etmaylik syujet qurilmasi, konflikt, ohang – barchasi o‘ychan va sermushohada nasr namunasi ekanini ko‘ramiz. Ularda voqealar, taqdirlar, personajlar ko‘lami emas, qahramon qalbi shuurida kechayotgan o‘y-mushohadalarning tahlili birinchi planga chiqadi. Voqealarning, to‘qnashuvlarning o‘zi emas, ulardan qolgan kechinmalar tadqiq ob’yektiga aylanadi”105. Tanqidchi bu fikrlarni N.Eshonqulning “Tobut”, “Muolaja”, “Ajr”, “Istilo” (Ayni hikoya tahrir etilib, hozir “Evolyusiya” nomi bilan chop etilgan – F.B.), “Bevaqt chalingan bong”, “Maymun yetaklagan odam” hikoyalari tahlili asosida bayon etadi. N.Eshonqul asarlarida yozuvchi shaxsiyati, uning “men”i o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Uning qahramoni tom ma’noda ko‘ngil odami. Odam orqali olamni anglash qahramonning murakkab ruhiy kechinmalari, so‘ngsiz o‘y-xayollari, iztirobu diltangliklari aro kechadi. Qahramon “men”i bu olamda yashamaydi. Eng avvalo, o‘z “men”i olamida namoyon bo‘ladi va shu olam orqali tashqi olamga nazar soladi. Uning asarlarida aks etgan olam oddiy hayotiy voqelik asosida emas, balki olam bilan odamni bog‘lab turuvchi asl rishta – olam va odam bir butunligi haqidagi oliy haqiqatlarga tayanadi. N.Eshonqul qahramonlari “men”i, yozuvchi shaxsiyati ana shu katta ilohiy haqiqatlarni anglash yo‘lida kechinmalar kechirayotgan, ruhan poklanayotgan yoki o‘zini anglashga harakat qilayotgan shaxsdir. Adib dunyoqarashidagi eng xarakterli jihat Gʻarb va Sharq falsafasi alal oqibat bitta g‘oyada birlashadi, degan xulosada namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham uning asarlarida Sharqu Gʻarb qarashlari uyg‘unlashib, birikib ketadi. Adibning “Tun panjaralari” qissasi ham shu g‘oya bilan sug‘orilgan. Yozuvchining “Maymun yetaklagan odam” kitobiga so‘z boshi yozgan Xurshid Do‘stmuhammad “tun, xaroba, zulmat, tobut, o‘lik, og‘riq sifatlari umumlashib, N. Eshonqul badiiy tafakkuri o‘q chizig‘ini tashkil etadi”, deb yozadi. Adabiyotshunos D.Xoldorov ham ayni fikrning tasdig‘i sifatida adib uslubida rang bilan bog‘liq ramzlar muhim rol o‘ynashini, qora rang yozuvchi asarlarining sarlavhalariga ham chiqqanini e’tirof etadi106. “Tun panjaralari” qissasidaaks etgan voqelik hamqora tun fonidametaforiklashtirilgan. Filol.f.d. U.Jo‘raqulov keyingi yillar o‘zbek nasridagi metaforiklik haqida quyidagilarni yozadi: “Bunday asarlarda yozuvchi tomonidan tanlangan biror mavzu hamda voqea bir butun istiora tizimiga aylantiriladi. Syujet va obraz umumlashma (tipologik) mohiyat kasb etadi. Asar kompozisiyasi o‘rnini istiora qolipi (metaforik model) egallaydi. Natijada asar makon-zamon qamrovi ulkanlashadi. Ma’no ko‘lami kengayadi”107. 104 Dosmuhamedov X. Hozirgi o‘zbek hikoyachiligida badiiy tafakkurning yangilanishi. (80-yillarning ikkinchi yarmi va 80-yillarning avvalidagi hikoyalar misolida): Filol. Fanlari nomzodi... diss. – Toshkent: - 1995. – B.32 105 Dosmuhamedov X. Shu manba. – T .: 1995. – B.31-90. 106 Xoldorov D. Ijod mohiyati – uslub xosiyati. – Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017. – B. 60. 107 Jo‘raqulov U. Nazariy poetika masalalari: Muallif. Janr. Xronotop. – Toshkent: Gʻ.Gʻulom, 2015. – B. 260. Qissada yozuvchi voqelikni, aniqrog‘i “men”ning qalb kechinmalarini tun manzaralari orqali ifoda etadi. Tun qahramonning faoliyat maydoni. Asarni shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin: dastlab, qahramonning qoq tunda bitayotgan maktubi; ikkinchisi, ayni shu maktub bitish jarayonidagi ruhiy holati. Ayni chog‘da bu tipdagi asarlarda inson ruhiyatini turli xil badiiy detallar (nutqiy, xatti-harakat, imo-ishora va h.k.), dialog va monologlar, kechinmalar va boshqa tasviriy vositalar orqali aks ettirish samarali natija beradi. Insonning ichki, ya’ni botiniy olamini ko‘rsatishda, ziddiyatli holatlarni tasvirlashda ichki monolog katta rol o‘ynaydi. “Tun panjaralari” qissasida inson mohiyatining namoyon bo‘lishi “men”ning ongida kechayotgan o‘y-fikrlar orqali epifaniya asosida, ya’ni muallif ishtirokisiz ochiladi. Ma’lumki, inson ongida kechayotgan o‘y-fikrlar, xayollar betizgindir, shu boisdan, bu qissada aniq maqsadga yo‘naltirilgan an’anaviy syujet yo‘nalishi yo‘q. Bu N.Eshonqul moderncha uslubiga xos xususiyatlardan biri sanaladi. Qissada ramziy ifodalar serob. Tadqiqotchi F.Radjapova mazkur qissa tahlili asosida N.Eshonqul o‘z ijod manerasiga ko‘ra ramziylikka moyil adib ekanini ta’kidlaydi. O‘z tahlillarini: “Tun panjaralari” qissasi ramzlar, poetik ko‘chimlar nisbatan keng qo‘llanilgan, hayotning turfa manzaralari falsafiy-badiiy talqin etilgan asardir”108, degan xulosa bilan yakunlaydi. “Men”ning fikriy faoliyati asosan tunda boshlanadi. Buning sababi nimada? Tun nimaning ramzi? Qissani o‘qigan o‘quvchida haqli ravishda shunday savollar tug‘iladi. Aslida tun – qorong‘ulik, zulmat, g‘aflat, shuningdek, sokinlik, osoyishtalik ramzi hamdir. Shu sababdan asar qahramoni faqat sokin tundagina baxt-baxtiqarolik, poklik-tubanlik, vijdon-vijdonsizlik, umid-tushkunlik, orzu va armon, g‘ussa va quvonch, yalqovlik va shijoat, xullas, odam va uning taqdir bitigi to‘g‘risida o‘y suradi. Qahramon “men”i ongida kechayotgan fikriy mushohadalar orqali yozuvchi inson ruhiy olamini, o‘ziga xosligi va murakkabligini tasvirlaydi. Inson – murakkab bir tilsim ekanligi ushbu qissada o‘z aksini topgan. Inson qalbi va umrining muayyan qismi hisoblangan “tun” metaforasi orqali asl mohiyat sari qadam tashlaydi. Asardagi tasvirlar Cho‘lponning XX asr boshlarida yaratgan tun poetik obrazini yodga tushiradi. Zero, tun o‘ziga xos bo‘lgan barcha ko‘rguliklarni pinhon tutib turadigan qora parda. “Barcha yovuzliklar, inson ma’naviyatiga xos kirdikorlar, inson umrining yorug‘ pallalarida ko‘rinmaydigan jihatlari shu qora parda bilan berkitilgan. Yozuvchi uni panjara deb ataydi. Bu qissada inson uchun o‘qilgan o‘ziga xos hukm, xulosa ”109. Asardagi Hosila obrazi men, sen va muhabbat timsolida ijodkor konsepsiyasini ifodalovchi vosita sifatida keladi. Asar bir kechaning tasviri va falsafiy talqinidan iborat. Qahramon nazdida tun nafaqat shaytoniy xislatlarni namoyon qiluvchi hodisa, ayni paytda tunning ham o‘ziga xos gulzori, ulug‘vorligi va go‘zalligi ham bor. Ana shu ikki jihatiga ko‘ra tun insonning o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz qolib his-tuyg‘ularini namoyon qilish maydoniga aylanadi. Yozuvchi tunning ayni xususiyatini qahramon qalbida kechayotgan kechinmalar fonida birlashtiradi va butun ulug‘vorligi bilan namoyon qiladi. Yozuvchi qalbi bir vaqtlar yuragida cho‘g‘ bo‘lib ilingan muhabbat rishtalari bilan Senga intiladi. Senga intilish asnosida bolalik xotiralari yodga tushadi. Yozuvchi Senning dastlabki suratini yetti-sakkiz yasharlik bola paytida his etadi. Bu bolaligida momosiga qo‘shilib ro‘za tutganda, kuni bilan och yurishga chiday olmay oyisi bergan qaynatilgan tuxumni molxonaga kirib yashirincha yeyishlari tasvirida aks etadi. O‘sha kezlarda molxona tirqishidan tushayotgan 108 Radjapova F. Istiqlol davri o‘zbek qissachiligida uslub va poetik til: Filol. fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph D) diss. avtoreferati – T ., 2018. – B. 17 109 Eshonqul N. Mendan “Men”gacha . – Toshkent: Akademnashr, 2014. – B. 113. ignadek yorug‘ nur bola nazarida uning qilmishini kuzatib, fosh qiluvchi qudratli kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bir tutam yorug‘ nur asarning asosiy leytmotivini tashkil etuvchi, Sen darajasiga ko‘tarilib asarda osmonu falakda kezuvchi Sen bilan kundalik hayotida yonma-yon yurib yo‘ldan ozdirishga urinayotgan shayton timsollariga munosabat tarzida aks ettiriladi. Umuman olganda, N.Eshonqulning shu turkumga mansub asarlarining aksariyatida shayton, iblis obrazlari ko‘p uchraydi. Shayton obrazi yo‘ldan uruvchi, gunoh ishlarga boshlovchi sifatida keladi. Qissada shayton uning dastlabki asarlarini tan olmagan muharrir yoki bo‘lmasa unda-bunda ilk sevgilisi Hosilaning yonida pak-pakana yarashiqsiz bo‘lib hamrohlik qilib yurgan eri timsolida ifodalanishini kuzatamiz. Eng xarakterlisi, yozuvchi konsepsiyasi asarda xarobaga aylangan Tursoriya shahri surati orqali aks etgan g‘oyada ifodalanadi. Kezi kelganda aytib o‘tish joizki, “Tun panjaralari” qissasi boshqa asarlarning yozilishi uchun ham asos bo‘lib xizmat qilgan. Asar qahramoni – yozuvchini iztirobga solayotgan omillardan biri uning o‘zligini izlashga undovchi xayoliy olami – Tursoriyadir. N.Eshonqulning “Xaroba shahar surati” hikoyasida ham asar qahramoni doimo Tursoriya sari intiladi. Ma’naviy xarobalik – yozuvchi tomonidan topilgan ajoyib topilma. Tursoriya haqidagi afsona qahramon anglab yetgan haqiqat. Xaroba shahar surati, ya’ni Tursoriya yozuvchining foniy (ijtimoiy) dunyodagi ko‘ngil xarobalari. Yozuvchi mana shu xarobalar oralab boqiylikka, ya’ni Tursoriyaga intiladi. Unda faqat shaxs maqomiga ega bo‘lgan kishilargina boqiy dunyoda erishadi. Asardagi falsafiy mazmun foniy dunyoda o‘zingni poklab, izlab, izlaganingga boqiy dunyoda erishasan, degan sharqona qarashda aks etgan. Tursoriya yozuvchi mehr bilan tasvirlaydigan makon, yozuvchi ideali. Adibning adabiy-estetik qarashlarida ayni hikoyada markaziy planga chiqarilgan shaxs tushunchasi, shaxssizlikning fojiaviylik kasb etishi ijtimoiy tuzum bilan bog‘lanib majozlashtirilgan. Yozuvchining adabiy-estetik qarashlarida ilgari surilgan masalalardan yana bittasi yaratilayotgan asarlar har biri ijtimoiylik bilan u yoki bu darajada bog‘lanishdadir, degan fikrlarida ko‘zga tashlanadi. N.Eshonqul o‘z asarlarida ijtimoiy mazmunni mutlaq inkor etmaydi. Bu uning Gʻarb modernistlaridan farq qiladigan muhim jihatlaridan biridir. N.Eshonqulning “Tun panjaralari”, “Qora kitob”, “Tobut”, “Xaroba shahar surati”, “Zulmat saltanatiga sayohat” kabi asarlarini o‘qisak, ulardagi ijtimoiy pafosni bexato anglaymiz. Uning asarlarida tasvirlanayotgan va qahramonning o‘z “men”ini, o‘zligini izlashi, bundagi his-tuyg‘ular, ruhiy olam tovlanishlari, qahramonlarning xarakter xususiyatlari, qalbidagi qo‘rquv va quvonch, yorug‘lik va zulmat hislari, shaytoniy tovlanishlar o‘tmish va kelajakni yozuvchi “buguni”, ijtimoiy zamoni bilan sintezlaganini ko‘rish mumkin. Chorasiz isyon – ularning paydo bo‘lish omillari, aynan shu nuqtai nazardan, faqat yozuvchi va qahramonlar ichki “men”ga, ong osti jarayonlariga emas, sezilarli darajada tashqi olam, aniq zamon-makon bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, “Qora kitob” qissasida ilgari surilgan badiiy konsepsiya, shayton portretining cho‘qqisoqol sifatida chizilishida, asar xronotopini belgilashda “yuz yil” vaqt qamrovining qo‘llanishida, “Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyasidagi to‘qsonga kirgan yozuvchi M.ning asarlari vositasida orttirilgan qo‘rquv saltanati talqinlarida, “Xaroba shahar surati”dagi xaroba va vayronagarchilik tasvirlarida biz yozuvchi qisman yashab o‘tgan sobiq sho‘ro tuzumi manzaralarini his etamiz. “Tobut” hikoyasida esa butun boshli shahar (saltanat, tuzum strukturasi)ning o‘lim ramzi bo‘lgan tobut shaklida qurilishida, undagi biri-biridan dahshatli qora ranglarning quyuq tasviri totalitar tuzumning badiiy metaforiklashtirilgan qiyofasidir. Yozuvchining aynan shu tipdagi asarlarida tun, chirkin va badbuy hid, mog‘orlab ketgan, zax hidi anqib yotgan xarobalar tasvirlari yetakchilik qilishi ham shu bilan izohlanadi. Xuddi ijtimoiy asosning mavjudligi bois yozuvchi asarlarida Gʻarb modernizmiga xos ma’nisizlik, tushkunlik psixologiyasi yetakchilik qilmaydi. “Tun panjaralari” qissasidagi qahramonning o‘zligini anglab yetib, porloq osmondagi “Sen”ga intilishi, “Qora kitob” qissasida shaytonbachchaning homila davridayoq bo‘g‘ib o‘ldirilishi, “Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyasidagi M.ning xanjar bilan simyog‘ochga sanchib qo‘yilishi, unga bag‘ishlangan madhiya maqolaning yozilmasligi yoki “Xaroba shahar surati”da butun xarobalarning ichida yorishib turgan nurning mavjudligi ezgulikning muqarrar g‘alabasini ifodalaydi. Bular N.Eshonqulning Gʻarb modernistlari ta’sirida yozgan asarlarida ham hayotbaxsh g‘oyalar mavjudligini tasdiqlaydi. Chunki Gʻarb modernizmining yadrosini tashkil etuvchi falsafa: “Absurd hech qachon insoniyat hayoti uchun xos falsafa bo‘la olmaganidek, hech qachon universal badiiy falsafaga ham aylana olmaydi”110. N.Eshonqul shu tariqa ko‘plab adabiy-estetik tushunchaga aloqador bo‘lgan masalalarni jamlab, adabiyotning bosh vazifasi haqida muhim xulosaga keladi. Uning fikricha, adabiyotning bosh vazifasi: “...bevosita ham, bilvosita ham insonni “tarbiyalash”111dan iborat. Chinakam adabiyotni iste’dodlar yaratadi, yangilaydi, o‘zgartiradi. Chinakam adabiyot hamisha insonni, uning o‘zligini, dardini qalamga oladi. Shu bois ham uning markazida hamisha bosh harflar bilan yoziladigan INSON turadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling