Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
BADIIY ADABIYOTDA “MUOLAJA” USULLARI
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotasiya
BADIIY ADABIYOTDA “MUOLAJA” USULLARIM.Saidakbarova, fiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Qo‘qon DPI Annotasiya: Maqolada Nazar Eshonqulning “Muolaja” hikoyasining mavzu, mazmun va g‘oyasi xususida so‘z yuritilgan Annotasiya: V statye rassmatrivayutsya tema, soderjaniye i ideya rasskaza Nazara Eshankula «Lecheniye». Annotation: The article deals with the theme, content and idea of Nazar Eshankul’s story «Treatment» Kalit so‘zlar: “Go‘zal san’at”, siyosiy – ijtimoiy jarayon, majoz tili, “xivchinlash”, ruhiy bemor, butkul davolash, salobatli bulutlar, jala. Klyuchevыye slova: «Izobrazitelnoye iskusstvo», politicheskiy i sosialnыy prosess, metaforicheskiy yazыk, dushevnaya bolezn, polnoye isseleniye, silnыye tuchi, dojd. Keywords: «Fine art», political and social process, metaphorical language, «whining», mental illness, complete healing, heavy clouds, rain. Bu ko‘p takrorlandi va qonuniyatga aylantirildi, adabiyot hayotning badiiy in’ikosidir, u o‘ziga mayerialni kundalik hayotdan, ijtimoiy jarayondan, siyosiy to‘lqinlardan oladi. Ijodkor esa o‘ziga material tanlayotgan adabiyotning isonafasidir, ya’ni jon bahsh etguvchisidir. Hayot, adabiyot va ijodkor nomli ob’yekt va sub’yektlar aynan bir nuqtada to‘qnashadilar. To‘qnashish natijasida “go‘zal san’at”(Abdurauf Fitrat atamasi) hodisasi ro‘y beradi. “Go‘zal san’at “ hodisasi har qachon ham, har qanday ijodkor tomonidan ham yaratilaverilmaydi. Badiiy asarning bunday fitratona sifat bilan e’tirof etilishi uchun hayot, adabiyot, ijodkor uchligi to‘qnashuvi haqiqat chorraxasida sodir bo‘lishi lozim va lobuddir. Aks holda, so‘z va vaqt nomlanmish oliy ne’matning isrofi va zoyesi sababchi bo‘lib qolamiz. “Muolaja” nomli kichikkina asar – hikoya muallifi taniqli ijodkor, Ters ota farzandi Nazar Eshonqul shaxsi va ijodi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Yozuvchi ijodi bilan yaqindan tanishish jarayonida yuqorida aytib o‘tganimiz, go‘zal hodisa sodir bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Yozuvchining “Muolaja” deb nomlangan hikoyasi bilan tanishish jarayonida, beihtiyor bir rivyat yodimga tushdi. “Qadimda bir mamlakat bor ekan. Unda farovon va osuda hayot xukmron edi. Kunlardan bir kun, bir yo‘lovchi-devona ushbu mamlakatga kelibdi va shunday debdi: -Tez orada diyoringizda quduqlardan suv qochadi, suvsizlik boshlanadi va ko‘p qiyinchiliklar bo‘ladi. Ma’lum bir muddatdan so‘ng, quduqlarga suv qaytadi. Eng yomoni shunda bo‘ladi. U 115 https://n. ziyouz.uz.nazar-eshonqul. suvdan kim ichsa, telba bo‘lib qoladi. Shuning uchun bor imkoniyatlaringni ishga solib, bu suvdan zahira qilib quyinglar. Devonaning gapini hech kim pisand etmabdi, faqat shahar chetida yashovchi bir qari cho‘pon, bor idishlariga suv g‘amlab olibdi. Vaqt o‘tib, devona aytgan bashorat sodir bo‘libdi. Suv g‘amlamagan olomon suvsizlikdan ko‘p aziyat chekibdi, ba’zilari vafot etabdi. Vaqt o‘tgach quduqlarga suv qaytadi. Ofatdan omon qolganlar, bundan shodu xurram bo‘lib, quduqlarning yangi suvlarndan iste’mol qilishni boshlaydilar. Va butun mamlakatda g‘ayrioddiy hayot boshlanibdi. Hamma nimagadir, nimadandir sababsiz xursand, o‘yin kulguga berilgan, hayot tashvishlarini unutgan, uzzu-kun to‘p-to‘p bo‘lib u yerlarda va bu yerlarda xursandchilik bilan ovvorayu-mubtalo bo‘lib qolibdi. Ertadan kechgacha raqs tushib, qo‘shiq aytib, kulishib kun o‘tkazadigan bo‘lishibdi, bir so‘z bilan aytganda telba bo‘lishibdi. Faqatgina eski suvdan ichayotgan cho‘pongina bundan mustasno bo‘libdi. U olomonga qarab, to‘xtang, hayot tashvishlarini unutib quydingiz, hayotga qayting desa, ular hammasi bir bo‘lib, cho‘ponni ustidan kulib, masxaralab, qo‘llarini bigiz qilib uni ko‘rsatib, “TELBA” deya boshlashibdi. Cho‘pon borib-borib o‘zi ham “telbamanmi” deb, ishona boshlabdi. Oxir u ham olomon ichayotgan suvdan ichibdida, “telba”likdan xalos bo‘libdi.” O‘tgan asrning 80-yillar oxirida yozilgan ushbu hikoya hajman kichik bo‘lsada, unga yuklatilgan yuk zalvoridan bel egilib ketadi. Adabiyot xoh qadimiy bo‘lsin, xox zamonaviy bo‘lsin , u agar Olam va Odam haqida so‘zlamas ekan, mumtozlikka davogar bo‘la olmaydi. “Adabiyot- fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqunlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham huddi shu to‘lqunlarni yaratmoqdir”.[1]- deya Fitrat ayni haqiqatni aytgan. Ijodkor uchun tinch va osuda davrda tug‘ilish – bu uning (joiz bo‘lsa) “bevaqt dunyoga kelishi”dir. Ijodkor fitratida teskari oqayotgan oqimlar, shiddatli esayotgan bo‘ronlarga qarshi suza olish instinkti bilan dunyoga keladi. Shu sabab, ijodkorni siyosiy-ijtimoiy notekis jarayonlarda yashashi va faoliyat yuritishi bilan qo‘rqmay muborakbod etish o‘rinlidir. Zero. Qur’oni Karimning “Shuaro” surasi 225-226-227-oyatlarida “Ko‘rmadingmi, ular har sohada bo‘rttirib gapiradilar. Va o‘zlari qilmaydigan narsalarni aytadi. Allohga ishonib-suyangan, yaxshi ishlarni amalga oshirgan, Allohni ko‘p zikr qilgan va xaqsizlikka uchragandan keyin o‘ch olgan (javob qaytargan) shoirlar unday emas, Xaqsizlik qilgandar qanday to‘ntarilishini yaqinda bilib oladi.” Hikoyada bir jurnalistning ruhiy kasalliklar shifoxonasidan olgan intervyusi bayon etilgan. Shifoxona professori jurnalistlarga shifoxona tartibi, ruhiy kasallarni davolashdagi ko‘p yillik tajribalari va xususan, aynan ruhiy kasallikni butunlay davolashdagi o‘zining muvafaqiyatli tajribasi haqida batafsil ma’lumot beradi. Uchta nafar turli darajali bemorlari bilan tanishtirib, ularning ruhiy holati, davolash usullarini so‘zlab beradi. Aynan ruhiy kasallikdan batamom qutulish, butkul davolashning muolajasi ko‘pam yangilik bo‘lmagan qadimiy muoalaja- “xivchinlash”(kaltaklash) va uning besh bosqichda amalga oshirilishi, ushbu tajribalarni dunyo tibbiyot sohasiga olib kirish va aynan ushbu tajribalarni tibbiyot sohasida keng qo‘llash uchun halaqit berayotgan to‘siqlar haqida batafsil ma’lumot beradi. Hikoya bilan tanishib chiqqar ekansiz, undagi majoz tilini angalsh uchun bevosita o‘sha davr ijtimiy-siyosiy voqeligidan xabardorlik zarur bo‘ladi. (To‘g‘ri, bu udarajada uzoq tarix emas. Lekin mustaqillik bolasi uchun o‘zga voqea, begona tarixdek tuyuladi). “Asarning syujet qurilishida, xarakterlar tasvirining chuqurligida, kompozisiyasida nuqsonlar bo‘lsa, o‘quvchi bunday asarni o‘qishi mumkin, ammo tili no‘noq bo‘lsa, o‘qimaydi.”[2] Hikoya boshdan oxirigacha ramz va majoz orqali bayon etilgan bo‘lsada, uni tilining “no‘noq” emasligi sabab, ijodkor ko‘zlagan maqsadni his qilasiz, asardagi obrazlarga befarq bo‘lmaysiz. “Zax, qon, ter va qandaydir-aftidan, kasal chiqargan bo‘lsa kerak, - qo‘lansa hidli xonada”, “...yelkasining qip- qizil eti chiqib ketgan, qo‘l oyog‘i bog‘liq.......kasal yelkasiga kelib tushgan xivchin” zarbidan yuragingizga og‘riq kiradi, butun vujudingiz azobdan qaqshaydi. O‘sha davrda Ozodlikdan mahrum, qadriyatlari toptalgan, tarixi qirqilgan Vatan – ruhiy kasallar shifoxanasi edi. Hurlik, erkinlik uchun kurashayotgan xalq – telba bemorlarni, ularni, azbaroyi yordam berish maqsadida butun ilmini, umrini sarflab “beminnat” davolayotgan professor - millat jallodlarini va qo‘l-oyog‘i bog‘liq, “ko‘ndirish va tutish” oson bo‘lmagan, “o‘zini yuqoridan tashlashga tayyor esi past, telba barzangi”- millat ziyolilarini qiyinchiliksiz taniy olasiz. “Badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning esa assosiativ tafakkur mahsuli ekanligini inobatga olsak”[3], hikoyani analiz va sintez qilish jarayonida ob’yekt qanchalik o‘ralgan va yopiq talqin etilmasin, nazarda tutilgan mazmun va g‘oya, obrazlarga yuklangan vazifa o‘zini tanitib turadi. Asarda biz boshda eslaganimiz Odam va Olam haqiqati haqida so‘z yuritilgan. Asar mavzusi sovet ittifoqi davrida qaram millatlar fojeasi bo‘ladigan bo‘lsa, ko‘zlangan g‘oya abadiy va azaliy ozodlik va hurlik uchun kurashdir. Va buni ijodkor turli vositalar yordamida muvaffaqiyatli talqin eta olgan. “Qadimgi davrlarda ham bu kasallik bilan og‘riganlar haqida ma’lumotlar bor. Biroq u paytlar bu kasal onda-sonda uchrab turgan, bizning zamonamizda bu kasallikka yo‘liqqanlar soni keskin oshib ketdi”, Ushbu parchada yozuvchi nafaqat siyosiy ozodlik xususida balki ilohiy- ruhiy beboklik, Buyuk Yaratguvchi zotini anglash, ma’rifatullohdan mosuvolik xususida so‘z yuritgan. “Parvoz davri”, “isyon davri”, “davolashning an’anaviy tajriba usuli”, “tayyorlash davri”, “xivchinchi”, “bosqichma-bosqich savalash”, “faryod yozilgan shovqin ovozini beruvchi quloq apparati”, “beshinchi bosqichda kaltaklanishni sog‘inib qoladi”, “ezib-yanchayotgan zo‘ravonlar”, “alvon gul solinayotgan kashta nuqsi urgan yelkalar”, “ingroqdan ko‘zi yoshlangan xivchin” kabi bir qator muallif topilmalari o‘z o‘rnida mohirlik bilan qo‘llangan, ruhiyat tasvirining haqqoniy va ta’sirli aks ettirilishida muhim vazifa bajargan. Muallif o‘z fikrlarini xulosalar ekan, cho‘pondek “hamma ichgan suvdan ichmadi” (yuqoridagi rivoyatga ishora) balki, “negadir osmondagi haybatli bulutlarga qarab tezda jala quyib bersa kerak, bu oqshom juda ham chiroyli bo‘lib ketsa kerak. ” degan oliy maqsad va yuksak orzu istagi bilan asarni yakunlaydi. Haybatli bulutlardan jala quyish orqali bilan tozlanish - Nazar Eshonqulning tez orada sodir bo‘lajak mustaqillik haqidagi badiiy bashoratigina bo‘lib qolmay, “minorada vaqt to‘xtab qolgan, vaqt qay mahal bo‘lganini bilib bo‘lmas” makon dardiga malham bo‘la olguvchi, o‘zi ishonch bilan kutgan “Oliy Muolaja” edi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling