Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


- Endi xoru zorlikda o‘lib ketasan, - xirilladi u. – Molingni topshir, deganda ering qo‘liga miltiq ushlab biz bilan sichqon-mushuk o‘ynadi. Mana, endi unga hech narsaning keragi yo‘q


Download 0.93 Mb.
bet52/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

- Endi xoru zorlikda o‘lib ketasan, - xirilladi u. – Molingni topshir, deganda ering qo‘liga miltiq ushlab biz bilan sichqon-mushuk o‘ynadi. Mana, endi unga hech narsaning keragi yo‘q.


O‘sha davrdagi mustamlakachilikning razilona oqibatlari mahalliy xalqlarni ana shunday og‘ir va achinarli holatga solib qo‘ygan, kishilarning haq-huquqlari poymol qilingan edi. Hukmron sinf vakillari xalqning bor-budini majburan “talab”, ularni bamisli “qul”ga aylantirishga urindi. Asar voqealari davomida o‘n besh yildan keyin qishloqqa qaytib kelgan Zamon otboqarning Rayim polvondan qolgan katta bog‘ga uy qurishi, ot minib “rahbarlik” qilishi, o‘zining zulmi bilan hammani qo‘rqitib yurishi tasvirlanadi. Tersotaliklardan ko‘ngil uzgan Bayna momo yolg‘iz o‘zi bahordan to kech kuzga qadar besh-olti qo‘y-qo‘zi va echkisini yulg‘unzorda boqar, o‘tin terib qaytar edi. Hikoyadagi muammoning kaliti muallif tomonidan Bayna momoga berilgan ta’riflarida ayon bo‘ladi: “Bayna momo bir paytlar faqat qishloq emas, butun tog‘li xalqning orini ko‘targan, nomini chiqargan Rayim polvonni quloq deya ta’qib qilishlariga, so‘ng itday xor qilib otib tashlashlariga yo‘l qo‘ygani va o‘g‘li bilan erini zamonning egasi, bir paytlar Rayim polvonning malayi Zamon otboqar ixtiyoriga berib qo‘ygani uchun qishloqdoshlarini kechirolmas, ularga bo‘lgan nafrati susayish o‘rniga, yillar o‘tib ... avjlanib borardi”. Bayna momoning nafratini nutqidan ham bilsa bo‘ladi: “E, senmisan, Salom ko‘sa, xotiningning ishtonini kiyib yuribsanmi deyman”, “Hakim otchoparmisan, buncha urg‘ochi baytalga o‘xshab qiyshanglaysan” , “Bu qishloqning ayollari endi faqat xezalak tug‘adi” kabi. Hikoyadagi sanalgan personajlar qisqa ta’rif va tavsiflar bilan beriladi. Lekin asosiy qahramonning xarakterini ochishda muallif bo‘rttirilgan, bo‘yoqdor so‘zlar va ta’sirchan jumlalardan foydalanadi. Bu esa hikoyaning mazmundorligini oshiradi va kitobxonning ruhiyatiga ta’sir etadi. Hikoyada ramziylik, shartlilik va matn osti ishoralar, belgilar talaygina. Masalan, Zamon otboqarning o‘limi haqidagi xabar kelganda, o‘sha mash’um voqeaga yigirma uch yil bo‘lganini sezamiz. Bu taxminan ellik uchinchi yillarga to‘g‘ri keladi, ya’ni Stalin vafoti yillariga. Bu esa Zamon otboqar timsolida ma’lum ma’noda minglab kishilarning boshiga kulfat keltirayotgan yovuz rahbarlarning ketganligiga ishoradek tuyuladi. Undan keyin Bayna momo butunlay hammadan ajralib “o‘z dunyosiga kirib ketdi” va “so‘nggi nafasigacha o‘z nafratiga sodiq qoldi”. Bayna momo vafot etganda ellik yil oldingi qabrni topishib, eri va o‘g‘lining yoniga qo‘yadilar. Asarda keltirilgan vaqt o‘lchovlariga e’tibor bersak, bu holat taxminan 80-yillarga to‘g‘ri kelishini bilish mumkin.
Hikoyada uch o‘g‘lining to‘yini tengdan qilayotgan, to‘yi azaga aylangan Zamon otboqarning
o‘limi tasviri ham juda ta’sirchan berilgan: “Zamon otboqar itday o‘lim topgandi. Jasadning shu turishi avval o‘zi, keyin tepasi qulab tushgan ulkan minorni eslatardi kiyimlar pora-pora yirtilgan, avrati uzib tashlangan, o‘nta barmoqning hammasi kesib olingandi... Baribir barmoqni izlab topisholmadi. Jasadni barmoqsiz ko‘mishga to‘g‘ri keldi... Keyingi voqealar Bayna momoning tom ustida azaga aylangan tuy holatini kuzatishi,
ancha yillardan (o‘sha mudhish voqeaga ellik yil bo‘lgandan) so‘ng vafot etishi, “o‘tgan asrning so‘nggi yodgori” sifatida kuzatilishi bilan davom etadi.
Tugun asar voqealarininr boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea, asar konflikti qo‘yilgan joydir. Demak, hikoyada asosiy voqea 80-yillardagi qayta qurilish bilan bog‘liq. Ya’ni muallif kuzatuvchi sifatida yuz yillardan beri o‘tmishni eslatib turgan Bayna momoning uyi buzilishidagi holat orqali uning hayotiy tarixi, u bilan bog‘liq bo‘lgan fojeaviy davrni esga oladi. Ma’lumki, 20-30-yillardagi hukmron mafkuraning joylarda olib borgan shafqatsiz siyosati, nafaqat o‘zbeklar, balki ko‘plab xalqlarning boshiga unutilmas kulfatlar, fojealar olib keldi.
Ana shu yaqin o‘tmishning ayanchli, “qora kunlar”ini badiiy inkishof etish asarning asosiy problematikasini belgilagan. Muallif o‘zini qiynagan muammolarga javob topish uchun o‘sha davr voqeligini mavzu sifatida tanlab oladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling