Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


“SHAMOLNI TUTIB BO‘LMAYDI” HIKOYASINING TIZIMLI TAHLILI


Download 0.93 Mb.
bet49/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

“SHAMOLNI TUTIB BO‘LMAYDI” HIKOYASINING TIZIMLI TAHLILI




Begali MO‘MINOV , ADU katta o‘qituvchisi, Odina QODIROVA,
ADU o‘qituvchisi


Annotasiya. Maqolada iste’dodli yozuvchi Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Hikoyaning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: mavzu, badiiy g‘oya, obrazlar tizimi, syujet, struktura, tugun, konflikt, kulminasiya, yechim, muallif nutqi, personaj nutqi.


Hikoyaning mavzusi (tema). Asarda yaqin o‘tmishdagi, ya’ni sobiq sho‘rolar davrida olib borilgan adolatsiz va shafqatsiz siyosatning xalqlar boshiga keltirgan kulfatlari, fojeyaaviy oqibatlari qalamga olingan. Bu holat asarda Rayim polvonning quloq qilinishi, o‘zi va o‘g‘lining “hukumat odamlari” tomonidan o‘ldirilish voqeasi orqali ayon bo‘ladi.

Hikoyadagi obrazlar tizimi:







Insonlar obrazi



Jonivorlar obrazi

Narsa-buyumlar (detal obrazlar)



Joylar

Mavhum tushunchalar, tabiat hodisalari

Muallif, Bayna momo, Rayim polvon va uning o‘g‘li, Shukur oqsoqol, tersotali- klar, Zamon otboqar (qassob), mirshab va askarlar, Ollomurod tegirmonchi, Salom ko‘sa, Hakim otcho- par, hukumat odam- lari, Rajab ko‘sa, Roziya momo, Bayna momoning singlisi va kuyovi, Meli o‘qi- tuvchi, talaba qizlar, Po‘lat chol, Zamon ot- boqarning uch o‘g‘li, mehmonlar, ko‘r Sa-
far usta, chollar.

Yilqilar, qo‘y-qo‘- zi, echki-uloqlar, podalar, otlar, bir to‘da ov itlari, urg‘o- chi baytal, qari va ozg‘in echki, bo‘ribo- sar itlar.

Temir tirnoqli buldozerlar, qimiz, yog‘, ayron, ustunlar, miltiq, qamchi, qora pardalar, tuynuklar, o‘tin, tegirmon, bug‘- doy, baland tol, qay- nayotgan sut, yaktaklar, dor, kelinlik san- dig‘i, oy, sharpa, tor shim va ko‘ylaklar, oppoq paypoqlar, jabduq, kafan, qam- chi, xanjar, kalapo‘sh, zebigardon, bilagu- zuk, qaychi, angishvo- na, Qur’on kitobi, tumor, chorsi, o‘nta
barmoq suyagi.

Tersota qishlog‘i, Bayna momning uyi, otxona. ayvon, yerto‘la, supacha, bog‘, Zamon otboqarning uyi, yulg‘unzor, daryo bo‘yi, qonli halqob, omborxona, hujra, qabr.

Erta bahor, kech kuz, sahar, shom, kun, tun, qorong‘ulik, su- kunat, yolg‘izlik, qu- vonch, nafrat, g‘azab, telbalik, zulmat, qotillik, xorlik, ojizlik, qahr, xavo- tir, dunyo, musibat, azob-uqubat, g‘am-an- duh, to‘y, aza, layla- tulqadr kechasi.

Hikoyadagi har bir holat (situasiya), har bir obraz va detallar o‘ziga hos badiiy funksiya bajarishga yo‘naltirilgan. Bayna momo o‘limi oldidan singlisiga ishora qilgan oltmish yetti yil oldin yasalgan sandiq, sandiq ichidagi ashyolar uning hayoti bilan bog‘liq ma’lum bir voqeaga bog‘lanadi yoki biror shaxsning xarakterini ochishga yordam beradi. Masalan:



  1. Shamol. Hikoyaning ramziy ma’noda “Shamolni tutib bo‘lmaydi” deb nomlanishi ham bejiz emas. Shamol tabiat hodisasi. Shamolni hech qachon inson qudrati bilan boshqarib bo‘lmaydi. Har qancha to‘sqinlik bo‘lsa ham, u baribir o‘z yo‘lini topib ketaveradi. Shamol obrazi Bayna momo obrazi bilan taqqoslanadi. Chunki u ham o‘zining or-nomusi, iymon-e’tiqodini himoya qilish orqali Vatan, millat sha’nini himoya qiladi.


  2. Download 0.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling