Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA ESTETIK IDEAL VA IJTIMOIY MUHIT
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA ESTETIK IDEAL VA IJTIMOIY MUHITGulzoda BAHROMOVA, QarshiDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Estetik ideal san’at asarlariga mujassamlangan voqelikka bo‘lgan estetik – hissiy munosabat. Estetik ideal voqea – hodisalarni baholash mezoni, voqelikni estetik bilish vositasi, demakdir. Estetik ideal – ijodkor konsepsiyasini ya’ni uning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab ko‘rsatadi. Yozuvchi ideali go‘zallikdir, u tabiiy va estetik go‘zallik tarzida ko‘rinadi, ammo fojia xunuk, komik hodisalar ta’siri zamirida yashiringan bo‘ladi. U milliy va umuminsoniy manfaatlar va qiziqishlarga tayanadi. Yozuvchining estetik ideali ijobiy qahramonning estetik idealiga qo‘shilib ketadi. Jamiyat, inson ibrat va o‘rnaksiz yashay olmaydi, ya’ni ideal uning uchun suv va havodek kerak. Ko‘rinib turibdiki, estetik idealsiz badiiylik yo‘q. Biroq estetik ideal qat’iy o‘lcham yo chegara emas, ammo yozuvchi unga ega bo‘lishi shart. Yozuvchi ega bo‘lgan sehrli mantiq har bir adabiy tur va har bir janrda, ularning spetsifikalari negizida o‘ziga xos ifodalanadi. G‘oya – yozuvchining niyati, u estetik ideal bilan bog‘langan. Estetik ideal go‘zallik qonunlariga tayanadi, jirkanch hodisa va salbiy shaxslarga qarshi turadi. Adabiyot xunukni, salbiyni ko‘rsatganda ham go‘zallikka dastyorlik qiladi. Yozuvchi asarda aks etgan mavzu va voqeaga adabiy jarayon ruhi, o‘z estetik ideali taqozosi bilan aloqador holda e’tibor hamda baho beradi, chunki uning o‘z estetik orzusi (ideali) shu adabiy jarayonda shakllanadi. Iste’dod davr 159 Eshonul N. Yalpiz hidi. “Sharq”. Toshkent, 2008. 60-bet taqozosiga binoan, mavzuni tanlaydi va voqeani baholaydi, uning o‘ziga xos ifoda uslubi davr va adabiy jarayon uslubi bilan mushtarakliklarga ega. Badiiy asardagi estetik ideal hayotda har bir inson ko‘nglidagi idealning teranlashuviga yordam beradi. Aksariyat hollarda idealning badiiy shaklda reallashuvi inson o‘z hayotidagi maqsadiga yetishiga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Aks holda, asarning yozilishi va o‘qilishida muddao hosil bo‘lmas edi. Estetik ideal san’at va adabiyotning yashashida, jamiyatda o‘rnini topishida eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Nazar Eshonqulning “Tobut” deb sarlavhalangan hikoyasi 90-yillar o‘zbek modern hikoyalarining yetuk namunasi bo‘ladi desak, yanglishmasak kerak. Hikoyani o‘qigan o‘quvchi hayotning faqat oq rangdan iborat emasligiga iymon keltiradi. Turmushdagi ezgulik va yovuzlik tushunchalarini solishtirib, ezgulikning qadr-qimmatini chuqurroq anglaydi. Sho‘ro adabiyoti anglamagan yangi bir mazmunni ilg‘agandek bo‘ladi. Hikoyada psixologik bayon uslubi yetakchilik qiladi. Aytish kerakki, bunday uslub Nazar Eshonqul ijodiga xos. Uchinchi shaxs tomonidan bayon qilingan voqealar qahramonlar va ro‘y bergan tahlikali vaziyat tasvirini beradi. “Noma’lum sabablarga ko‘ra o‘lim ko‘paygan chekka muzofotdagi olis shaharga ketayotgan tekshiruv guruhiga nega aynan meni qo‘shib qo‘yishdi, me’morchilikning o‘latga qanday aloqasi bor. (Bizga hali sira aniqlanmagan o‘lat deb tushuntirishdi). To‘g‘risi, hozircha aqlim yetmaydi”, deb boshlanadi hikoya160. Parchadan ma’lumki, hikoya qahramoni oddiy bir me’mor. Tajriba, bilim, mahorat borasida ham boshqa me’morlardan farq qilmaydi. Uni o‘lat munosabati “xo‘jako‘rsinga” jo‘natishgan, xolos. O‘lat davom etayotgan shaharga yetib kelganda, hatto oradan bir necha kun o‘tganda ham me’mor o‘zining, kasbining o‘latga qanday aloqasi borligini tushuna olmaydi. Shaharda esa o‘lat kuchaygandan kuchayib, shahar ahlini yuhodek komiga tortaveradi. Guruhni kutib olgan shahar boshlig‘i voqeani shunday bayon qiladiki, barcha guruh a’zolarining, hatto o‘lat bo‘yicha mutaxassis professorning ham vujudlarida o‘lim sharpasi g‘imirlagandek tasavvur o‘yg‘onadi: “Hamma balo besh oycha burun boshlandi. Odamlar ishlab turgan yoki uxlab yotgan joylarida ba’zan suhbatlashib turib to‘satdan jon taslim qilishayapti. Avvaliga biz bularning hammasi shunchaki tasodifiy deb o‘ylagandik. Biroq o‘lim tobora ko‘paygach, tashvishga tushib qoldik. Maxsus emlash o‘tkazdik, voqeaning tagiga yetish uchun barcha kasalxonalarimizni nazorat ostiga oldik, bir necha marta ularni maxsus nazoratdan o‘tkazdik, ammo natija bo‘lmadi – o‘lim to‘xtamadi”161. Me’mor yigitning shahar boshlig‘ining hikoyasidan ham ko‘proq boshqa narsalar daxshatga solar edi: Birinchi bor o‘lat shahar ostonasiga qadam qo‘yganida u butun shaharni tutib ketgan, hatto shahar boshlig‘ining vujudidan anqiyotgan achimsiq, badbo‘y hidni sezadi. Shahar darvozasining haybati, shahar “uchishga chog‘langan mahluq”ni eslatishi uni daxshatga soladi. Shahar darvozasidan ichkariga kirar ekan, ularni g‘oz qotgan soqchilar kutib olishadi. Bu holat e’morga shahar ichida o‘zga bir muhit mavjudligiga ishora bo‘lib turadi. E’tibor qilinsa, ushbu shahar bir qarashdayoq sho‘ro diktaturasi tomonidan o‘rnatilgan g‘ayriinsoniy muhitni eslatadi. Shahar boshlig‘idan tortib, barcha aholining ko‘zlarida umidsizlik, loqaydlik kezib yurardi. Shahar binolaridagi muhtashamlik, bezakdorlik va soxta salobat bu joydagi hazing, chirkin muhit qiyofasini yashirishdan ko‘ra oshirishga xizmat qiladi. Me’mor avvaliga o‘latning sababi shahar binolarining quyoshga teskari qilib qurilganidanmikan, degan hayolga boradi: “Ammo tezda bu o‘yim haqiqatga hech bir to‘g‘ri kelmasligini angladim: “o‘lim to‘rt muchasi but, baquvvat, sog‘lom kishilarni ham komiga torayapti”, degan edi shahar boshlig‘i. O‘latning bu uylarga hech bir aloqasi yo‘qligini tushungach, hafsalam pir bo‘lib, ortga qaytdim”, deya hikoya qiladi qahramon. Shahar aholisining bir xil qiyofasi, ulardan yozilib turgan hasrat, mung, yuzidan yog‘ilib turgan loqaydlik va qahr bu odamlar uchun kelajak absurdga aylanganidan dalolat beradi. Yozuvchi bir o‘rinda shaharni sarobga, ro‘yoga o‘xshatadi. Darhaqiqat, 160 Eshonqul N. Tobut. // O‘zAS. 1992. 17iyul 161 Eshonqul N. Tobut. // O‘zAS. 1992. 17iyul sho‘rolar o‘rnatgan diktatura ham asli sarob bo‘lgan yolg‘onchi aqidalar asosiga qurilganmidi? Odamlarning bemaqsad izg‘ib yurishi, hayotga nisbatan loqayd munosabati, yuzlaridagi qo‘rquvning izi shaxsiyatidagi qiyofasizlik, hamma – hammasi sho‘ro davri odamining absurd hayotini, kelajaksiz turmushini eslatadi. Hikoyada “kiyimlari uvada, qaddi bukik, uzun hirqa kiygan, ko‘zlarini jazava – junun qoplab olgan” jinni obrazi bor. U odamlarga qarata mudom bir gapni takrorlab yuradi: - Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki. “U menga aytib turdi, men qurib berdim”. Shahar boshlig‘i me’morga uning asli shu shahar loyihasini chizgan me’mor ekanligini aytadi. O‘zi g‘ayratli, bilimli odam bo‘lib, “dunyoda eng ulkan va odamlar hali hayoliga keltirmagan shahar quramiz”, deb yuradi. Shahar bitgach, ko‘p o‘tmay o‘z ustaxonasini yoqib yuboradi. Shaharga ham o‘t qo‘ymoqchi bo‘ladi. Keyin uni jinnixonaga jo‘natadilar. U jinni bo‘lib qoladi. Bu obraz ko‘p jihatdan sho‘roga xizmat qilgan sotsialistik qurilishlar boshida bo‘lgan, ammo daf’atan bu tuzum mohiyatini anglab qolib, isyon ko‘targan ba’zi ziyolilarni eslatadi. Ma’lumki, sho‘ro tuzumini g‘ayriinsoniyligini anglab yetgan har qanday odam jazosiz qolmagan. Turmalarga, jinnixonalarga qamashgan. Muallif bu obraz orqali sho‘ro zamonida faqat jinni odamgina haqiqatni ayta olishi, ko‘zi ko‘r bo‘lgan sovet fuqarolari uni hech qachon anglamaganlarini ko‘rsatadi. Sovetlar jamiyatida bunday hodisalar kam bo‘lsa-da, bo‘lib turgani haqiqat. Hikoyadagi barcha obrazlar aniq bir qiyofaga ega emas. Hayotlari ularning qiyofalari ham ma’nosiz, shaklsiz absurd. Faqat telbagina telbaligi ostida o‘z qiyofasini saqlab qolgan. Lekin bu qiyofasiz jamiyatdan quvilishga, o‘limga mahkum. U loqayd hamshaharlariga qarata “hammamiz uning changalidamiz” deganda yodimizga ko‘pchilikni daxshatli changaliga olgan sho‘ro tuzumi keladi. Telba ham bir paytlar ko‘p qatori bo‘lgan. Uning (sho‘ro tuzumining) ko‘rsatmasi bilan ko‘r- ko‘rona shahar (sovet tuzumini) qurilishiga bosh bo‘lgan. Ishning nima bilan tugashini anglamagan. Hikoya so‘ngida shahar loyihasini telbadan olgan me’mor yigit uning tobut shaklida qurilganini anglaydi. Shunda u barcha falokatlarning sababini tushunadi. Shahar aro kezib yurgan badbo‘y hid (sho‘ro mafkurasi)ning tobut (sho‘ro tuzumi) uchun xosligini anglaydi. Faqat asl sababini anglab yetmaganlar. Rostdan ham tobut ichida tug‘ilgan odam uning tobut ekanligini qanday anglasin?! Nazar Eshonqul ushbu absurd tuyg‘usini ijtimoiy tuzum vositasida talqin etgan. Sharq xalqlaridan o‘lim darakchisini bildiruvchi Tobut obrazini sobiq sho‘ro tuzumining ramzi sifatida bergan. Tobut – shahar ichida yashaydigan odamlar hayotlarining absurdga aylanib qolganini o‘zlari sezmaydilar. Haqiqiy hayotdan ularni shahar devorlari ajratib turadi. Ularning hammasi bir xil – qiyofasiz. Fikru qarashlari bilan Tobut shahardan tashqaridagi dunyoni anglashga ojizdirlar. Sun’iy absurd jamiyatda yashayotgan, yashashdan ham ko‘ra ko‘proq o‘lim sari borayotgan, tasavvur beradigan shahar ahli sobiq sho‘ro xalqining tipik tasviridir. Xulosa qilib aytganda Nazar Eshonqul hikoyalarida ijodkorning estetik ideali har bir obraz, har bir voqea qa’tida ko‘rinib turadi. Bu esa adibning hech kimga o‘xshamaydigan uslubini namoyon qiladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling