Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA RAMZIY TIMSOLLAR
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filosofskaya
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA RAMZIY TIMSOLLAROlimjon JUMABOYeV, O‘zRFA O‘TAFI tayanch doktoranti Ramz yunon tilidan olingan bo‘lib, (ya’ni symbolon163, belgi, aniqlovchi belgi) g‘oya, yoki ob’yektning obrazli belgisi, demakdir. Ramzlarni qo‘llash tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishining o‘ziyoq uning xalq og‘zaki ijodi va adabiyotda muhim o‘rin tutishini, maqsadni o‘quvchiga yetkazishning obrazli vositasi ekanini izog‘laydi. Qadimdan oq rang yorug‘likni, qora rang motamni (qora rang ulug‘lik va buyuklikni anglatishi ham ko‘plab adabiyotlarda uchraydi. O.J), qizil rang jasoratni, sariq rang ayriliqni anglatishi ajdodlarimiz bilishgan. “Har yon qizil, yoshil, sorig‘”, deya hazrat Navoiy bobomiz bundan olti asr muqaddam bitganida ranglarning o‘sha davrdayoq ma’lum maqsadga qaratilganini bevosita isbot etgani ayni haqiqat. Umuman olganda, proza va ramzlar bir biriga doimo bog‘langan. Badiiy asarda qo‘llaniladigan ramzlarning eng asosiysi sifatida ranglar vositasidagi ramzlarni keltirish mumkin. Ranglar orqali atrof-muhitni, jamiyatni idrok etish adabiyotimiz uchun engilik emas. Ranglar vositasidagi ramziylik qadim-qadimdan adabiyotimizda shakllangan bo‘lib, keyinchalik mumtoz adabiyotimizga ham ko‘chgan. Ya’ni, turli ranglar vositasida qahramonning o‘y-kechinmalari, his-tuyg‘ulari, orzu-maqsadlari, ijtimoiy jarayonlar, ma’naviy-mafkuraviy holatlar ochib berilgan. “Ranglar ham har bir ijodkorning fikrlash doirasi va darajasiga muvofiq qo‘llanib kelingan. Shu sababli ham soddaroq asarlarda ranglarning ramziylik darajasi osonroq tushuniladi”164. Albatta, bu borada fikr yuritishdan oldin ranglar ramzga bora-bora ular timsolga aylanishi xususida to‘xtalib o‘tish zarur. Oq va qora rang Sharq adabiyotida allaqachon timsol darajasiga ko‘tarilgan. Mahmud Koshg‘ariydan to bugungi kun adiblari Nazar Eshonqulgacha ushbu timsollardan yetarlicha foydalanishgan. Ammo ularning ikkisi ham tabiatda mavjud emas, boshqa yetti xil rang esa jamiyatda qizil, sariq, pushti kabilarda aks etib turadi. Oq va qora esa ramziylikdan o‘tib, timsol darajasiga yetgani uchun 163 Filosofskaya ensiklopediya. https://dic.academic.ru/dic.nsf/enc_philosophy/1095/ 164 Mullaxo‘jayeva K. Gʻazalda rang jilosi. Filologiya masalalari. 2003, 3-4 son. ham nisbatan odamlar tomonidan idrok etilishi oson kechadi. Qolgan ranglar esa kitobxonning saviyasi bilan bog‘liq ekanini e’tirof etgan holda aytish mumkinki, boshqa ilmiy-nazariy manbalar bilan tanishgan holda ushbu ramzlarni anglab yetish mumkin. Nazar Eshonqulning aksar hikoyalarida rassom va rangli belgilar – ramzlarni uchratamiz. Xususan, “Maymun yetaklagan odam”, “Xaroba shahar surati”, “San’at-1”, “San’at-2”165 asarlarida yozuvchi musavvir obrazi orqali ijtimoiy olamga nisbatan o‘zining badiiy- falsafiy qarashlarini ifoda etishga harakat qilgan. Ushbu hikoyalarda o‘ziga xos ramziy- majoziy unsurlar – surat, rang va detallardan mohirlik bilan foydalangani, birinchidan, o‘quvchining badiiy-estetik didini oshirishga xizmat qilgan, ikkinchidan, yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarda o‘ziga xos “tushunish va tushunilish” maydonini yaratishga xizmat qila borgan. Bu orqali ma’lum ma’noda o‘z auditoriyasini yaratishga urinish kuzatilayotganini ham yozuvchi muvaffaqiyati sifatida baholasak, to‘g‘ri bo‘lardi. Shubhasiz, bu poetik vositalar adib g‘oyaviy-estetik maqsadini ifodalash va qahramon ruhiyatini ochishda qo‘l kelgan, shuning barobarida, adibning keyingi davrda yozilgan hikoyalarining badiiy jihatdan ancha takomillashishiga olib kelgan. Albatta, bu o‘rinda rassom va surat, ranglarning badiiy asarda bevosita aks ettirilishi borasida turli xil talqinlarni o‘rtaga tashlash mumkin. Eng avvalo, bu yozuvchining hikoya yaratishdagi konsepsiyasi ekanini ta’kidlab o‘tish zarur. Ya’ni, adib o‘zining ma’lum ma’nodagi uslubini hikoyaga tizimli ravishda kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ikkinchidan, bu o‘ziga xos ma’nolarni tashishga xizmat qilgan. Aytaylik, yozuvchi o‘zining maqsad-muddaolarini rassom obrazi va portretdagi ranglar orqali o‘quvchiga ko‘rsatib berishga intiladi. Birinchi navbatda, ushbu rassom va ranglar bilan bog‘liq hikoyalarning ketma-ketligini ma’lum ma’noda ko‘z oldimizga keltirib, rassom qiyofasi bilan bog‘liq holatlarni tizimlashtirib olish zarur. Adabiyotshunos olim Umarali Normatovning “Umidbaxsh tamoyillar” kitobida, adibning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi haqida so‘z yuritarkan, “Nazar Eshonqul keyingi olti-yetti yil mobaynida yozgan talay hikoyalarida asosan o‘sha asardagi g‘oyani turli ko‘rinishlarda davom ettirdi, ma’nisiz o‘tgan umr manzaralari tahlili bilan band bo‘ldi”166, shuning barobarida, “o‘zbek hikoyachiligida yangi davrni boshladi”, deya unga yuksak baho beradi. “Maymun yetaklagan odam”, “San’at-1”, “San’at-2”, “Xaroba shahar surati” hikoyalarini ketma-ketlikda yozilganini qayd etsak, Umarali Normatovning fikri to‘la asosini topadi, shuning barobarida ushbu hikoyalar tizimida o‘quvchi rassom va ranglar mohiyatini anglashga intila boradi. Adabiyotshunos olim Umarali Normatovning fikriga hamohang tarzda yozuvchining keyingi davrlarda yozilgan asarlarini o‘qib-o‘rganib, tahlil qilishga urindik. Masalan, “Xaroba shahar surati” hikoyasida ham rassom surati orqali turli xil qarashlar aks etganini sezamiz. Birinchidan, bu yozuvchining o‘ziga xos konsepsiyasini anglatsa, ikkinchi tomondan, surat orqali jamiyat va inson qalbidagi kurashni, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi azaliy qarama-qarshiliklarni badiiy aks ettirib bergan. Shu ma’noda adib “Xaroba shahar surati” hikoyasi avvalida shunday tasvirlarni beradi: “Suratdagi birdan-bir menga yoqadigan manzara ham aslida mana shu xaroba edi: bu shaharni kim vayronaga aylantirgan, kim uni yoqib kul qilgan, men buni ham bilmasdim, ehtimol, rassomning o‘zi ham bilmagandir. U bozorbop va odamlarning e’tiborini tortish uchun shunchaki xayoliga kelgan xarobani chizib tashlagan, ta’sir hamda vahm bag‘ishlash uchun manzaraga qo‘ng‘ir va sariq bo‘yoqlarni rosa chaplagandir”167. Albatta, bu o‘rinda adib nega aynan xaroba shahar suratini bermoqda? Bundan murod- 165 Eshonqul Nazar. Shaftoli guli. –T.: O‘zbekiston, 2011. 166 Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – T:. Ma’naviyat, 2000. 39-bet. 167 Eshonqul Nazar. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nazar-eshonqul/nazar-eshonqul-xaroba-shahar-surati-hikoya/ maqsad ne? Nega aynan bosh qahramonga xaroba manzarasi yoqadi?, degan savollar o‘quvchida uyg‘onishi tabiiy. Hikoya avvalida, yozuvchi “Go‘yo rassom suratlarni o‘zining kiyimidan andoza olib chizganday”, deya ta’kidlarkan, butun boshli suratga “umidsizlik va tushkunlik” ranglari o‘rnashib qolganini keltirib o‘tadi. Shuning uchun bu o‘rindagi qo‘ng‘ir va sariq ranglarini tushkunlik va iztirob belgilari sifatida ko‘rsatsak bo‘ladi. Yozuvchi rassom nigohi bilan suratga razm solarkan, unda tiriklikdan darak beruvchi biron giyoh ham qolmaganini, undan dud hidi anqib turishini izchil berib boradi. Yozuvchi “Tursoriya” deb atagan shahar qachonlardir ulug‘vor va go‘zal bo‘lgani uning qoldiqlarida aks etib turishi roviyning xayolini band etib, shu xususda tinimsiz o‘ylarkan, undan bir yorug‘lik izlaydi. “Shaharning tosh devorlari borib tutashgan tepalik uzra qorachiqday qizg‘ish shu’lani ko‘rishingiz mumkin”168. Qoralik uzra qizg‘ish tomchi daf’atan uchrashi ham yorug‘lik ramzi bo‘lishi barobarida, bu shaharning bekorga g‘arot etilmaganini isbotlaydi. Masalan, qizil rang o‘zbek adabiyotida qon, ya’ni erk, ozodlik va hurlik ramzi sifatida talqin etiladi. Shunday ekan, qizg‘ish shu’la ham ushbu shaharning erk timsoli sifatida gavdalantirilgan. Ba’zi o‘rinlarda qizil rang shodlik, baxtiyorlik va visol kabi tushunchalarni ifoda etishi ham ta’kidlansa- da, “Boshqa bir tomondan qaraganda, ushbu ranglar turmushda (kiyim-kechak misolida), hayotda (maxsus bayroqlar, ramzlar misolida) kayfiyatga ta’sir qilish, ruhlantirish va boshqa maqsadlarda ham xizmat qilib kelgan”169ini adabiyotshunos olima Karomat Mullaxo‘jayeva ham ta’kidlaydi. Aslini olganda, Nazar Eshonqul “Milliy tiklanish” gazetasida chop etilgan suhbat chog‘ida shunday degandi: “Menga: “Odam o‘z umrining rassomi, har kim qanday yashasa, shunday surat chizadi, kunlarni, umrni, umrning fasllarini chizadi”170. Rus tadqiqotchisi Konstantin Paustovskiy ta’biricha, “Yozuvchilik hunar va mashg‘ulot emas”171. Demak, suratdagi ayrim unsurlarga qarab, unda adibning qalbi, dunyoqarashi va ijtimoiy jarayonlarga nisbatan fikri o‘z aksini topgan, deyish mumkin. Masalan, dud hidi juda achimsiq bo‘lgani va yonib-o‘chgan joydan chiqishini inobatga olsak, bu ham yozuvchining g‘arb adabiyotini puxta o‘rganganini, o‘zidan qoniqmayotganini, xaroba shaharning dudi butun vujudini egallab, ko‘ngliga iztirob solayotganini ko‘rsatadi. Yana bir e’tibor qaratish mumkin bo‘lgan jihatlar shundan iboratki, hikoyadagi ranglarning juda ochligi, xiraligi va uning ortiqcha darajada chaplab tashlanganligi ayrim fikr mulohazalarni paydo qiladi. Xususan, chaplab tashlangan “qo‘ng‘ir va sariq bo‘yoqlar” mumtoz adabiyotimiz an’analariga muvofiq ayriliq kayfiyatini anglatishini inobatga olsak, bunda adibning ruhiy iztiroblari ifoda etilganini anglash qiyin emas. Ayniqsa, jahon adabiyotida ko‘p kuzatiladigan va yozuvchi tomonidan kashf etiladigan makon Nazar Eshonqulning ushbu asarida — Tursoriya qiyofasida namoyon bo‘ladi. “Men suratdagi vayrona shaharga o‘zimcha Tursoriya deb nom qo‘yib olgandim; nega aynan Tursoriya, buni ham hozir izohlashim qiyin, ehtimol, bu nomda hech qanday ma’no yo‘qtir va bu nom xotirjamning qaysidir burchagida tun qo‘ynida lip etib yongan alanga kabi o‘z-o‘zidan tug‘ilgandir. Tursoriyani qay maqsadda xarobaga aylantirishgan, nega unda tiriklikdan darak beruvchi biron giyoh ham qoldirishmagan, buni ham bilmasdim”172. Nazar Eshonqulning ushbu asarida Tursoriya shahri nihoyatda xaroba ko‘rinishida berilgani ham bevosita qahramonning ruhiy olami, uning dardu iztiroblari shu shaharga ko‘chib tushgandek taassurot beradi. 168 Eshonqul Nazar. Shaftoli guli. – T.: O‘zbekiston, 2011. 109-bet. 169 Mullaxo‘jayeva K. Gʻazalda rang jilosi. Filologiya masalalari. 2003, 3-4 son. 170 Nazar Eshonqul. Mendan “men”gacha. – T.: Akademnashr, 2014. 121-122-betlar. 171 Paustovskiy K. Rojdeniye rasskaza. – Moskva.: izd. Rus.yazыk, 1979, str 134. 172 Eshonqul Nazar. Shaftoli guli. –T.: O‘zbekiston, 2011. 108-bet. Hikoyani sinchiklab o‘qigan kishi unda shaharga xos har bir detalga e’tibor beradi: keng tosh ko‘cha, tegirmon, odamlar, minoralar. Vaholanki, adib hikoya davomida Tursoriya haqida yaqin odamlariga gapirib berishini ta’kidlab, shunday deydi: “Men ularga Tursoriya haqida, uning yashil bog‘lari, zangor osmoni...”173. Ushbu shaharning adib tomonidan tasvirlangan qiyofasi ham albatta, hech kimni ortiqcha qiziqtirmagani, hayratga solmasligi tabiiy hol. Negaki, aslida, hikoya davomida surat qahramonning ichki dunyosi, qalb kechinmalari, ruhiy olamini ko‘rsatuvchi vosita sifatida xizmat qilayotganini anglashib boriladi. Masalan, bosh qahramon butun o‘y-fikrlarini egallagan o‘sha Tursoriya shahri haqida saylovlar jarayonida ham deputatlarga savol beradi. Yoki ilmiy ishi rahbaridan ham bu xususda so‘raydi. Lekin siyosiy faol kishilarning bee’tiborligi kuzatilgan bo‘lsa, professor hikoya qahramonining umrini yeb bitirayotgan va uni allaqanday mavhum shaharga nisbatan qarashlarini o‘zgartirishga urinib ko‘radi. Albatta, bosh qahramonning shahar timsoli haqidagi qarashlari miyasiga o‘rnashib qolgani ham ko‘pgina mushohadalarga undaydi. Shahar insonning qalbi, vayrona esa uning o‘tmishi. Undagi har bir rang esa, u-yoki bu ma’noda kayfiyat va umid yoki umidsizlik bilan bog‘liq. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling