Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik bir e’tiroz…
TaskinBiroq men bekorga ushbu bitigim ibtidosida fransuz adibi va adabiy tanqidchisi Anatol Fransning iinson hayotga kelib bosib o‘tishi muqarrar bo‘lgan to‘rt bosqich haqidagi fikrini eslab o‘tgan emasman. Axir yer kurrasini insonga yashash uchun zamin etib belgilagan Buyuk Yaratuvchining o‘zi ham qodir zot bo‘la turib bandasi uchun hamma narsani yaratib bermadi. Aksincha, ko‘pgina narsani bandasining o‘zi yaratishini, bu yo‘lda mehnat qilishini… hamda… azob chekishini iroda qildi. Demak, asarga boshqa bir tomonlama qaralganda inson hayotining o‘zi azoblanishdan, og‘riq lazzatini totib, bu azobni sevib va uni boshqalar bilan bo‘lishib yashashdan iborat ekan. Tuzim va jamiyatning nomukammal qoidalarga ko‘z yumib asarni undan-da chuqurroq pozisiyaada tahlil qilishga urinsak, Nazar Eshonqulning “Og‘riq lazzati” hikoyasini bani bashar qismatidagi o‘zgartirib bo‘lmas qonun, insoniyat uchun oldindan o‘qilgan hukmi oliy deb baholamoq ham xato bo‘lmaydi. Ya’ni, yashash asli – og‘riq lazzati emasmi? Kichik bir e’tiroz…Inson qo‘li bilan yaratilgan hech qanday yaratiq mukammal emas. “Og‘riq lazzati” hikoyasini ham kitobxon, ham adabiy tadqiqotchi sifatida sharhlashga urinar ekanman, shu o‘rinda kichik bir kamchilikni-da sezganday bo‘laman. Axir adabiyotni yaxshi tushunadigan har bitta odamga shu narsa ma’lum: badiiy asardagi badiiy haqiqat hamisha hayot haqiqati bilan hisoblashishi, kerak bo‘lsa unga ergashishi shart. Misol tariqasida keltirishim mumkinki, Gabriel Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” asarida lo‘li Melkades olib kelgan ohanrabodan har qanday o‘quvchi hayratga tushadi. Yoki bo‘lmasa Markes o‘z asarida “Polkovnik Areliano Buyendia 32 marta isyon ko‘tardi va 32 marta ham mag‘lub bo‘ldi, 4 marta suiqasddan, 72 marta pistirmalardan omon qoldi…” deb yozgan bo‘lsa, biz asar davomida bu suiqasd va pistirmalarning hammasidan xabardor bo‘lishimiz mumkin. Asardagi Makondaga kirab kelgan lo‘lilar, ohangrabo va albatta polkovnik Aureliano Buyendianing hayotidaga taqqoslar ham bu bir ramz, lekin bular bari bizga reallik bo‘lib tuyiladi va hayot haqiqatiga hech qanday putur yetkazmaydi. Shu jihatdan olib qaralganda esa dunyo adabiyotidagi “izm”larni yaxshi tushunmaydigan, ya’ni “simvol”larni qabul qila olmaydigan ko‘p sonli an’anaviy kitobxonlar uchun “Og‘riq lazzati” hikoyasida tasvirlangan voqealar mantiqqa – hayot haqiqatiga ziddir. Asardagi ifoda qanchalar jonli, jumlalar devori qanchalik puxta bo‘lmasin, undan birgina shu “ramz” tushunchasini olib tashlasak, hikoyadagi o‘zini azoblash evaziga tomosha ko‘rsatadigan mahkumlar ham, tomoshabin, professor ham yolg‘on-yashiq, to‘qima obrazlarga aylanib qoladi hamda biror o‘quvchi asar voqealarini hayotiy hodisa sifatida qabul qila olmaydi. Agarda muallif asar voqealarini tush sifatida bergan taqdirida yoki adabiyotdan ko‘p sinalgan usullardan bittasi: telba yo sog‘ odamligi noma’lum biror kimsaning qoldirib ketgan daftaridagi bitiklar qabilida bergan bo‘lganda, menimcha g‘oya bilan birga reallikni, hayot haqiqatini ham saqlanib qolgan bo‘lur edi… So‘zim oxirida yana bir bor aytib o‘tishni lozim ko‘rayapmanki, nima bo‘lganda ham bugungi o‘zbek adabiyotimizda Nazar Eshonqul o‘zining mustahkam o‘rniga ega hamda uning asarlari ichida “Og‘riq lazzati” hikoyasi ham o‘quvchi qayta-qayta mutolaa qilib ichki dunyosini boyitishga arziydigan asardir. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling