Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 0.93 Mb.
bet60/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:




    1. Filosofskaya ensiklopediya. https://dic.academic.ru/dic.nsf/enc philosophy/1095/


    2. Mullaxo‘jayeva K. Gʻazalda rang jilosi. Filologiya masalalari. 2003, 3-4 son.

    3. Nazar Eshonqul. Mendan “men”gacha. – T.: Akademnashr, 2014. 121-122-betlar.

    4. Paustovskiy K. Rojdeniye rasskaza. – Moskva.: izd. Rus.yazыk, 1979, str 134.

    5. Eshonqul Nazar. Shaftoli guli. –T.: O‘zbekiston, 2011. 108-bet.

UMUMBASHARIY DARD




yoxud Nazar Eshonqulning “Og‘riq lazzati” hikoyasini o‘qib


Bayram ALI,


Yozuvchi


Insonning butun hayoti to‘rt bosqichdan iborat: tug‘iladilar, yashaydilar, azblanadilar va o‘ladilar!
Anatol Frans

Adabiyotning quchog‘i katta, himmati cheksiz. Shu tufayli uning erkatoyiga aylangan, himmatidan bahra olib o‘ziga o‘xshagan sanoqsiz boshqa yozarmanlar kabi uni achomlab yotgan ijodkor zoti bisyor. Lekin vaqt atalmish oliy hakam mavjud ekan bunday erkatoylar qachondir o‘z samimiyati, layoqati ularoq baholanib birin-ketin sanoqdan tushib qolaveradi. Buni yaxshi his etgani uchundir ehtimol, haqiqiy iste’dod adabiyotning quchog‘ida erkalanib-suykalanishni xush ko‘rmaydi. Aksincha, u ko‘p yillardan beri o‘zgarmas va mustahkam deb tan olingan adabiy mezonlaru-qoliplarni, badiiy tasavvur chegaralarini parchalagan holda adabiyot maydonga kirib keladi, ta’bir joiz esa adabiyotning o‘zining ham aqlini shoshirib qo‘yadi. O‘zbek adabiyotning ulkan adiblaridan biri Nazar Eshonqulni ham biz qo‘rqmasdan xuddi shunday − o‘z nafasi, o‘zbek adabiyotidi o‘z ta’sir ko‘lamiga ega yozuvchi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shu boisdan uning ijod namunalari na milliy va na zamonaviy xarakterga ega emas, balki umuminsoniy



173 Eshonqul Nazar. Shaftoli guli. –T.: O‘zbekiston, 2011. 110-bet.
ruh bilan yozilgan bo‘lib, umumbashariy dard ila sug‘orilgandir.
Mening bu aytganlarim ohorli gap emas, albatta. Bu gaplar mendan avval ham qaysidir shaklda adabiyotga nisbatan ham, Nazar Eshonqul ijodiga nisbatan ham qo‘llanilgan va o‘quvchilar qulog‘iga yetib borgan. Bas, shunday ekan, men bugun adib Nazar Eshonqulning adabiyotimizda tutgan o‘rni va boshqa ijod namunalarini bir yoqqa surgan holda, uning ijodiga bo‘lgan munosabatimni birgina “Og‘riq lazzati” hikoyasidan olgan taassurotlarim orqali bayon qilishga harakat qilaman.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling