Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
Prujinasimon asosTezis nuqtai nazaridan olib qaralganda “Og‘riq lazzati” hikoyasi prujinasimon asosga qurilganga o‘xshaydi. Bu prujinaning har bitta halqasi ma’no va mantiqiy xulosalardan iborat. Eng tahsinga sazovor tomoni shundaki: o‘quvchi mutolaa qilish jarayonida halqadan halqaga o‘tgani sayin undagi ma’no va mohiyat kengayadi-oydinlashadi va ayni payta egiladi hamda bukiladi. Mana shu sababga ko‘ra mazkur asarga o‘nlab rakursalarda nazar tashlamoq va asarni undan ham ko‘proq nuqtai nazardan turib sharhlamoq mumkin. Shunday qilib, men asarga avvalo “ramz”larga asoslangan tamaddun adabiyoti nuqtai nazaridan nigoh tashlashni lozim topdim. Asarga bunday holda nigoh tashlanganda esa undagi professor ham, tomoshabin ham ramz va tasvirlangan og‘riqning o‘zi ham ramziy ifodadir. Chunki har qanday jamiyat va har qanday tuzum, istaymizmi-yo‘qmi, insonni mana shunday azobga giriftor etadi. Axir asrimizgacha bo‘lgan davrda inson tafakkurining mahsuli bo‘lgan yadroviy qurollar, insoniyat uyshtirgan inqilobu-bardimonlar hammasi ham odamzotni butunlay halokatga duchor qilishga, odamzotni maxf etib yer yuzidan butunlay supurib tashlashga qaratilgan emasdi. Bu harakatlar bir qism odamni halokatga duchor etgani holda yana bir qism odamlarga saodat ulashish uchun edi. Biroq bugungi kunda nafaqat gumanitar fanlar, balki aniq fanlar ham shuni tasdiqlaydiki: ko‘pchilik o‘ylaganiday dunyo va insoniyat qismlardan iborat emas, aksincha u bir butundir! Shuning uchun inson tuzum va millatlarga bo‘linib, o‘z manfaati yo‘lida o‘ylab topayotgan halokat vositalarining qurboni insoniyatning o‘zi bo‘lib qolaveradi… Demak, asarda tasvirlangan mahkumlar − o‘zining yarasiga o‘zi tus sepib, o‘zini o‘zi azob-uqubatlarga giriftor qilayotgan jamiyat; professor – bu kabi nayranglarda asosiy rol o‘ynaydigan ziyolilar; tomoshabinlar – insoniyatni qovurib, bir-biriga gij-gijlab, o‘z etini o‘zi yeyishga majbur qilayotgan ayrim “yo‘lboshchi”, inqilabu-bambardimonlar asoschilari, Kamyu ta’biri bilan aytganda “dunyo hukmdorlari”dir. Asardagi to‘rtinchi mahkum borasida esa, men bu yerda muallif bolshveklar komunistik partiyasini nazarda tutmayaptimimkin, degan xayolga bordim. Chunki partiyaalr qurilishida bolshveklar komunistik partiyasi to‘rtinchi o‘rinda turgani bizga ma’lum. Boz ustiga asardagi “…qadim pahlavonlardek baxtiyor qiyofasini ko‘rib u aynan shu lahzani hech qaysi jannatga almashtirmaydi uni hech qaysi payg‘ambar, hech qaysi muqaddas kitob bu lazzatdan mahrum eta olmaydi deb o‘ylardingiz” qabilidagi so‘zlar, qolaversa to‘rtinchi mahkum o‘lim topgandan keyin ham bu zaminda qolmay, o‘zga bir zaminda – lazzat olamida qolgani meni shunday o‘ylashga majbur etadi. Axir 72 yil hokimiyat tepasida turgan komunistlar partiyasining asl basharasi ochilib, hokimiyatdan qulaganidan keyin ham bu partiyaning xayrixohlari o‘z g‘oyalariga bo‘lgan mahkumlikdan kechmasdan, o‘sha tuzim va o‘sha jamiyatni yoqlab yashab o‘tganlari hech kimga sir emas… Asarni mutolaa qilar ekanman, har bir jumla, har bitta hodisada muallifning zaharxanda tabassumi, guyo aslida yig‘iga aylanib otilib chiqishi kerak bo‘lgan-u, ammo qorachiqlarida bo‘zlov bo‘lib qotib qolgan kinoyaviy nigohi meni ta’qib eta bordi. Tasavvurimda muallifning bu zaharxanda, achchiq kinoyaga yo‘g‘rilgan nigohi butun insoniyatning asrlar osha yashab kelgan shu bugungi hayotigacha dovur boqib turganga o‘xshardi. O‘zimcha insoniyatning o‘z etini o‘zi shilib lazzat olayotganiga, o‘z-o‘zini azoblashning yangidan yangi usullarini ijod etayotganiga o‘tmish va bugundan taqqoslar axtarar ekanman, men bamisoli savollar girdobiga tushib chirpirak bo‘layotganga o‘xshab qoldim. Eng achinarlisi shunda ediki, bu savollarga javob topishga qanchalik urinsam o‘zim insoniyatning qotili deb bilgan yoki aksincha o‘zim insoniyatning rahnamosi deb hisoblagan ayrim kishilar, kerak bo‘lsa ota-bobolarim haqidagi tasavvurlarim ham shunchalik o‘zgarib borardi. Ha, asar mutolaasi jarayonida ko‘nglimda tug‘ilayotgan bu savol va ishtibohlarning tugal javobi yo butkul qayta tirilmoq yo batamom ma’naviy o‘lim bilan teng edi, nazarimda! Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling