Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Download 0.93 Mb.
bet53/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Hikoyaning strukturasi retrospeksiya asosiga qurilgan. Ya’ni roviy (hikoyachi muallif) o‘z davridagi voqealar tasvirini berishda o‘tmish voqealarni eslash orqali katta hajmdagi materialni kichik janr imkoniyatidan kelib chiqib tasvirlaydi va buni uddasidan chiqa oladi. Asar tugundan boshlanadi: “Yuz yildan beri tersotaliklarning g‘ururi va faxri bo‘lib kelgan... Bayna momoning uyini xuddi unutishga va yo‘q qilishga mahkum etilgan

xotiradek nihoyat buzib tashlashga kirishishdi ...”


Voqealar rivoji Bayna momoning qayg‘uli va motamsaro hayoti, bunga sabab bo‘lgan “o‘sha mudhish qotillik”, qishloqdagilarning hayot tasviri, Zamon otboqarning fojeaviy o‘limi, Bayna momo hayotining yakuni bilan belgilanadi. Asarda qahramonlarning dialogi atigi uch-to‘rt o‘rinda berilgan xolos. Ularning fikrlari, o‘y-xayollari, xatti-harakatlari. Holatlari asosan muallif munosabatlarida, izohlarida berib boriladi. Umuman, hikoyani uch qismga, ya’ni kirish, asosiy qism va xulosaga ajratib o‘rganish mumkin. Hikoyada jami bo‘lib 10 ta abzas bor. Masalan:
Kirish qismi. Asar boshidagi muallif izohi – 1-abzas. Asosiy qism. Voqealar rivoji – 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-abzaslar. Xulosa qismi. Bayna momoning vafoti – 9, 10-abzslar.
Kulminasiya asardagi voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi, konfliktlar kuchaygan o‘rni. Hikoyada Rayim polvon va uning o‘g‘lining o‘ldirilishi, ikki murda ustida cho‘kka tushib o‘tirgan Bayna momonining yelkasiga Zamon otboqarning qamchi tushirish voqeasini asarning asosiy kulminasion nuqtasi deyish mumkin. Chunki undan keyingi voqealar asta-sekin yechimga qarab siljib boradi. Chunki bu holat kutilmaganda kitobxonni to‘lqinlantiradi, hislarini junbushga keltiradi, uni chuqur hayajonga soladi.
Yechim syujet voqealari rivojining yakuni, asarning badiiy yechimi. Hikoyada ma’lum ma’noda voqealarning yechimini ko‘rish mumkin. Ya’ni Bayna momoning o‘limi va uni kuzatish jarayonida sandiqdan topilgan ashyolar syujet voqealariga yechim bo‘lishi mumkin. Lekin bu asarning umumiy yechimi, xulosasi emas. Hikoyani o‘qigan kitobxon unga boshqacha, alohida yechim topishga harakat qiladi. Buning uchun, albatta, asarni bir necha bor qunt bilan o‘qib chiqish kerak bo‘ladi.
Konflikt lotincha “to‘qnashuv” bo‘lib, asar personajlarining o‘zaro kurashlari, qahramonning o‘z muhiti bilan ziddiyatlari, uning ruhiyatidagi qarama-qarshiliklar tushuniladi. Hikoya boshidan oxirigacha turli xil ziddiyatlar oqimini tashkil etadi. Unda xarakterlararo, qahramon va muhit o‘rtasidagi, qahramon ruhiyatidagi qonfliktlar, shuningdek, holatlar, his-tuyg‘ular, tasvir va tavsiflar, ranglar va so‘zlarning qarama- qarshiligini ham kuzatamiz. Masalan, Bayna momo bilan Zamon otboqar, Rayim polvon bilan hukumat odamlari, Bayna momo bilan qishloqdoshlari, Bayna momoning ichki ruhiy konflikti kabilar. Muallif tasvirni kuchaytirish maqsadida qarama-qarshi holatlar (tuy va aza, shodlik va g‘am, mehr va shafqat, sabr va isyon, hukmronlik va tobelik, erkinlik va erksizlik, tinchlik va notinchlik, obodlik va vayronlik, yaxshi va yomon kabilar)dan ham unumli foydalanagan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling