Badiiy g‘oya, ya’ni, asarda qo‘yilgan problemaning hayot materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan badiiy g‘oya (kengroq olsak - badiiy konsepsiya) o‘sib chiqadi. Hikoyada XX asr boshlari, aniqrog‘i, 20-30-yillardagi milliy ozodlik bilan bog‘liq voqealar, quloqlashtirish siyosati, mustamlakachilikning yomon oqibatlarini tasvirlash orqali tarixni teranroq anglash, millat erki va yurt ozodligi masalasini teran anglab yetish, kechagi kundan ibratli saboq olish g‘oyasi turadi.
Syujet fransuzcha “predmet, asosga qo‘yilgan narsa” ma’nosini bildiradi. Badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Hikoya syujeti asosiy qahramon Bayna momo tevaragida uyushtirilgan bo‘lib, barcha tafsilotlar mohiyati ana shu xarakterning ichki va tashqi harakatlari dinamikasi bilan bog‘liq holda ochib beriladi. Syujet chizig‘ida muallif va qahramonlar parallel ravishda harakatlanadilar. Muallif doim kuzatuvchi sifatida bo‘lib,
bevosita asosiy voqealarga aralashmaydi, balki o‘zining munosabatini bildirib boradi. Voqealar rivojida retrospeksiya holatlarini ko‘rish mumkin. Demak, voqealar rivoji bir xil dinamik o‘sish kasb etmaydi. Muallif nutqi voqealar silsilasini ulab turadi. Hikoyada ocherklilik ustunlik qiladi. Muallif asarning asosiy qahramoni bo‘lgan Bayna momoning boshdan kechirgan ayanchli va fojeiy hayoti tasviriga o‘tadi. Asar mazmunidan ma’lum bo‘ladiki, sho‘rolarning mash’um 20-30-yillardagi quloqlashtirish siyosati mustamlaka o‘lkalardagi minglab insonlarning moliga ham, joniga ham ayovsiz jabr qildi. Sho‘rolarning yolg‘on va’dalariga uchib aldangan va o‘z millatdoshlariga qarshi kurashgan xudbin kimsalar hayotining fojeiy oqibatlari quyuq tasvirlarda o‘z ifodasini topgan: Mirshablar Rayim polvon va o‘g‘lining o‘lganiga ishonch hosil qilishgach, otlariga minib jo‘narkan, Zamon otboqar eri va o‘g‘li murdasi ustida cho‘kka tushgan Bayna momoning yelkasi osha qamchi tushirdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |