Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
turgan “davomi nima bo‘ldi?” savolini ochiq qoldirgan – ya’ni kaltaklanish voqeasi nima bilan tugaganiyu maymoq ayolning Uljonga kim bo‘lishiga qiziqishini biror darajaga ham pasaytirmagan holda personajning o‘tmishiga o‘tdi-ketdi. O‘quvchi hayotiy holat yechimiga yetishga intiladi – sabrsizlanadi, bunga sari roviy uni bir tafsilot bilan maqsadiga yaqinlashtirib, boshqasi bilan uzoqlashtirib – hikoya oxirigacha diqqatini band etib keladi. Roviylik mahorati degani shu bo‘ladi.)
Uljonning asrandi ekaniga qaytsak. Realizmda “motivirovka” degan tushuncha bor, ya’ni asarda tasvirlangan voqealar ham, har bir hayotiy vaziyat ham, personajning shu vaziyatdagi xatti-harakati, gap-so‘zi, o‘y-fikrlari ham asosli bo‘lishi, asoslanmog‘i kerak. Albatta, realizm ham ma’lum darajada badiiy shartlilikka yo‘l beradi, faqat uning ham badiiy jihatdan motivlanmog‘i taqozo etiladi. Hikoyada Uljonning Rajab cho‘pon xonadoniga kelib qolishi batafsil va batartib izchillikda tasvirlanmagan. Qaynotasi shoshilinch chaqirtirgan xotini “otasinikida ikki kun qolib ketadi”da, qo‘lida “eti xilvirab yotgan chaqaloq” bilan qaytib, «Bir qarindoshimiz tuqqan kuni o‘lib qolibdi, qizing hali sutdan chiqmagan deb menga berishdi, bu endi bizning bolamiz, otasi», deydi. Bo‘ldi, shu xolos: bola Rajab cho‘pon xonadonida katta bo‘laveradi. Shu o‘rinda bola asrab olishdek o‘ta jiddiy masala osongina hal qilib qo‘yilgandek tuyulishi, loaqal “shunchalar qo‘li yugurik erning xotini bir og‘iz so‘ramasdanoq chaqaloqni ko‘tarib kelishi durustmi?” degan e’tiroz tug‘ilishi tabiiyki, o‘sha motivirovka degani shu yerda kerak bo‘ladi. Nazarimizda, N.Eshonqul bu holat “aynan o‘zi yozganicha” bo‘lganini yetarli darajada asoslay bilgan. Buning uchun avval Rajab cho‘ponning “mijg‘ov emas”ligi, “Uljonning asrandi ekanini biron marta yuziga solmagani” turtib ta’kidlanadi. Shunday fe’lli odamning, xotini otasinikidan kelib “bu endi bizning bolamiz” deganida, chaqaloqqa bir qarab olib, “boshqa bu bola kimning bolasi, qanday qarindoshi bo‘ladi, qaynotasi nega kasal xotinini aynan shu kunlari Chitga shoshlinch chaqirdi va xotini qanday qilib bu bolani olib keldi, qayta surishtirib o‘tirma”ganiga ishonging keladi-yu, lekin ozroq shubha qoladi kishida. Biroq Rajab cho‘ponning buni o‘zi uchun “Ustma-ust qiz tug‘ib, mendan kaltak yeyavergani uchun ham bu bolani olib kelgan” deya izohlashi shubhani sal nari qiladi – o‘g‘il farzandga muhtoj odam o‘zini shunday tutishi mumkin deb ishonadi kishi. Hikoyada buni asoslovchi yana bir omil borki, uni fahmlay olgan o‘quvchida haligi shubhadan asar ham qolmaydi. Biz bu o‘rinda “Qultoy”dagi bir qarashda realizmdan og‘ish bo‘lib ko‘rinadigan jihatni nazarda tutmoqdamizki, unga kengroq to‘xtalish maqsadga muvofiq. Gap shundaki, hikoya qahramonlari realizmning sho‘ro davrida dogmaga aylantirilgan “tipik sharoitdagi tipik xarakterlar” talabiga mutlaqo muvofiq emas. Aksincha, ularda eng avval betakror, tom ma’noda individual jihatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Rajab cho‘pon haqida “odamovi va qahri qattiq odam edi. Unga mol bilan odamning farqi yo‘q, kim jahlini chiqarsa, uzun gavroni bilan tushirib qolar, shuning uchun tersotaliklar uni ko‘pam davralarga qo‘shavermas, u podasi bilan yaylovda qancha yursa, qishloq shuncha tinch bo‘ladi deyishardi”. Ko‘rib turganimizdek, Rajab cho‘pon hatto tersotaliklarga ham qo‘shilmaydigan, odamovi bir kishi. Ya’ni u jamiyatdan qochib, tog‘u toshlar bag‘rida, ko‘proq hayvonotu nabotot olami bilan aloqa qilib yashayotgan odam. Bunday odamning jamiyatda hukm suruvchi urf-odatu yozilmagan qoidalar, muomala-munosbat odobiyu tartibotlari, turfa cheklovu taqiqlarga beparvo qarashi tabiiy. Shu ma’noda “unga mol bilan odamning farqi yo‘q”ligi faqat “gavron bilan tushirib qolishida”gina emas, umuman insonga munosabatida namoyon bo‘ladi. Jumladan, xotini “eti xilvirab turgan chaqaloq”ni ko‘tarib kelgan vaqtdagi o‘zini tutishida shuning ta’siri botindir. Sirasi, bolaning o‘rnida ko‘zi yumuq kuchuk bo‘lganida ham Rajab cho‘pon o‘zini xuddi shunday tutardi – “unga mol bilan odamning farqi yo‘q” deganini men shunday tushunaman. Cho‘ponning aqidasi sodda: tirik jonmi –yashashga haqli. Shu ma’noda shahar kishisiga yoki hatto aksar tersotaliklarga ham “g‘alat” ko‘rinishi mumkin bo‘lgan holat Rajab cho‘pon uchun odatiy – normal sanaladi. Zero, uning nazdida ayoli “qizing hali sutdan chiqmagan deb menga berishdi” deganining o‘zi bolani xonadoniga qabul qilish, uni asrab olish (cho‘pon uchun bu “asrab qolish” demakdir) uchun yetarli asosdir... (Qarang, “tipik bo‘lmagan vaziyatdagi tipik bo‘lmagan xarakterlar” harakatlanishiga Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling