Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Download 0.93 Mb.
bet29/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

gunoh larimizni avf et! Ey, Boyxun bobo, avloding bu marta ham haromini daf qildi. Ammo u yana bosh ko‘tarsa, uni daf qilishga uning qurbi –quvvati yetarmikin?”
Momo uchun halollik, urug‘ning tozaligi har narsadan ustun.
Yozuvchi hatto eng og‘ir davrda ham insoniyligi, orini o‘ylagan, hech qachon vijdoniga qarshi bormagan va ularni saqlab qola bilgan odamlarning fojiali hayotini shunday tasvirlab beradi.
Sen yo‘lini to‘sish uchun qoyaga aylangan bo‘lsang ham, baribir urush bizga yetib keldi. Biz hammamiz, hatto ayollarimiz ham urush odamlariga aylanishdi... Urush mendan hamma narsani tortib oldi. Hech narsam qolmadi, ey Boyxun bobo. Gʻururim ham, orim ham, sha’nim ham... Hammasi toptalib bo‘ldi...”, deb hasrat qiladi frontdan nogiron bo‘lib qaytib kelgan Normat Boyxun qoyasi oldida.
Urushday fojiali, murakkab davrni qalamga olishning yaxshi bir jihati bor – bir jumla bilan yoki obrazlarni “o‘zining tilidan osgan” holda tasvirlasa bo‘ladi. Yozuvchining mahorati shunday o‘rinlarda bo‘rtib ko‘rinadi, ularni yaxshi yoki yomon edi deb uqtirib o‘tirmaydi.
Mana, o‘sha rais Mirzaqulning o‘zi iqror bo‘lib turgan basharasi: “...Urush mushkulimni oson qildi. Erini o‘ldirib, yo‘limdagi eng katta g‘ovni olib tashladi. Ba’zida urush mening oshnammi deb o‘ylab qolaman, hosilot... Ha, urush mening valine’matim... Siz sig‘inadigan xudoning surati bormi?: Meniki esa bor. Mana mening xudom! (Cho‘ntagidan surat chiqaradi). Stalin bu...”
Bu ham yetmaganday, u qiblaga qarab namoz o‘qiyotgan Biydi momoning bosh uchiga o‘zining shapkasini qo‘yib, namozini buzadi.
Mirzaqul uchun nafsidan boshqa hech narsaning ahamiyati yo‘q.
Yoki ayollardan biri – Ro‘zigul xarakteri o‘zi aytgan bir maqol bilan ko‘z oldingizda aniq gavdalanadi-qoladi: “O‘nqir edi, cho‘nqir edi uyim edi, ayiq edi, sayiq edi – erim edi”.
Normat xotini bilan Anzirat bilan Mirzaqulni uyida tutib olgach, ularga qarata, fashistsizlar, deb baqiradi. Bu – Biydi momoning fashizm haqidagi sodda, ammo teran falsafasiga uyqash: “Fashistni iblisning, haromining zuryodi deyishadi. Xaromi qayerda paydo bo‘lsa, o‘sha yerlar sahroga aylanadi, bog‘-rog‘lar quvrab-qovjiraydi. Haromi bor joydan baraka ketadi, qabohat urchiydi, o‘lim, xiyonat, gunoh uya quradi. Yer yuzi do‘zaxga aylanadi. Dunyoda haromilar ko‘paysa, qiyomat yaqinlashadi”.
Bugun tushunchalar, axloq me’yorlari chalkashib ketayotgan, fashistlar boshqalarni fashist deb atab, vataniga bostirib borayotgan zamonda “fashist” so‘ziga Biydi momo tilidan bunday ta’rif berilishi tarozining pallasi shallaqalik va propaganda tomon bosilib ketayotgan “post-truth” zamonda aks salmoq o‘laroq jaranglaydi
Mana shunisi muhim.
Ushbu ikki drama qahramonlari – oriyat odamlari.
Bugungi murakkab davrda ana shunday vatanparvarlikni, odamgarchilikni, milliy qadriyatlarni ulug‘laydigan badiiy asarlarga ehtiyoj katta, binobarin, yozuvchimizdan yangi- yangi dramalar kutib qolamiz.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling