Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZAR ESHONQUL IJODIDA DINIY-FALSAFIY MOTIVLAR
Foydalanilgan adabiyotlar:N.Eshonqul. Shamolni tutib bo‘lmaydi. Toshkent, 2005. N.Eshonqul. Shaftoli guli. Toshkent, 2011. Sattorova G. Milliy xarakter va badiiy talqin. Toshkent, 2008. X.Do‘smuhammad. Ijod ko‘ngil munavvarligi. T:Mumtoz so‘z, 2011 NAZAR ESHONQUL IJODIDA DINIY-FALSAFIY MOTIVLARGulnoz Sattorova, filologiya fanlari nomzodi Adabiy-tanqidiy tafakkur qirralari, o‘rganilayotgan masalalar maydoni kengayib bormoqda. Badiiy tafakkurdagi yangilanish hodisasi adabiyot ilmida estetik prinsiplarning shakllanishini, ularning takomillashishini ta’minlamoqda. Bugungi davr adabiy tanqid erishgan yutuqlardan biri shundaki, bu davrda badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan adiblar hayoti va ijodini, badiiyatini, shaxsiyatini, dunyoqarashini, janrlar aro o‘zgarishlarni, adabiy oqim va yo‘nalishlarni emin erkin boricha talqin va tadqiq etishga keng imkon yaratildi. Yozuvchilarimiz ijodidagi mifologik, diniy, falsafiy, psixologik qarashlar imkon qadar keng miqyosda tahlil qilinib, badiiyat nuqtai nazaridan baholanib kelinmoqda. Mifologik, tarixiy voqealarni umumsharq falsafasidan kelib chiqib talqin etish; ijtimoiy muammolarning ildizida nafs, loqaydlik, moddiy ne’matlarga mukkasidan ketish kabi inson tabiatidagi salbiy xususiyatlarni ko‘rish; ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda insoniyat hayoti dialektikasini ifodalash kabi sifatlar adabiyotning azaliy mavzularidan biri bo‘lib, bu holat bugungi hikoyachiligimizning muhim xususiyatiga aylangan. N. Eshonqul ijodining dastlabki davriga mansub “Ajr”68 hikoyasi shunday asarlardan biridir. Asar o‘zining murakkab qurilishi, fantastik elementlari bilan ajralib turadi. Yozuvchi italyan adibi Dante Aligьyerining “Ilohiy komediya” asari qurilishini ijodiy o‘zlashtirib unga sharqona talqin beradi. Azaliy va abadiy ota va bola muammosini oxirat dunyosi tasviri orqali badiiy aks ettirgan. Bizga ma’lumki, ulug‘ Dantening “Ilohiy komediya” asari ta’sirida yaratilgan o‘zbek adabiyotidagi yirik asar shoir A.Oripovning “Jannatga yo‘l” dramatik dostonidir. Bu asarda real dunyoda inson tomonidan sodir etiladigan voqealar do‘zax, arosat, jannat mezonlari bilan baholanadi. Bunda qadim Sharq falsafasiga, “Qur’oni Karim”da kelgan oyatlar va Muhammad alayhissalom hadislariga suyaniladi. Inson xarakterida mavjud hasad, g‘iybat, ochko‘zlik. Poraxo‘rlik, qalloblik, yolg‘onchilik kabi illatlar qoralanadi. Bu illatga ega bo‘lgan personajlar gunohlarining darajasiga qarab, do‘zax yoki arosatga yo‘llashadi. Bu dunyoda yaxshilik, ezgulik uchun xizmat qilganlarga esa jannat eshiklari ochiladi. “Ajr” hikoyasida ushbu asarlarga xos bitta element ko‘rsatilgan. Personajlar ham, asosan, ikki kishi-ota va o‘g‘ildan tashkil topgan. Butun hikoya davomida o‘g‘il o‘ziga berilgan da’voni o‘taydi. U arosat dashtidan jannat eshigigacha otasini yelkasida ko‘tarib olib borishi shart. Bu -ilohiy jazo. “Jannatga yo‘l” asarida ota va bola munosabati shunday badiiy ifodasini topgan: “ O‘zga odam: Qaysi kuni yig‘lab ketdi bir muysafid chol Yetti bora haj savobi bo‘lmaydi qabul. 68 Eshonqul N. Ajr //Yoshlik. 1989. № 9. Yigit: Nechuk endi? O‘zga odam: U dunyoda yuz berib qay hol, Otasini sansiragan ekan bir bor ul. Yigit: Ming martaba shukur bo‘lsin parvardigorga Mendan rozi ketgan ekan qiblagohlarim. Es bilmagan go‘daklikni yo‘ysak bekorga Sensiragan emasman men, yo‘q gunohlarim”.69 A.Oripov ota va bola munosabatiga yigit tilidan munosabat bildirar ekan, sharqning azaliy ma’naviyati, axloqiga asoslangan. Haqiqatdan ham, sharqda ota hurmati qadimdan yuqori tutilgan. Xalq orasida “ota rozi-xudo rozi” degan naql bor. “Qur’oni karim”da ota- ona hurmatini joyiga qo‘yish, ularning roziligini olishning ajri jannat, deb uqtiriladi. “Bismillohir rahmonir rohiym”. “Men qiyomat kuniga qasam ichurman. Va Men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki, (hech shak-shubhasiz qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar) (Qiyomat surasi.1-2 oyatlar)”. Boshqa bir surada: “Parvardigoringiz yolg‘iz uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota- onangizning ) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut-hokisor bo‘l va: “Parvardigorim meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm shafqat qilgin” deb (haqlariga duo qil)” (Al-isro surasi, 23-24 oyatlar.) “Ajr” hikoyasi qahramoni hayoti davomida juda og‘ir gunohlarga qo‘l urgan. Otasini yelkasiga ortib, Arosatning qip-qizil sahrosida azob-uqubat bilan qadam tashlaydi. Hatto uning yelkasiga o‘tirishdan ota ham charchagan: “Sendaylardan tug‘ilmaslaringdan oldin voz kechish kerak edi. Lekin, afsus, sizlar tug‘ildilaring, unib-o‘stilaring, so‘ng unib-o‘sgan yerlaringga tupurdilaring, unib-o‘stirgan odamlarni qiyratdilaring. Yana ko‘kraklaringga mushtlab “Xalqparvarmiz, odamparvarmiz” deb da’vo qildilaring. Oz qoldi. Juda oz qoldi. Yelkangdan tushamanu, men o‘z yo‘limga, sen o‘z yo‘lingga, boshqa qaytib ko‘rishmaymiz”. Oxirat dunyosida ota va o‘g‘ilning yo‘llari boshqa-boshqa. Ota jannatga, o‘g‘il do‘zaxga hukm qilingan. O‘g‘ilning do‘zaxi bo‘lishiga sabab, u o‘z xalqiga xiyonat qilgan. O‘z yurtiga tupurgan. Yana bir sababi o‘g‘il Yaratganni unutgan. “Sizlarning katta xatolaring shuki, Uni ta’qib qildilaring. Hamma narsaning boshlanishi U edi. Chunki U dunyoning ismi edi, U bu azaliy dunyoga ism bergan, zeb bergan usta edi. Dunyoni Undan ajratib olib bo‘lmas edi. Sizlar buni tan olmadilaring”, deydi chol o‘g‘liga dashnom berib.70 Zubayda ismli bir ko‘r qizni zo‘rlagan, oqibat qiz o‘zini o‘ldirgan. Eng mudhish jinoyati, o‘g‘il - padarkush. Yolg‘onchi dunyodagi mansab-martaba deb otasini o‘ldirgan, padarkush bo‘lgan, mustamlaka tuzumiga qul bo‘lgan o‘g‘il milliy ozodlik yo‘lida kurashga chiqqan otasini o‘ldiradi. “Biz faqat eski osoyishta hayotimizni qurolli kishilardan qurol bilan qaytarib olmoqchi edik. Bor gunohimiz shu edi, boshqa hech narsa!”, deydi ota. Bor -yo‘g‘i shu gunohi uchun qattol tuzum uni o‘z o‘g‘li qo‘li bilan o‘ldiradi. Tog‘da, odamlar ko‘zidan yiroqda, qaltis bir cho‘qqida otasi minib ketayotgan otga qamchi uradi. O‘z otasini oti bilan qo‘shib jarga qulatadi. Qilmishini boshqalardan yashirish uchun yig‘lab, egardan uchib chil-parchin bo‘lib ketgan ota jasadi ustiga ikki cho‘ponni boshlab keladi. Biroq el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. El uni 69 Oripov A. Saylanma. Toshkent: Sharq, 1996, 415-416-betlar. 70 Eshonqul N. Ajr //Yoshlik. 1989. № 9. 20-bet. baribir “Padarkush” deb ataydi. Faqat u tuzumning katta mavqedagi kishisi bo‘lgani uchun, yashirincha, orqavarotdan aytishadi. O‘g‘il butun umr o‘zini padarkush deganlarni ta’qib etadi. Qamatadi, o‘ldiradi. Ammo Xudoning muqarrar jazosidan qochib qutula olmaydi. N.Eshonqulning ushbu hikoyasi esa ijtimoiy tuzumning shaxs ma’naviyatiga salbiy ta’siri haqida. Tabiatan qo‘rqoq, joni ko‘ziga shirin ko‘rinuvchi o‘g‘il mustamlaka tuzumi davrida ko‘plab millatdoshlarining, hatto o‘z otasining ham boshiga yetadi. Millatga, Vatanga xiyonat qiladi. O‘z ishlaridan faqat oxirat dunyosiga kelibgina pushaymon bo‘ladi. Lekin endigi pushaymon befoyda edi. Yozuvchi ushbu asari bilan xoinlik, padarkushlik fojiasini ochib bergan. Bunday kishilar insoniyat qalbida qora bir dog‘ bo‘lishini, xoinlik millat tanlamasligini, umuman, har qanday kishining bu dunyoga sinov uchun kelishini badiiy bo‘yoqlarda chizib bergan. Padarkush, xoin o‘g‘il jazosini narigi dunyoga ko‘chirilishi har qanday odamni muqarrar jazodan ogoh etuvchi bong bo‘lib yangragan. Yozuvchining bunday syujet tanlashida diniy rivoyatlar, “Qur’on” va “Hadis” saboqlari tayanch manba vazifasini o‘tagan. “Ajr” hikoyasi ijtimoiy voqelikni diniy-falsafiy talqin etish zamonaviy badiiy tamoyilga aylanganini ko‘rsatadi. Mifologik, tarixiy voqealarni umumsharq falsafasidan kelib chiqib talqin etish; ijtimoiy muammolarning ildizida nafs, loqaydlik, moddiy ne’matlarga mukkasidan ketish kabi inson tabiatidagi salbiy xususiyatlarni ko‘rish; ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda insoniyat hayoti dialektikasini ifodalash kabi sifatlar adib ijodining muhim xususiyatlaridan biriga aylandi. O‘ylashimizcha, N.Eshonqulning zamonaviy g‘arb adabiyoti namunalaridan puxta xabardorligi, shu bilan birga, ko‘hna Sharq adabiyoti, mifologiyasi, xalq og‘zaki ijodini yaxshi bilishi va bu ikkisini o‘z ijodida ijodiy sintez qila olishi adib hikoyalarining badiiyatini ta’minlagan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling