Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
ORIYAT ODAMLARIFAXRIYOR, shoir O‘zbek dramaturgiyasidagi so‘nggi o‘n yilliklarda susayish bo‘lgani sababi teatrlar duch kelayotgan moddiy qiyinchiliklar bo‘lgani ham bor gap. Buning oqibatida “xontaxta” deb ataluvchi zo‘rakilik teatr sahnalariga ham o‘rmalab chiqib bordi. Tomoshabinni jalb etish, teatr kassalarini to‘ldirish uchun hatto milliy teatr sahnasida ham oldi-qochdi spektakllar qo‘yiladigan bo‘ldi. Susayishning yana bir sababi baquvvat dramalar yozilmayotgani edi. Shu paytda taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul mohir dramaturg sifatida “yarq” etib ko‘rindi hamda uning birin-ketin 2 tasi dramasi: “Jaloliddin Manguberdi” va “Urush odamlari” sahnalashtirildi. “Jaloliddin Manguberdi” dramasi premerasi 2020 yil 1 martida bo‘lib o‘tdi. U kolliziyalarga boyligi, aktyorlar ijrosidagi monologu dialoglarning ta’sirchanligi, voqealar dinamikasi bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Asarda Xorazmshohlar saroyidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari bosib kelishi arafasidagi intrigalar oqibatida valiahd qilib, Jaloliddin emas, qo‘rqoq shahzoda Uzloqshoh tayinlanishi, uning esa mo‘g‘ullar bilan bilan murosa qilishga moyilligi ochib beriladi. Ammo uning otasi, xorazmshoh Sulton Muhammad dushman eshikdan ham, teshikdan ham bostirib kelayotgan payt taxtdan voz kechib, Jaloliddinni sulton qilib tayinlashga farmon beradi: “Jaloliddin! Dinimiz uchun, vatanimiz uchun, hammamiz uchun o‘ch ol! Bu mening so‘nggi vasiyatim!” Aslida Jaloliddinning sulton bo‘lish niyati ham yo‘q edi, ammo vatan xavf ostida qolganda, bobosi El Arslonning qilichini yalang‘ochlab, jangga kiradi: “Men o‘z jonimni qutqarish uchun sulton bo‘lganim yo‘q. Sha’ni bulg‘angan ayollarning, tuyoqlar ostida yanchilgan bolalarning, shahid ketgan alplarning o‘chini olish, padari buzurkvorimning vasiyatini bajarish uchun sultonlikka rozi bo‘ldim”. Yurti ozodligi yo‘lida tinmay kurashadi, hatto shahzoda, o‘g‘li Qutbiddin sotqinlik sabab Chingizxonga asir tushib qolib, qatli muqarrar ekanida ham, o‘g‘il bilan vatandan birini tanlash kerak bo‘lganda, ming bir azob bilan bo‘lsa-da, vatanini tanlaydi: “O‘g‘lim, Qutbiddin, otangni kechir, bolam! Seni himoya qilolmadim. Shu yurt farzandiman! Burchim muqaddas, dushmanga bosh egishga izn bermaydi, bolam! Otalik burchim esa Chingizning talabiga rozilik ber deydi! Qismat ham shunchalik achchiq bo‘ladimi?!.. Senga ota bo‘lsam, yurtimga farzandman! Meni kechir!.. Yurtimning bir siqim xokiga aylanadigan farzandim! Sen eng aziz tuproqqa aylanasaan! Mardu maydonlar tavob qiladigan yerga aylanasan! Vatanga aylanasan!..” Qutbiddinning ruhi drama so‘nggida havoda uchadi: “Hammaga ayt. Sulton Jaloliddinning farzandlari ucha olarkan, ularni o‘ldirib ham, yengib ham bo‘lmaydi. Chunki ular vatan farzandlaridir de!” Shu o‘rinda dramaning yana bir yorqin va murakkab obrazi Turkon xotinni ham tilga olish joiz. U saroydagi juda ko‘p fitnalarning ortida turadi. Hatto o‘ziga Jaloliddinlan yaqinroq bo‘lgan Uzloqshohning valiahd bo‘lishiga erishadi, ammo vaziyat tang bo‘lib qolganda, baribir Jaloliddinni, uningjasurliginiyoqlaydi,dushmanqo‘ligatushgandahamo‘zini,g‘ururiniyo‘qotmaydi,asilzodaligini esidan chiqarmaydi, hech kimni sotmaydi: “Men malikaman, sotqin emasman”. Afsuski, adabiyotimizda milliy aristokratiya vakillari obrazlari juda kam. Bu uzoq yillar o‘tmishni mafkura tayog‘i ostida qoralashga majbur bo‘lganimiz, boylar timsolidagi asilzodalarga yomon ko‘z bilan qarashga o‘rgatilganimiz bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Hozirgi sharoitda bunday obrazlarni asarlarimizga jadal olib kirishimiz, ular obrazi orqali millatning xos va ulgi olsa arziydigan asl kishilari qanday bo‘lganini ko‘rsatib bersak, o‘zbek g‘oyasini – orini o‘sib kelayotgan ongiga singdirishimiz oson bo‘larmidi? Nazar Eshonqulning yana bir yorqin asari “Urush odamlari” qissasi asosida yozilgan shu nomli dramasi keyingi yillardagi milliy dramaturgiyamizning yutug‘i bo‘ldi, deb bemalol aytish mumkin. Asarda urush yillaridagi frontorti hayoti hikoya qilinadi. Undagi ramzlar yorqinligi qahramonlaridan kam emas va ular asar g‘oyasini ochib berish uchun xizmat qiladi. Boyxun boboning supasida ustun uning hassasi sifatida talqin qilinadi: “Ko‘rib turibsan, bu Boyxun boboning supasi. Ustunni ham! Aslida bu ustun emas. Bobokalonimiz Boyxunning hassasi bu! Uni bizni yolg‘ondan, xaromdan, qabohatdan himoya qilib turish uchun shu yerga tiqib ketgan.! Agar yolg‘on gapirsang, avvalbosh o‘zing, qolaversa bola-chaqang ham tavqi lan’atga qoladi...” Qo‘li kaltalik, qahatchilik sabab ikki farzandini ocharchilikdan saqlab qolishga majbur bo‘lgan Anzirat Mirzaqulning itligiga qarshi borolmay qolib, homilador bo‘lganda, aynan shu ustunga bog‘lanib, so‘roq qilinadi. Yana bir ramz – Boyxun qoyasi: “Boyxun qavmdoshlarini xaromdan olib qochib, shu yerlarga boshlab kelgan. O‘zi haromning yo‘lini to‘smoqchi bo‘lib, “Boyxun qoyasiga” aylangan”. Ular – oriyat, halollik timsoli, achchiq haqiqat ramzi. O‘sha timsollar qatorida Biydi momo obrazi ham turadi. U – hech qanday fojia buka olmaydigan metin irodali ayol. Ikkala o‘g‘liga qora xat kelganda ham birovning oldida ko‘zyoshini ko‘rsatgisi kelmaydi, kelinlaridan ham shuni talab qiladi. Faqat bir marta Normat xotini bilan Mirzaqulni otib tashlaganda, Boyxun boboning ustunini quchib yig‘laydi: “Ey yaratgan egam, biz gunohkor bandalaringni o‘zing kechir! O‘zing Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling