Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- “yolg‘izlik dashtini shudgorlar”, “xotirasiga isinib jon saqlardi”
- “bu qishloqda erkak yo‘q”, “xotiningning ishtonini kiyib yuribsanmi”, “buncha urg‘ochi baytalga o‘xshab qiyshanglaysan”, “bu qishloqning
Badiiy asar tili. Rus filolog olimi G. Vinokur oddiygina qilib “Badiiy til deganda
badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til tushuniladi”, - deb aytadi. Badiiy tilning eng muhim spesifik xususiyati obrazlilik va emosionallikdir. “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi badiiy til jihatdan birmuncha pishiq, ijodkorning o‘ziga xos uslubi borligini bildirib turadi. Unda adabiy va noadabiy qatlamga xos so‘zlar va jumlalar badiiyat qonuniyatlari asosida ifodalangan. Asardagi badiiy nutq epik jihatdan shakllangan bo‘lib, muallif va pesonajlar nutqiga ajraladi. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga, yani badiiy matnga birikadi. U grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqin turadi. Lekin bir xil andozada bo‘lmaydi va o‘rni bilan adabiy normadan chekinish holatlarini ko‘ramiz. Bu badiiy asar tabiatiga xos xususiyat hisoblanadi. Chunki badiiy asar sinkretik hodisa. Muallif tasvirni kuchaytirish, ta’sirchanlikni oshirish maqsadida xarakter va holatlar tasvirini bo‘rttirib ko‘rsatadi: “yuzdagi chipqondek qishloq”, “xotirasining siniq parchalariga tikilib”, “sovuq sukut”, “zulmatga cho‘kkan tuynuklar”, “yolg‘izlikning ko‘r musibati”, “yolg‘izlik dashtini shudgorlar”, “xotirasiga isinib jon saqlardi”, “nafrat to‘la changallar”, “o‘z nafratiga sodiq qoldi”, “miskin bir anduh”, “itday o‘lim topgandi”, “yillar g‘ijimlab tashlagan yuzida” va boshqalar. Personajlarnutqiasarqahramonlariningnutqibo‘lib,ularningxarakterxususiyatlariga, dunyoqarashi, muhiti, ma’naviy qiyofasiga muvofiq bo‘ladi. Personajlar nutqida imkoniyat keng bo‘ladi, ya’ni unda tilning barcha vositalaridan erkin foydalanish mumkin. Lekin buning ham o‘z me’yori va mezoniga amal qilish kerak. Jumladan, Bayna momoning nutqidagi so‘z va iboralarga nazar solaylik: “bu qishloqda erkak yo‘q”, “xotiningning ishtonini kiyib yuribsanmi”, “buncha urg‘ochi baytalga o‘xshab qiyshanglaysan”, “bu qishloqning ayollari endi faqat xezalak tug‘adi”, “boringlar, o‘liklaringga yig‘langlar”. Hikoyada qahramonlarning bor-yo‘g‘i sakkizta gapdan iborat nutqi berilgan. Hikoyada syujet bilan kompozisiya vaqti farqlanadi. Bayna momning vafot etishi va uyining buzilishi jarayonidagi vaqt – syujet vaqti bo‘lsa, qolgan voqealar tafsilotiga ajaratilgan salkam bir asrga yaqin vaqt – kompozisiya vaqti desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki hikoyada “bir asr, oltmish yetti yil, ellik yil, yigirma besh yil, yigirma uch yil, o‘n besh yil” kabi yillar va ular bilan bog‘liq voqealar berilgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi mustaqillik yillarida yaratilgan eng yaxshi asarlardan biri sifatida milliy o‘zlikni anglash, tarixdan saboq olish, insonning erki, or-nomusi, yurt ozodligi, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat masalalarini yorqin ranglarda ta’sirchan yo‘sinda ifodalaganligi bilan ajralib turadi. Hikoyaning polifonik xarakterga egaligi, uslubining o‘ziga xosligi, tilining boyligi va serqatlamliligi ijodkorning mahoratini ko‘rsatadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling