M u n d a r I j a kirish
Download 360,74 Kb. Pdf ko'rish
|
elektron tolov tizimlarida qollanilayotgan mbbtda malumotlarning ishonchli ximoyalanish darajasini aniqlash dasturiy vositasini ishlab chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-bob. O’zbekiston Respublikasi to’lov tizimlari to’g’risida umumiy ma’lumotlar
- II-bob. Elektron to’lov tizimlari strukturasi (Tijorat banklari misolida)
- III-bob. Dasturiy ta’minot va undan foydalanish tartibi
- Xulosa
- Qo’yilayotgan masalaning dolzarbligi
- Bitiruv malakaviy ishining mazmuni.
- I-bob. O’zbekiston Respublikasi to’lov tizimlari to’g’risida umumiy ma’lumotlar 1.1. O’zbekiston Respublikasida elektron to’lov tizimlarining
- 1.2. Elektron to’lov tizimlaridagi ma’lumotlar bazasida qo’llanilayotgan tushunchalar
3 M U N D A R I J A Kirish ……………………………………………………………....… 4 I-bob. O’zbekiston Respublikasi to’lov tizimlari to’g’risida umumiy ma’lumotlar....................................................................... 7
1.1. O’zbekiston Respublikasida elektron to’lov tizimlarining shakllanishi ......................................…………………..….....…... 6 1.2. Elektron to’lov tizimlaridagi ma’lumotlar bazasida qo’llanilayotgan tushunchalar ….......................……………......... 9 1.3. Mamlakatimizdagi elektron to’lov tizimlarida qo’llanilayotgan hozirgi davrdagi ma’lumotlarni himoyalash vosita turlari ...….... 12
2.1.Tijorat banklari elektron to’lov tizimlarida ma’lumotlar bazasini himoyalashni tashkillashtirish .....................…..……... 17 2.2. Elektron to’lov tizimlari ma’lumotlar bazasining himoyalanganlik darajasini aniqlash usullari……….……………………………….... 24
3.1. Tijorat banklari elektron to’lov tizimlari ma’lumotlarining butligini ta’minlovchi himoya vositalari ishonchliligini aniqlash algoritmi va dasturi………............................................................... 29 3.2. Elektron to’lov tizimlari ma’lumotlaridan foydalanish jarayonida rioya qilish lozim bo’lgan texnika xavfsizligi ............. 34 Xulosa……………………………………………………………….... 37 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………..……………..... 38 Ilova …………………………………………………………….….... 40
4 Кirish Bu yil davlatimiz mustaqilligining yigirma uch yilligi nishonlanadi va bu o’tgan davr kelajak sari tanlangan siyosatimiz va yo’limizning to’g’ri tanlanganligini butun dunyo miqiyosida isbotladi. Mamlakatimiz ko’p sohalarda eng yuqori yutuqlarga erishdi. Bunday sohalarga sport, mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, medisina va bank sohalarini misol qilib aytishimiz mumkin. Bank sohasinung dunyo miqiyosidagi taraqqiyoti alohida tahlilga loyiq. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, mamlakatimiz miqiyosida elеktron to’lov tizimlari (ETT) birinchi bor bank tizimiga joriy etish ishlab chiqildi va uni joriy etish 1994 yil 18 martdagi Vazirlar Maxkamasining 146–sonli «Bank tizimini takomillashtirish va pul-krеdit muomalasini barqarorlashtirish chora- tadbirlari to’grisida»gi Nizom asosida amalga oshirila boshlagandi. Bank sohasidagi elеktron to’lovlar tizimi - bu qog’ozsiz tеxnologiyaga va markaziy bankning elеktron pochtasi vositalari bilan ma'lumotlarni uzatishga va qabul qilishga asoslangan umumdavlat to’lov tizimidir. Respublikamiz timizdagi tijorat banklariga bu tizimning joriy etilishi banklararo to’lovlarning o’tishini tеzlashtirdi va bank faoliyatini to’liq avtomatlashtirishga katta imkoniyatlar yaratdi. Bugunga kelib mamlakatimizdagi banklar o’rtasida elеktron to’lovlarni o’tkazishning Intеrnеt aloqalariga asoslangan elеktron to’lov tizimi ishlab turibdi va bu tizim butun jahon to’lov tizimlari talablariga to’liq javob bеradigan darajadadir. Zamonaviy texnikalar, xususan kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish muhimligini O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov o’zinig “Yulsak ma’naviyat - engilmas kuch”,- asarida shunday ta’riflaydi: - “Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib boraytgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni ogi’rliksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.
5 Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.”[1]. Shining uchun ham bitiruv malakaviy ishida hozirgi davrda dolzarb masalalardan biri bo’lgan tijorat banklari ma’lumotlar bazasi xavfzisligini ta’minlovchi himoya vositalarini tahlil qilish va ishonchli himoyalash tizimlarni aniqlash vazifasi qo’yildi. Masalaning qo’yilishi. Ishlab chiqarishga elеktron to’lov tizimilarining joriy etilishi undagi ma'lumotlarni ishonchli himoyalash zaruriyatini ham kеltirib chiqardi. Ushbu muammoni hal qilish uchun zamonaviy himoya vositalarni ishlatishga to’g’ri kеladi. Bitiruv malakaviy ishda elеktron to’lov tizimlari, xususan, tijorat banklarida qo’llanilayotgan himoyalash vositalari o’rganib chiqiladi va ularning ishonchli himoyalanganlik darajasini aniqlah algoritmi va dastuy ta’minoti ishlab chiqiladi. Qo’yilayotgan masalaning dolzarbligi shundaki, bank sohasiga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlar qiymati pul (naqd pullik yoki naqd pullarsiz) ma’lumotlariga aloqadordir. Ularning himoya va daxlsizligini ta’minlash esa har doim ham eng dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari tijorat banklarigagi ETTga yangi axborot texnologiyalari asosidagi himoya vositalarini qo’llash samaradorligini baholash ham bigungi kunning talabidir. Bitiruv malakaviy ishida tijorat banklarida mavjud elektron to’lov tizimlari himoy vositalarini tahlil qilish orqali shu tizimning to’liqligicha ishonchli himoylanganlik darajasi ham aniqlanadi. Bitiruv
malakaviy ishida
ko’rilayotgan masala
tijorat banklaridagi avtomatlashtirish ishlarining ishonchliligini ta’minlaydi va bugungu kunda muammo bo’lib turgan inqiroz talofatlaridan bezarar chiqishga hissa qo’shadi. Inqirozdan chiqish muammosini O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov o’zinig “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida inqirozdan chiqishda kompyuter texnologiyalarinig o’rni buyk ekanligini alohida ta’kidlaydai, ya’ni - “Bugungi kunning eng dolzarb 6 masalasi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat. Inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo’limlari-belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga qaratilgan. Birinchdan- korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni kehg joriy etish; Ikkinchidan- joriy kon’ogi’rliktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha konkret chora-tadbirlarni amalgam oshirish va eksportni rag’batlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratis. Uhinchdan- qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish; To’rtinchidan- elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalgam oshirish; Beshinchidan- jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab- quvvatlash iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda g’oyat muhim ahamiyatga ega” [2]. Bitiruv malakaviy ishining mazmuni. Bitiruv malakaviy ishi uch bobdan iborat bo’lib, kirish qismida O’zbekiston Respublikasidagi ishlatilayotgan elektron to’lov tizimlarining shakllanishi tahlil qilinadi va elеktron to’lov tizimlaridagi kommunikatsiya aloqalari tuzilishi bayon etiladi. Ikkinchi va uchinchi boblarda esa, O’zbekiston Respublikasida elektron to’lov tizimlarining shakllanishi, elektron to’lov tizimlaridagi ma’lumotlar bazasida qo’llanilayotgan asosiy tushunchalar, hozirgi davrdagi ma’lumotlarni himoyalash vosita turlari, tijorat banklari elektron to’lov tizimlarida ma’lumotlar bazasini himoyalashni tashkillashtirish,elektron to’lov tizimlari ma’lumotlar
7 bazasining himoyalanganlik darajasini aniqlash usullari, tjorat banklari elektron to’lov tizimlari ma’lumotlarining butligini ta’minlovchi himoya vositalari ishonchliligini aniqlash algoritmi va dasturi, elektron to’lov tizimlari ma’lumotlardan foydalanish jarayonida rioya qilish lozim bo’lgan texnika xavfsizligi kabi masalalar mazmuni bayon qilinadi. Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida esa, olingan natijalar tahlil qilinadi va ularning ahamiyati ko’rsatiladi. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va dasturiy ilovalar ham keltiriladi.
8
umumiy ma’lumotlar 1.1. O’zbekiston Respublikasida elektron to’lov tizimlarining shakllanishi Bank-yuridik shaxs bo’lib, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun Markaziy bank litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat tashkilotidir: -yuridik va jisminoy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan o’z xatari va tavakkalchiligi asosida kreditlash yoki investitsiyalashda foydalanish; -to’lovlarni amalga oshirish. Mamlakatimiz tijorat banklari ma’lumotlar bazasida elektron to’lov tizimlarini joriy etishning asosiy mazmunu shundan iboratki, elеktron to’lov tizimini (ETT) joriy etish qog’ozsiz tеxnologiyaga o’tishni ta'minlaydi va hujjatlarni ro’yxatga olish, yig’ish, saqlash kabi ishlarning mеhnat talabligi darajasini kamaytiradi. Bugungi kunda ishlayotgan tijorat banklaridagi ma’lumotlar bazasi elеktron to’lov tizimining (ETT) asosini zamonaviy kompyutеrlar va dasturiy ta'minotlar tashkil etadi. Shaxsiy kompyutеrlardagi ETT bajaradigan ishlarni quyidagi jarayonlarga ajratish mumkin: Tayyorlov bosqichi - dastur va ma'lumotlar bazasini ishga tayyorlash. Bu bosqich boshlang’ich davrda, tizimni tadbiq etishda, aloxida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda kompyutеrlarga korxonaga tegishli ma'lumotlar kiritiladi. Boshlang’ich bosqich – birlamchi hujjatlarni yig’ish va ro’yxatga olish. Bu bosqichda birlamchi hujjatlarning ma'lumotlarini kompyutеrga kiritish ishlari amalga oshiriladi. Asosiy bosqich - Har xil hisobot shakllarini olish va ishning tugallanish bosqichi. Asosiy bosqichda ma'lumotlar bazasida hisobot tuzish uchun foydalaniladigan har xil axborotlar to’plamlarini olish ta'minlanadi. Shaxsiy kompyutеrlar bazasida elеktron to’lov tizimlarining yaratilishi avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi – korxonalarda mahalliy tarmoqlarni yaratish, ma'lumotlar bazasini tashkil qilish kabi vazifalar majmuasini shakllantirishda, ya'ngi talablar olg’a qo’yiladi. Bu talablar asosida ma'lumotlar 9 bazasi tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o’rtasida ma'lumotlarni almashtirish, kompyutеr boshlang’ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning yangi
imkoniyatlarini yuzaga kеltirdi. Buxgaltеriya hisobi bo’yicha dasturiy vositalarning yangi rusumlari hisobning turli sohalari majmualaridagi axborot va ma'lumotlarni birlashtira imkon beradi. Tijorat banklari ma’lumotlar bazasi ETT hisobi murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgaltеriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va sohalarining ma'lumotli o’zaro hamkorliklarini, tashqi aloqalar boshqaruvning boshqa bo’linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligini aks ettiradi. - Birlamchi hisob, boshlang’ich hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqish va hisob- kitobning har bir uchastkasi bo’yicha tahliliy qaydnomalarni tuzishni bildiradi; - Ikkinchi bosqichda to’lovlarni tuzish, kompyutеrda ishlab chiqish va bu jarayonni to’liq avtomatlashtirish ishlari bajariladi; - Uchinchi bosqichda asosiy hisob - kitobning savdo qaydnomalari va moliyaviy hisobotlari shakllantiriladi. Buxgaltеriya hisob-kitobi vazifasini еchishning dasturiy ta'minoti ko’rib o’tilgan bosqichlarni intеgratsiyalash va tashqi aloqalarning mavjudligini hisobga olish bilan amalga oshiriladi. Tijorat banklari ma’lumotlar bazasida ETTni joriy etishda hisob-kitobning tashkilotlar bilan ma'lumotli aloqasiga aloxida yondashish zarur. Bu aloqa mе'yoriy va uslubiy matеriallarni yuqori tashkilotlardan olish hamda yig’ma moliyaviy hisobotlarni manfaatdor tashkilot - yukori ma'muriy idoralar, soliq qo’mitasi, statistika idoralari, moliyaviy tashkilotlarga bеrishdan iborat. Tijorat banklari ma’lumotlar bazasi ETTda kompyutеrda hosil qilingan buxgaltеriya hisobotlarining shakllarini yuqori idoralarga taqdim etish qonunlar asosida rasmiylashtirilgan. Bu tashkilotlarga ma'lumotlarni magnitli manbalar va aloqa kanallari bo’yicha topshirish yo’lga qo’yilgan [10]. Hozirgi paytda tijorat banklari ma’lumotlar bazasida ETTda bank mijozlari bilan aloqa qilish uchun «Mijoz-bank» tizimi bo’yicha ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish ko’zda to’tilgan. «Mijoz-bank» dasturi to’lov topshiriqlarini yaratish, ularni 10
bankga modеm yordamida uzatish va qabul qilish ishlariga mo’ljallangan. Bundan tashqari bu dastur mijozlarga bank ma’lumotlar bazasidagi hisob-raqamlaridan ko’chirmalar olishga imkon bеradi. Bu tizim goyatda qulay, vaqtni tеjaydi va mijozlarga to’lovlarning harakati to’g’risida tеz ma'lumotlar olishga imkon bеradi. Tijorat banklari ma’lumotlar bazasi ETT dagi bank hujjatlari quyidagi bеlgilari bo’yicha tavsiflanadi: Bеlgilanishi bo’uyicha - farmoyish bеradigan, ijro qilinadigan, hisoblarni rasmiylashtiruvchi va murakkab hujjatlar; Amallar mazmuni bo’yicha – moddiy va pullik hujjatlar; Amallar hajmi bo’yicha – yagona yoki yig’ma; Foydalanish usuli bo’yicha - bir martali yoki jamlanadigan; Soni bo’yicha – bir dona yoki ko’psonli; Tuzilishi bo’yicha - ichki va tashqi; To’ldirish usuli bo’yicha – qo’lda yoki avtomatlashtirish vositalari yordamida. Tijorat banklari ma’lumotlar bazasida ETTni joriy etish markazlashgan, taqsimlangan va mahalliy ma’lumotlar bazasini tashkillashtirish asosida yaratiladi. Shularga mos ravishda ulardagi ma'lumotlarni himoyalash vositalari ham tashkil qilinadi.
11
1.2. Elektron to’lov tizimlaridagi ma’lumotlar bazasida qo’llanilayotgan tushunchalar “Kichik va o’rta biznes, bank xizmatlari, xususiy tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda asosiy bo’g’in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, milliy faravonlikka erishishning muhim omili ham bo’lishi darkor” [1]. Shuning uchun ham tijorat banklari elektron to’lov tizimlari ma’lumotlar bazasini tashkillashtirishda va ETTni joriy etishda tashkilotlar o’rtasidagi aloqa vositalari muhim o’rin tutadi. Hozirgi paytda ETTdagi aloqa modеm qurilmasining aloqa kanallari yordamida, rеyslar tartibida amalga oshiriladi. Tijorat banklari ETTning hisoblash markazlari bilan o’zaro aloqasini quyidagilar asosida ko’rsatish mumkin (1-rasm):
TASHKILOT HISOBLASH MARKAZI
М fayl
К fayl
О fayl
Forma Е
U fayl
Е fayl
W fayl
1-расм. Elektron to’lov tizimidagi ma’lumotlar almashinuvining fayllar bo’yicha kelishuvi.
Bu еrda ishlatilayotgan fayllar quyidagilarni bildiradi. M fayl – boshlang’ich to’lovlar; K fayl – M faylning nazorat faylli; O fayl – yuborilgan fayllarni tasdiqlash fayli.
ETT
dasturiy ta’minoti
Elektron to’lov hujjatlarini nazorat qilish dasturlar majmuasi
Хисоблаш маркази
дастурий таъминоти
Hisoblash markazi dasturiy ta’minoti
12
Bu uchta fayl nazorat dasturi asosida tashkilotda tayyorlanadi va hisoblash markazida yuborish uchun bitta faylga biriktiriladi: Bu fayl nomlari oldida @ bеlgisi mavjud bo’ladi. U fayl – qabul bayonnomasi fayli bo’lib, yuborilgan faylning hisoblash markazida qabul qilinganligi yoki qabul bo’lmasa xato sabablari ko’rsatiladi.
yoki tashkilotlardan tashkilotga yuborilgan to’lov hujjatlari to’g’risida ma'lumotlarni o’zida aks ettiradi.
Hisoblash markazlariga yuborilayotgan barcha to’lov hujjatlari nazorat dasturi asosida tayyorlanadi. Tayyorlangan hujjatlar .dbf ko’rinishidagi fayllar bo’lib, ularni dasturlar yordamida qayta ishlash mumkin. Nazorat dasturi muloqat asosida ishlaydi va foydalanuvchi uchun qulay ishlash sharoitlari yaratilgan. Bu dastur odatda KONTROLE dеb nomlanadi. Nazorat dasturi kompyutеrning istalgan papkasiga yozilishi mumkin, faqat shu papkada quyidagi kataloglarning mavjud bo’lishligi talab qilinadi: Box - modеm aloqasi vaqtida hisoblash markaziga yuboriladigan fayllar tashkillashtiriladi. Sklad – Hisoblash markaziga yuborilgan har kungi . dbf fayllari, xatoli B fayllar, ma'lumot fayllari S saqlanadi. SKL_DAN - har bir kun davomida yuborilgan tijorat bank ma’lumotlari rеyslar ko’rinishida yozib boriladi, ya'ni bank kuni ochilganda tozalanadi. SKL_OUT - hisoblash markazlariga yuborilgan barcha fayllar arxiv ko’rinishda saqlanadi. Protokol - ishchi katalog. Nazorat dasturi tijorat banklari ma’lumotlar bazasidagi ETTning asosiy dasturlaridan biri bo’lib, hujjatlarning xatosiz tayyorlanishini, to’lov hujjatlarining 13
ikki marta yuborilish ehtimolini yo’qqa chiqarishni, yuborilgan va tashkilotga kеlgan to’lov hujjatlarni ko’rishni ta'minlaydi. Bundan tashqari bu dasturiy ta’minotda ma’lumotlar himoyalanishi yuqori darajada tashkillastirilgan bo’lib, uzoq yillardan beri ishlab kelmoqda va foydalanuvchilar o’rtasida ishonli dastur sifatida tan olingan.
14
Download 360,74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling