Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.93 Mb.
bet55/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. N.Eshonqul. Maymun yetaklagan odam. –T., “Yangi asr avlodi”, 2004.

  2. U.Normatov. Ijodkorning haroratli so‘zi. – T., “Turon zamin ziyo”, 2015.

  3. A.Rasulov. Badiiylik – bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007.

  4. Sharq mumtoz poetikasi. Hamidulla Boltayev talqinida. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.

  5. D.Quronov, Z. Mamajonov, M.Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent, “Akademnashr”, 2010.

  6. A.Rasulov. Adabiy tanqidning tahlil yo‘llari. Filolog-bakalaviriatlar uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2003.

FRANS KAFKA IJODI NAZAR ESHONQUL NIGOHIDA




Shahnoza KUVANOVA, QarDU nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchi, mustaqil tadqiqotchi.


Annotasiya: Maqolada Nazar Eshonqul ijodiga jahon modern adabiyotining asoschilaridan Frans Kafka asarlarining adabiy ta’siri masalalari tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar: Modernizm, realizm, aqida, makon, zamon, badiiy talqin, strukturalizm, ekzistensializm, usul va uslub.

O‘tgan asr jahon adabiyoti va san’atida yetakchi oqimlardan sanalgan modernizm tanqidiy realizm, xususan, sosialistik realizm aqidalariga qarama-qarshi pozisiyada turgan adabiy oqim bo‘lib qoldi. Jahon adabiyotining eng mashhur adibi Frans Kafka asarlarida makon va zamon, inson va jamiyatning timsollardagi badiiy talqini tadqiqi Milliy istiqlol davrida o‘zbek adabiyoti (nasr, she’riyat, adabiyot tarixi va nazariyasi) yangi davrga qadam qo‘ygani va u jahon adabiyotidagi modernizm, strukturalizm, ekzistensializmning vakili faqat nomi bilan emas, balki bu adabiyot mazmun mohiyati, badiiy, uslubiy, g‘oyaviy, falsafiy izlanishlari bilan mumtoz realistik adabiyotdan keskin farqlanganligini, modernchi adib ijodining o‘ziga xos tomonlarini, uning ijodi haqida o‘zi va boshqalar aytgan fikrlarni umumjahon adabiyotshunosligi ko‘lamida talqin va tadqiq etildi. Avstriya yozuvchisi Frans Kafka romanlari o‘quvchida vahima, tahlika va qo‘rquv tug‘ularini uyg‘otadi, biroq buning asosida esa, tadqiqotchi V. Dneprov145 aytganiday, reallizmning nafasi sezilib turadi. Biz go‘yoki beixtiyor g‘ayritabiiy olamga tushib qolamiz, shubhasizki, unda kundalik hayot tafsilotlari va real hayotning ohangi bilan birga sarobu dahshatlarning ovozlari ham yaqqol seziladi.


Shu nuqtai nazardan, Kafka badiiy uslubining o‘ziga xos xususiyatlari tushunish uchun ushbu maqolaning asosi va mexanizmlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, yozuvchining uslubini o‘rganishda makonu zamon va insonu jamiyatga tegishli Kafkacha badiiy tasvirlarni tahlil qilish masalasi ham katta ahamiyatga ega.
Umumiy ma’noda “makon” va “zamon”, “inson” va “jamiyat” tushunchalari yordamida aslida hayot va hodisalarning mavjud shakllari belgilanadi, bir tomondan, ularning birgalikda qo‘llanilishi, borliqda bir-birini to‘ldirishi va uzviyligini aks ettiradi. Ikkinchi tomondan, ularni bir-biri bilan o‘rin almashish jarayonlari, zamonu makon ichra insonu jamiyatning bir-biriga aloqadorligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir.
Adabiyotda zamonu makon va insonu jamiyat obrazlari real voqelikning mavjud shakllari sanaladi va adabiyotshunoslik falsafadan bir qadar farq qiladi.
Adabiyotda uzluksizlik zamonning eng muhim xususiyatlaridan biri sanaladi. Rassom odatda ma’lum bir zamonni aks ettirmaydi, balki uni tasvirlash uchun diqqatini alohida, eng muhim lahzalariga e’tibor qaratadi. Biroq uzviylik matnga dinamizm va psixologizmni tuhfa qiladi. Bundan tashqari, zamon obrazi uzviylik namoyon etilsa; makon tasvirlari esa tafsilotlar orqali bayon qilinadi.
Kafkaning ijodiga qiziqish yozuvchining o‘limidan so‘ng boshlandi va bu qiziqish bir qancha dunyo olimlarini o‘z atrofiga birlashtirdi. O‘zbekistonda Frans Kafka ijodini tahlil qilish o‘tgan asrning so‘nggi yillarida boshlandi, bu yo‘nalishni xususan Nazar Eshonqul o‘z ilmiy maqolalarini jamoatchilikka taqdim etib boshlab berdi. Alal-oqibat adib merosini va yozish uslubini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotganlar ikkiga ajraldilar, bir tomon Frans Kafka inson qarshisida turgan yovuzlikni yengib o‘tishiga ishonmaydi va o‘quvchini

145 V.Dneprov “Vaqt g‘oyasi va vaqt shakli”. L.: Sovet yozuvchisi 1980. 433 bet.
ham bunga undamaydi, ya’ni yashashdan yorug‘lik ko‘rmagan, o‘z olamiday Hayotni ham Xaos sanaganu; undan bizga mavhum adabiyot qoldi, deya ta’kidlaydilar146. Ularning fikricha, Kafkada Shaxs sifatida unda bunday xislat bo‘lmagan. U bor-yo‘g‘i dahshatli tushni ta’birlovchi, yo‘l ko‘rsatuvchi emas, degan fikrlar ham yangradi.
Biroq ikkinchi tomon u hayotning boshqalar ko‘rolmayotgan, ko‘rishga idroki va salohiyati yetmayotgan qirralarini, tomonlarini ko‘ra oldi va tasvirlab, chizib berdi, insonni tahlikaga solayotgan hikmat-majozlarni yaratdi. Yozuvchi ana shu manzara-majoz orqali insonni o‘ziga, atrofga idrok va uyg‘oq ko‘z bilan qarashga, hushyor bo‘lishga undadi, degan g‘oyani ilgari surishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, makonu zamon va insonu jamiyat obrazlarining tasviri Kafka uslubining mohiyatini tashkil etadi; bu deyarli barcha tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlangan va shuni ta’kidlash joizki, yuqorida tilga olingan tushunchalarning tizimi Kafka olamida dunyo qiyofasini aks ettiradi va ushbu masalalarning markazida yagona reallik majudligini ko‘rsatadi — bu Inson fenomeni sanaladi. Bugungi kunda kishilik jamiyatida u atrofida sodir bo‘layotgan barchasini anglash va tahlil qilishga qodir yagona individuum, shaxs ekanligi ta’kidlanadi. O‘ziga xos yozish uslubi va noodatiy qarashlari bilan adabiyotda burilish yasagan yozuvchilar qatorida tilga olinadigan va XX asrda juda ko‘p shov-shuvlarga sababchi bo‘lgan Frans Kafka Insonni ichki ruhiy isyonlari silsilasida u yaratgan obrazlar o‘ziga chigalu mavhum ko‘rinishda yozuvchining dunyo kartinasida namoyon bo‘ladi. Voqelik esa zamon oqimiga qarab makonda o‘zgarib boraveradi, shu tariqa unsurlarning tinimsiz almashinuvi sodir bo‘ladi va bu izlanuvchilarning qarashlari orasida go‘yo adib va qahramonlarining hayotida yuz bergan to‘xtovsiz ziddiyatlaru nomutanosibliklarni yuzaga keltirdi. Kafkaning romanlari borasida gap ketar ekan, aytish joizki, Kafka so‘zlardan majoz qurilmasini yaratish uchun xuddi quruvchi g‘isht terganday foydalanadi. Boshqacha aytganda, yozuvchi uchun asar bu – konstruksiya, imorat.
U so‘zni shu konstruksiyani yaratish uchungina ishlatadi. Konstruksiya esa Kafkani qo‘rquvga
solgan hayotning, turmushning timsoli, badiiy qurilmasi, moddiylashgan namunasidir...
Frans Kafka adabiy faoliyatini soddagina qilib: «Baxtimga, menda adabiyotda foydali nimadir qila olish salohiyati bor… ana shu nimadir qila olish ilinji menga kuch beradi… Bunday lahzalarda men g‘alati, xuddi tushni ta’birlayotganday holatni boshdan kechiraman», – deya ta’riflagandi. Bu ta’rifga hech qanday qo‘shimcha qilishning hojati yo‘q. Uning romanlari
– adibning ta’birlari. Xunrezlikka g‘arq bo‘lgan, insonni xo‘rlash va tubanlashtirishning eng jirkanch usullarini joriy qilgan, yovuzlikni san’at darajasida alqagan XX asr hayotining, inson botinining ta’birlari. U maxluq, qo‘rg‘on, jarayon, xatar, qo‘rquv, tahlika, xavotir qiyofasidagi bu dahshatli tushni o‘zidan kelib chiqib, o‘z qarichi va o‘z taxayyuli, o‘z tushunchalari bilan kichkinagina jussasida og‘riq hamda azobni his etib ta’bir qildi. Bu ta’birnomalar dastlab kichik novellalar, keyinchalik uchta katta roman shaklida insoniyatga meros bo‘lib qoldi. Insoniyat hali ham Kafka qilgan ta’birlar bilan yashashda davom etyapti, chunki o‘sha tushlarning o‘zi ham davom etmoqda.147 Nazar Eshonqul Fans Kafka asarlarida tush motividan foydalanganini yorqin isbotlab bergan O‘zbekistondagi ilk yozuvchidir.

Ma’naviy-madaniy merosni tahlil va tadqiq etish, hozirgi adabiy jarayon hodisalarini tanqidiy o‘rganish, o‘zlashtirish, estetik baholash adabiyot ilmining asosini tashkil qiladi. Jahon adabiyotshunosligida timsollar, belgi va ishoralarga tayanib, voqelikni ochib berish uslubi, asosan, adabiyotda modernizm davrida keng rivojlandi. Insonning qalbi, botini, ruhiyatida bo‘layotgan evrilishlar yoritilgan asarlar vijudga kela boshladi. Adabiyotda makon va zamon, inson va jamiyat tushunchalari asosiy o‘rin egallaydi va ularni hech qachon bir- biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson hayoti, kechinmalari, o‘y-xayoli, ruhiyati, qo‘yingki, zohiri-yu botini adabiyotning o‘zagi sanaladi. Vaqt silsilasi inson tafakkuriga ta’sir
146 Imre Kertes “Stokgolm ma’ruzasi” Jahon adabiyoti jurnali 2015/8-son.
147 Nazar Eshonqul “Frans Kafka” https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/adabiyot/frants-kafka/.
qilganidek, uning mahsuli bo‘lmish adabiyotda ham ulkan evrilishlar sodir bo‘ladi. Sho‘ro davrida insonning tashqi olami, “go‘zal turmush”i, qiziqarli damlarini hikoyalarda yoritish kuchli bo‘lgan bo‘lsa, shu davrning 80-yillaridan so‘ng adabiyotga o‘zgacha nazar bilan qarash, insonning ruhiyatiga kirib borish, tafakkurida bo‘layotgan evrilishlarni yoritish an’anaga aylana bordi. Tasvir ob’yekti, ifoda usullarida jiddiy yangilanishlar ham paydo bo‘ldi. Bu davr nasriy asarlar, jumladan, hikoyalarda, asosan, inson ruhiyatidagi evrilishlar badiiy ifodasini ko‘rsatishga intilish kuchaydi. Badiiy tafakkurning mana shu an’analarini tahlil qilish va uning o‘ziga xos qonuniyatlarini belgilash bugungi adabiyotshunoslikda o‘z yechimini kutayotgan masalalar sirasiga kiradi. Arastu davridan boshlab (timsollaru belgilar, makon va zamon, inson va jamiyat tushunchalarining psixolingvistik tabiati, inson his-tuyg‘ularining belgilarga aylanishini sof fiziologik omillar bilan asoslash)dan boshlab tadqiq qilingan, bugungi kunda zamonaviy olimlardan V.Dneprov, M. Brod, I Ayxinger, E. Kanetti, M. Gruber, D.V. Zatonskiy D. V. (XX asrda Avstriya adabiyeti)148, Xorxe Luis Borxes, Teodor Adorno, Garald Salfellner, Valeriy Belonojko, Valter Benyamin, Moris Blansho, Keti Diamant, Alber Kamyu, Vladimir Nabokov, Natali Sarrot, Jaklin Raul-Dyuval, Anatoliy Ryasov, Eduard Goldshtyuker149 kabi jahon olimlari bilan bir qatorda, Muhammadjon Xolbekov, Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad singari o‘zbek adabiyotshunoslari tomonidan xarxil aspektda o‘rganilmoqda.
Bugungi kunda o‘zbek adabiyotining yangi bosqichida mazkur tushunchalarning oid bir qator ilmiy tadqiqotlar yuzaga keldi. Jumladan, Abdulla Ulug‘ov150, Nazar Eshonqul,151 kabi adabiyotshunoslarning ilmiy kuzatishlari va shu asosda olingan ilmiy xulosalari ham zamonaviy adabiyotshunoslik asosida o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Biroq mavjud ilmiy ishlarda Kafka ijodida makon va zamon, inson va jamiyat tushunchalarining badiiy tasvirlari timsoliy, lisoniy, kognitiv va lingvomadaniy aspekti yetarli darajada o‘rganilmagan.
Nazar Eshonqul Frans Kafka ijodini o‘rganish jarayonida jahon adabiyotida yozuvchiga xos badiiy tafakkurning kuchi va uning jamiyatu inson ruhiyatiga ta’sirini tahlil etish bilan bir qatorda, adabiyotda timsollarning nazariy tamoyillari va tasvir yo‘sini, taraqqiyot bosqichlarini aniqlashga, hamda Kafka asarlaridagi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodasi tadrijiga oid yangiliklarni kuzatish va tahlil qilish zarurligini takidlagan.
Nazar Eshonqul modernizm adabiyoti tatqiqi doirasidagi ishlarida Kafka ijodi o‘ziga xosligini aniqlashda uning romanlari va hikoyalarini adabiyotda burilish yasagan yozuvchi sifatida bir qator adabiyotshunoslar fikrlari bilan qiyoslab o‘rganishni tavsiya etadi. Ammo Nazar Eshonqul va boshqa olimlar tatqiqiga ko‘ra Kafka ijodidagi makon va zamon, inson va jamiyat timsollarining kognitiv mexanizmi hali ochilmagan va adabiyotda timsollar, belgi va ishoralarning lingvomadaniy jihatini tavsiflash hamon tadqiq etilmagan.

148 Resepsiya tvorchestva Fransa Kafki v poslevoyennoy nemeskoyazыchnoy literature: I. Ayxinger, E. Kanetti, M. Gruber, V.Dne- prov “Vaqt g‘oyasi va vaqt shakli”. L.: Sovet yozuvchisi 1980. 433,
149 Xorxe Luis Borxes. “Kafka va zamondoshlari”, Teodor Adorno. “Kafke haqida qaydlar”, Jorj Batay. Kafka, Valeriy Be- lonojko. 1. «Jarayon» romani borasidagi qayg‘uli qaydlar”, 2. “Adog‘iga yetmagan uch roman”, Valter Benyamin. Frans Kafka, Moris Blansho. “Kafkadan Kafkaga”, Maks Brod. Frans Kafka. Biografiya, Maks Brod. Kafka shaxsiyati, Keti Diamant. Kafka- nining so‘nggi muhabbati: Dora Diamant siri/ Per. s angl. L. Volodarskoy, K. Lukьyanenko. — M. Tekst, 2008. — 576 s. ISBN 978-5-7516-0763-0, Alber Kamyu. Frans Kafka ijodida absurd va umid”, Vladimir Nabokov. «Frans Kafkaning Evrilishi», Sintiya Ozik. “Kafka bo‘lolmaslikning imkonsizligi”, Jaklin Raul-Dyuval. “Kafka, abadiy qayliq” / Per. s fr. Ye. Kloko- voy. — M.: Tekst, 2015. — 256 s. ISBN 978-5-7516-1113-2, Anatoliy Ryasov. “Soyasi katta odam”, Eduard Goldshtyuker. Na téma Franz Kafka — články a studie, 1964, Mark Bent. «Borlig‘im — adabiyot»: “Frans Kafkaning hayoti va kitoblari” // Bent M. I. «Ya ves — literatura»: Stati po istorii i teorii literaturы. — SPb.:Izdatelstvo Sergeya Xodova;Kriga, 2013. — S. 436—458, Garald Salfellner. Frans Kafka va Praga. Literaturnыy putevoditel. Vitalis, Praga 2014. 120 s. ISBN 978-80-7253-307-7, Natali Sarrot “Dostoyevskiydan Kafkaga qadar” va boshqalar.
150 Abdulla Ulug‘ov «Zamon va makon musavviri”, “Qissachiligimiz qirralari”, “Inson ibratga intiladi”,“Asl asarlar sehri”, “Vatan – va tan”, “Qalb qandili”, “Adabiyotshunoslikka kirish”.
151 “Frans Kafka” maqolasi.
Frans Kafka ijodi bo‘yicha ancha tadqiqotlar olib borilganiga qaramasdan, yozuvchining romanlari va hikoyalarida timsollarning kognitiv xususiyatlari, yozuvchi va u yaratgan obrazlar orasidagi ko‘zga ko‘rinmas, ammo bog‘liqlik xususiyatlari tahlil qilinmagan va alohida tadqiqot ob’yekti sifatida tahlilga tortilmagan. Xolbuki, yozuvchining asarlari adabiyotda modernistik qarashlari va inson ruhiyatiga idrok qiluvchi maxluqot ekanligini va u jamiyat, makon va zamonning markazida turuvchi ob’yekt ekanligini isbotlagan va bu badiiy tasvirlariga o‘zgacha yondashganligini ko‘rsatish mazkur ilmiy maqolaning yangilini belgilaydi.
Tadqiqot natijalari davomida Kafkaning asarlari zamon va makon xususiyatlari jihatidan umumiy xarakterga egaligi o‘z isbotini topgan, adibning inson qaysi zamonda yashamasin, insoniylik qiyofasini yo‘qotmasligi kerakligini borasidagi falsafiy va diniy qarashlari izohlangan. Ayniqsa, adib ijodini aks etgan aybdorlik va aybsizlik kategoriyasi, mavhumlik, jamiyat, inson, makon va zamon timsollari ham yozuvchining mifologik dunyo kartinasida qanchalik o‘z aksini topgani muvaffaqiyat bilan ko‘rsatishga erishilgan. Bundan tashqari adabiyotshunos olim M.M. Baxtinning “O‘zimniki va O‘zganiki” konsepti asosida makon va zamonga tegishli bo‘lgan har qanday yaxshi va har qanday yomon tasavvurlarning paydo bo‘lishi va insonning yov va yot degan tushunchalar tufayli yuzaga keladigan tuyg‘ular odamlar orasida bir-birini tushunmasligi muammolarining yuzaga keltirishi, shuningdek, bu kabi muammolar hanuz kishilik jamiyatida urushlar gulxanini yoqish uchun cho‘g‘ bo‘lib xizmat qilayotgani Kafka ijodi misolida ko‘rsatib berilgan.
NazarEshonqulning “Frans Kafka” maqolasining yana bir yutug‘i shundaki, unda Kafka ijodida yetakchi o‘rin egallagan, begonalik, darbadarlik motivlari bilan bir qatorda eng asosiy mavzular — komil inson falsafasi, e’tiqod va e’tiqodsizlikning oqibatlarining tahlilidir. Adib bu mavzularni qanday ochib berishga erishganing mohiyati Kafka romanlariga asos bo‘lgan diniy manbalardagi syujetlar va qahramonlar qismati bilan yozuvchi ijodidagi mushtaraklik va tafovutlar qiyosiy metodlardan keng foydalanish orqali ko‘rsatilgan. 1911 yildan 1921 yilga qadar, bilamizki, dunyoda ulkan va dahshatli voqealar sodir bo‘ldi, masalan, Kafkaning vatani sanalgan Avstriya-Vengeriya imperiyasining tanazzuli va parchalanishi, Birinchi Jahon urushi, insoniyatning anchayin e’tiqoddan olislashuvi, olamda materialistik qarashlarning birinchi o‘ringa chiqishi, Kafka ijodida ham o‘z aksini topmay qolmagani maqolada o‘z aksini topgan. Shuningdek, izlanishlar natijasida adib asarlarining realligi misoli qo‘rqinchli tush, ammo yovuz emas va ziyon yetkazmaydi, aksincha, e’tiqod borasida bosh qotirib ko‘rishga undashi muvaffaqiyatli tarzda ketma-ket adibning romanlaridagi syujetlar va qahramonlar kechmishi misolida namoyon bo‘lgan. Va adabiy tahlillar shuni ko‘rsatganki, dahshatli tushlarning sabablari XX asrda sodir bo‘lgan siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlarning ildizidan izlab, kelajakda insoniyat qismatida burilish yasaydigan, muqarrar halokatga yetaklaydigan evrilishlardan tiyilishga undash Kafka ijodidagi yetakchi motivlardan ekanligi tadqiqotlarning hosilasi sifatida o‘z aksini topganligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Nazar Eshonqulning “Frans Kafka” maqolasi Kafka ijodini o‘rganish, uning mifologik dunyo kartinasini anglash, yozuvchi olamiga kirish, kelajakda bu borada o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Chunki ilmiy izlanish asosan Kafka romanlaridagi asosiy motivlar, falsafiy qarashlarni tartibga solish, diniy qarashlar, kishilik jamiyatida “O‘zimniki va O‘zganiki” konsepti asosida yuzaga keladigan makon va zamonga aloqador ziddiyatlarning ildizini o‘rganish va tahlil qilishga yordam beradi.
Nazar Eshonqulning adib ijodidagi izlanishlari Frans Kafka romanlari, adabiyotshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, metaforologiya, etnografiya, adabiyot tarixi, bo‘yicha tuziladigan lug‘atlarni tayyorlashda g‘arb va sharq adabiyotida syujet va qahramonlar qismati, ularning xarakteri, komil inson falsafasi, e’tiqod va e’tiqodsizlik masalari Birinchi jahon urushi davrida, adabiyotda modernistik qarashlar va oqimlarning yuzaga kelishini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling