Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


ADABIY AN’ANA, ADABIY TA’SIR VA NOVATORLIK MASALASI


Download 0.93 Mb.
bet58/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

ADABIY AN’ANA, ADABIY TA’SIR VA NOVATORLIK MASALASI




Sabohat SHUKUROVA,
QarDU Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi

Adabiy an’ana, adabiy ta’sir va novatorlik masalasi jahon adabiyotshunosligining eng dolzarb va muhim tekshirish, o‘rganish usullaridan biri hisoblanadi. Badiiy asarlarning til, obraz, konflikt, xarakter, psixologizm, milliylik kabi masalalari har bir adabiyotning o‘ziga


xos tegishli ichki muammosi bo‘lishi barobarida, adabiy an’ana, adabiy ta’sir va novatorlik masalasi esa, mohiyatan adabiy-ijtimoiy muammo xarakteriga ega.
Chunonchi, mashhur yozuvchi faqat o‘ziga tegishli milliy zaminda, o‘ziga o‘z xalqiga tegishli ijodkorlar ta’siridagina emas, balki jahon adabiyoti miqyosidagi ulug‘ san’atkorlar ta’siri va jahonbaxsh kuchi bilangina kamolga yetadi.
Adabiy aloqadorlik masalalarida ulkan olim Aleksey Bushmin shunday yozadi: “Turli xalqlar, turfa davrlar adabiyotlarining qiyosiy o‘rganilishi alohida olingan yozuvchilar ijodi va asarlari, bular o‘rtasidagi aloqadorliklarni o‘rganish adabiyotshunoslik fanining muhim tadqiqot metodlaridandir. Bunday aloqadorlik tadqiqi muhim faktlarni , obrazlar va g‘oyalar ko‘lamini, problematik mavzularni, janriy va uslubiy o‘ziga xosliklarni aniqlab, ikki tomon ijodkorining notakrorliklarini aniqlab beradi”. 162
O‘zaro adabiy aloqadorlik hodisalari tizimida o‘rganiladigan, intiladigan, ta’sirlanadigan manba – avvalo, ulkan adabiy muhit sifatida e’tiborli bo‘ladi. Qadimgi Yunon va Rim adabiyoti, buning Dante, Bokachchodek zabardast adiblari; mumtoz fors-tojik adabiyoti -- Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Jomiydek shoirlari; turkiy xalqlar she’riyati – Yassaviy, Yusuf Anhoniy, Rumiy, Nizomiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Fuzuliy, Maxtumquli; ingliz adabiyoti – Shekspir, Bayron, Svift, D.Defo,Ch.Dikkens; fransuz adabiyoti – Balzak, Mopassan, Flober, Mette, R.Rollan, Stendal; rus adabiyoti – Pushkin, Gogol, Dostoyevskiy, Turgenev, Tolstoy, Sholoxov; ispan adabiyoti – Servantes; xitoy adabiyoti – Lu Sin; yapon adabiyoti – Kovabata, Kabo Abe.Demak, keyingi izdosh yozuvchi-shoir , avvalo , o‘zidan avvalgi yirik ijodiy maktab yaratgan so‘z san’atkoriga intiladi va ulardan o‘rganishga, ta’sirlanishga harakat qiladi.
N.Eshonqul o‘zining “Ijod falsafasi” nomli katta zaxmat, ulkan mehr va mas’uliyat bilan yaratilgan kitobida jahon adabiyoti va tasviriy san’atiga oid ulkan daholar olami, mahorati borasida teran fikr yuritadi. Xulosa chiqadiki, Nazar Eshonqul bu daho ijodkorlarning barchasidan ham ta’sirlangan, havaslangan. Buni ijodkorning roman, qissa va hikoyalaridagi notakror mahorat unsurlari, teran falsafiy-ijtimoiy masalalar talqini ham isbotlab turadi.
Nazar Eshonqul har bir jahonshumul ijodkorga munosabatini, o‘zining adabiy jarayonga, ijod sirlariga, adabiy aloqadorlik yoki adabiy mushtaraklik tamoyillariga bo‘lgan munosabatini, o‘zi havaslangan adabiy hodisalarga teran daxldorligini beixtiyor ifodalaydi. “Asarlari texnokratlashgan Amerika hayotining ko‘zgusi, zamonaviy AQSH adabiyotining yuksak namunalari hisoblanadigan E.Xeminguey, J.Steynbek kabi ijodkorlarning asarlarining g‘oyasi va mavzu qamroviga Nazar Eshonqul ijodining mushtarakligi sezilib turadi.
Ma’lum bo‘ladiki, Bredberi kabi jahoniy yozuvchining ijodiy shakllanishida necha mashhur ijodkorning ta’sir roli bo‘lganligi – bu adabiy aloqadorlikning o‘ziga xos hodisasi sanaladi. Xulosa qilish mumkinki, N.Eshonqul ijod olami uchun ham bu qonuniyat daxldor masala hisoblanadi.
O‘zbek yozuvchilari orasida Lev Tolstoy, F.Dostoyevskiy, J.Steynbek ijod maktabidan o‘xshashlik, mushtaraklik usulida oziqlangan adiblardan biri albatta mohir hikoyanavis va romannavis, so‘z san’atkori Nazar Eshonquldir.

Adabiy aloqadorlik tizimida tarjima muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p ijodkorlar asosan o‘zi ta’sirlangan asarlarni tarjima qiladi. Tarjimaviy adabiyot original adabiyot bilan murakkab ravishda o‘zaro munosabatga kirishib, muayyan xalqning vatan adabiyotini tashkil etadi. Lekin tarjima vatan adabiyoti hodisasi bo‘lishi uchun uning eng yetakchi namunalari bilan bo‘ylasha olishi kerak. Bu degani boshqa xalq yozuvchisining o‘z adabiy-lisoniy muhitida
162 Bushmin. Preyemstvennost i razveitiye literaturы. Izdaniye vtoroye dopolnennoye. Leningrad. Xudojestvennaya literatura. 1978. Str. 95s
yaratgan asari yuksak g‘oyaviy-badiiy qimmatga ega bo‘lishi zarurligi bilan birga, tarjimon uni o‘z xalqining adabiy an’analariga tayangan holda, ona tili imkoniyatlari bilan asliyatdagidek maromga yetkazib qayta jonlantira olishi lozimligini ham bildiradi.
Adabiy aloqadorlik, an’ana va novatorlik tizimida “adabiy mushtaraklik”, “adabiy o‘xshashlik” istilohlari, asarlar voqealaridagi, g‘oyaviy pafosidagi mushtaraklik, ya’ni, bir- biriga hamohanglik, yaqinlik mohiyati bilan o‘lchanadigan tushuncha. Masalan, erk, ozodlik, ezgulik- yovuzlik, yaxshilik-yomonlik kabi g‘oyaviy yo‘nalishda bir-biriga hamohang asarlar; asar voqeligida syujetdagi o‘xshashlik: Ch.Aytmatov “Yuzma-yuz” bilan V.Rasputin “Yasha va unutma” qissasidagi hamda S.Ahmad “Ufq” romanidagi urush qochoqlari taqdiri bilan bog‘liq voqealar talqini; bu kabi mushtaraklik va o‘xshashlik holatlarini son-sanoqsiz misollarda ko‘rish mumkin.
Nazar Eshonqul AQSHlik adib Rey Bredberi ijodi haqida, uning notakror san’atkorligini ta’kidlash borasida atroflicha fikr yuritadi. Dastlab bu yozuvchi asarlari aytarli holatda e’tiborni tortmagan. Ammo, muttasil izlanishlar, mahoratni oshirib borishi sharofatidan R.Bredberi ham AQSHning ardoqli yozuvchilari safidan o‘rin ola bilgan.
N.Eshonqulning ilmiy jihatdan teran xulosasicha, bu R.Bredberining eng mashhur so‘z san’atkorlari salohiyatidan munosib ibrat va ilhom olganligi, adabiy an’analarga ijodiy va mustaqil yondoshganlik bilan bog‘liq. R.Bredberining dastlabki asarlaridan biri “Mars xronikasi” fantastik hikoyalar to‘plamining muxlislar o‘rtasida mashhur bo‘lib ketganligi hodisasini qayd etib, “to‘plam AQSHda Xeminguey yoki Steynbekka o‘xshamagan adib paydo bo‘lganidan dalolat berardi”, deya maxsus ta’kidlaydi.
Keng kitobxonlar qalbidan munosib joy olgan, ijodiy izlanishlari ilg‘or jahon adabiyotining eng ilg‘or tamoyillari bilan nurlangan iste’dodli adib Nazar Eshonqulning roman, qissa va hikoyalarini ham qiyosan o‘rganganda, ularning o‘ziga xos va notakror adabiy yutuqlar ekanligiga ishonch hosil qildira oladi. R.Bredberining mashhur vatandoshlari “Xeminguey va Steynbekka o‘xshamagan adib” sifatida tanila boshlanganligini qayd qilgan. N.Eshonqulning o‘zi ham aslida shunday originallikka, boshqa so‘z san’atkorlariga o‘xshamaslikka, o‘zining notakror adabiy karerasini yaratishga harakat qiladigan yozuvchi hisoblanadi.
Adabiy yaratuvchanlik hodisalarini qunt bilan aniqlab, ikki yoki undan ko‘p yozuvchi-shoir asarlarini qiyosan tadqiq qilishdan maqsad - ijodkorlar originalligini, o‘ziga xosligini taqlid holatida qolib ketgan-ketmaganligini aniqlashdan, ularning notakror adabiy yutuqlarini umumlashtirishdan iboratdir. O‘zbek yozuvchilari orasida J.Steynbek ijod maktabidan o‘xshashlik, mushtaraklik usulida oziqlangan adiblardan biri, albatta, mohir hikoyanavis va romannavis, so‘z san’atkori Nazar Eshonquldir.
Nazar Eshonqulning «Urush odamlari» hikoyasida ba’zi insonlarning nafsi yo‘lida o‘ylamay qilgan ishlari dunyoni larzaga keltirgan urushlarni keltirib chiqargani va bu urush ortidan jamiyatdagi insonlarning taqdiriga qanchalik kulfatlar keltirishi asarning birgina Normat ismli qahramoni misolida yorqin tasvirlab berilgan. Normat asarning bosh qahramoni sifatida o‘sha davr odamlari uchun badiiy umumlashma obraz vazifasini o‘taydi.
Jamiyatdagi ayollarning beva bo‘lib qolishi,o‘z umrini yashab hayoti so‘nayotganligini sezib turgan mushtipar ota-onalarning o‘z jigargo‘shalarini urushga jo‘natib oradan qisqa vaqt o‘tgach farzandining tanib bo‘lmas holatga kelib qolgan jasadini qabrga qo‘yishi,tug‘ilmasdanoq yetimlik tamg‘asini bo‘yniga olgan go‘daklar taqdiri, ayollarning eridan olgan qoraxatlari va hayot sinovlari oqibatida tirikligi yo jangda halok bo‘lganligi gumon bo‘lib turgan erlariga xiyonat qilishlari, yosh kelinchaklarning chimildiqlari bo‘sh qolishi, bola bo‘lgani-u, bolaligi bo‘lmagan o‘spirinlarning xayoti -bularning barchasi urush oqibatida ekanligi, urush esa insonligini unutgan, nafsi yo‘lida har narsaga tayyor turadigan xudbinlarning qilgan ishlari ekanligi asarda juda ta’sirli yo‘sinda ochib berilgan.
Jon Steynbekning «Javohir» qissasida ham dunyo xalqlari orasida mavjud bo‘lgan tabaqaviy farqlar, insonlarning qandaydir irqlarga mansubligi, insonlarning rangi ham bir-biridan ajratilishiga, ularning orasida qandaydir urushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotganligi, o‘zlarini «oliy» irqqa mansub deb hisoblaydigan ba’zi insonlarning o‘z manfaatlari yo‘lida riyokorlik qilishi, «oliy irq» vakillarining tarifi bilan aytganda inson sanalmaydigan, qandaydir so‘zlovchi mehnat qurolidek ko‘riladigan jamiyat a’zolari bilan «oliy» irq vakillari o‘z manfaati uchun yaxshi munosabatda bo‘lishga intilganlari juda jirkanch holat ekanligi ta’sirli aks etgan. Asarda insonlarning o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilmayotganligi, kasbini suiiste’mol qilishi, o‘z nafsi yo‘lida insoniy fazilatlardan chiqishi yaqqol ko‘rsatib berilgan. Insonlarning haq-huquqlari toptalishi, erkinliklarining cheklanishi va shu kabi insoniy erkinlikka qo‘yiladigan cheklovlar mustamlakachilik zulmi, xalqning ilmga, milliy g‘ururga bee’tiborligi sababli yuzaga kelishi asarda asosiy o‘rinda turadi.
Jon Steynbek va Nazar Eshonqul ijodida mushtaraklik asosan insonparvarlik, urushning qoralanishi, insonlarning hayotdagi o‘rni, ulardan talab qilinadigan fidoyilik, ezgulikning ulug‘lanishi, yovuzlikning qoralanishi va shu kabi unsurlarda o‘z aksini ko‘rsatadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling