Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.93 Mb.
bet66/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Bart R. Izbrannыye rabotы. Semiotika. Poetika. – Moskva: Progress, 1989.

  2. Greymas A.J. Strukturnaya semantika. – Moskva: Akademicheskiy proyekt, 2004.

  3. Lotman Yu.M. Struktura xudojestvennogo teksta. – Moskva: Iskusstvo, 1970.

  4. Nazar Eshonqul. Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2018.

  5. Saidova R., Murodov Gʻ. Badiiy matnda belgi munosabatlari. – Toshkent: Navro‘z, 2019.

  6. Adabiyot/11 sinf uchun darslik/ Iqism. Boqijon To‘xliyev va b. – Toshkent: “O‘zbekiston ilmiy ensiklopediysi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.

  7. Rasulov A. Struktura va strukturalizm. – Manba: Rasulov A. Badiiylik – bezavol mezon. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh muharriyati, 2007.

  8. Yo‘ldoshev Q (hammualliflikda). Badiiy tahlil asoslari. - UrDU, 2008.

  9. Xolbekov M. Struktur adabiyotshunoslik (risola). – Toshkent: Fan, 2014.

NAZAR ESHONQULNING “BAHOVUDDINNING ITI” HIKOYASIDA KUY RAMZINING POETIK TALQINI




Feruza ALLANAZAROVA,
QarDU mustaqil tadqiqotchi


Annotasiya. Mazkur maqolada yozuvchi Nazar Eshonqulning noan’anaviy talqin qilingan “Bahovuddinning iti” nomli hikoyasidagi kuy ramzining poetik talqini haqida so‘z boradi. Hikoyadagi nafs tushunchasi radio rejissyori qismati timsolida idroklanadi. Ayniqsa, shaytoniy nafsni yengib, rahmoniy tuyg‘ular bilan yashashga bel bog‘lagan qahramon intellekti namoyishi tadqiq qilinadi.
Tayanch so‘z: ramz, obraz, it, nafs, tasavvuf, shayton, syujet, muhit, jamiyat, personaj, kompozisiya, uslub.
Jamiyat og‘riqlarini teran anglab, o‘z yurak-bag‘ridan o‘tkazib tasvirlashning uddasidan chiqa oladigan yozuvchi Nazar Eshonqul kim va nima haqida asar yozmasin, o‘quvchini muammoli savollar qarshisida sinovdan o‘tkazadi. Zukko o‘quvchi ham asarni bir o‘qish yoki mutolaa davomida undagi ma’no-mazmunning manzilu makonlarini aniq-tiniq zabt etishda qiynaladi. Bu usul yozuvchining ramzlar simfoniyasini teran tasvir qila olishi bilan belgilanadi. Azal va abad orasida kechayotgan ming yillik yashash mantig‘i insoniyatni fojealari-yu, yo‘qotishlari, topishlari-yu, ayriliqlari adib asarlarida alohida bir konsepsiya tarzida namoyon bo‘ladi. Sharq xalqlarida urf bo‘lgan tasavvuf falsafasi yozuvchi izlanishlarida boshqacha shaklda yuzaga chiqa boshlaydi. Yaratganning iste’dodi qarshisida har qanday o‘lchov adolat bilan sodir bo‘lishi va shu mezonga, Ulug‘ Iyedalga talpinib, yaqinlashib yashash tariqatpeshvolarining azaliy orzusi ekanligini dalolatlaydi. Adibning tovushlar simofoniyasida inson yashash mantig‘ini aks ettirgan va tabiat, jamiyat, tuzum o‘lchovlarida mutassil iztiroblar og‘ushida umr kechirayotgan “Bahovuddinning iti” hikoyasida qahramon ana shunday kuchli psixologik tarang vaziyatni boshidan o‘tkazadi. O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan radio eshittirish rejissyori qismatini chigal imtihonlardan o‘tkazadi. Hikoya syujetida kuy ramzining asar mohiyatida tutgan o‘rni xususida olimlar turli xil yondashuvni ma’qul ko‘radilar. Biz har bir tadqiqotni xuddi
o‘quvchining o‘zi tushunib yetishi lozim bo‘lgan asar kabi baholashni mumkin deb hisoblaymiz. Negaki, ramziy-majoziy talqin “nafsni tasavvuf adabiyotida it qiyofasida tasavvur qilinishida shu singari fikr va e’tiroflar ta’sir o‘tkazganligi ehtimoldan yiroqmas. Biroq asosiysi it ham, tulki yo sheri darron ham emas, baribir nafsdir. Ko‘zga ko‘rinmay dunyoni tub- tubidan g‘orat qiladigan mavjudlik, bu –nafs. U qancha ko‘p hukmronlikka erishsa, dunyoning axloqiy-ma’naviy holati o‘shancha buziladi; haqiqat va vijdon, diyonat va rostlik boshidagi qaro bulutlar shu qadar quyuqlashadi. Shuningdek, zohiriy chora-tadbirlar, bahsu munozaralar nafsdan tug‘ilajak kulfat, musibat va halokatlarning yo‘liga to‘siq qo‘yolmaydi. Nafs erkin va erkli ekan, yolg‘on, riyo, zulm, zo‘ravonlik, munofiqlik, xullas, hamma yomon va tuban sifatlar gullab-yashnayveradi. Bular esa inson botinidagi “it” – nafsning o‘yinlari. Xohlasa, odamni u parchalab, sochib yuboradi, istasa, o‘zni yig‘ishtirib olishga imkon beradi. Lekin har qancha urinib-surinmang, undan ajralolmaysiz. Siz – unda, u – sizda yashaydi. U – sizga, siz – unga bog‘liqsiz. Kimki uni qancha xoru zalil eta olsa, o‘zini ham, o‘zgalarni ham o‘shancha yaxshi anglashi muqarrardir”184, - deya yozadi prof. I.Haqqulov. Binobarin, “Bahovuddinning iti” hikoyasida bugunning odamlari hikoya qilinadi. Unda o‘zining ishini durust bilmaydigan, san’at va adabiyotdan umuman xabari yo‘q odamning radio eshittirishlar muharriri qilib tayinlanishini ham keskin tanqidiy mulohazalari bilan yozuvchi alohida uqtiradi. Demak, yozuvchi asl san’at asarining qandaydir tuzum tazyiqi ostida o‘zini to‘laqonli namoyon qilishda qarshiliklarga uchrashi mazkur hikoyada yaqqol ko‘rish mumkin. Yozuvchi hikoyada kuy ramzini shu qadar voqelikka puxta bog‘lab tasvirlaydiki, o‘quvchi itning mungli uvillashidan topadigan ma’noni anglashda biroz o‘ylanib mulohaza yuritishga kirishadi. Tasavvuf talqinlari hikoyada muammoni ochib beruvchi bir vosita bo‘lsa, muharrir va rejissyor orasida kechadigan munosabat real hayot tutimlarini aniqlashtirishda qo‘l keladi.
“Ijtimoiy muhit qurshovida bo‘lish uchun odam jamoda yashashi, jamoada yashash uchun esa,
hamisha muayyan axloqiy, ma’naviy, huquqiy talablarga amal qilishi kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda biror ijtimoiy qatlamning o‘zga ijtimoiy mavjudliklar ichida yo‘qolib ketmay, o‘z qiyofasiga ega bo‘lib qolish zaruriyati uning o‘ziga xosliklarini ta’minlaydigan ma’naviy- xulqiy sifatlarga ega bo‘lishini taqozo qiladi. Olam bitta bo‘lgani holda unga yondashuvlar, uni anglash va izohlashlarning son-sanoqsizligi shundan. Binobarin, muayyan zaminda paydo bo‘lgan har qanday estetik hodisada o‘sha sharoitga tegishli jihatlarning belgisi qoladi. Bu belgilar ba’zan asar mohiyatini tayin etadigan darajada kuchli, ba’zan esa ko‘zga tashlanmaydigan darajada sezilmas bo‘lishi mumkin. Shu bois biror milliy maskanda yaratilgan asarni tushuntirish va tadqiq etishda o‘sha zamin hamda unda yashaydigan jamoaning qarashlar tizimiga xos xususiyatlar aniq hisobga olinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi”185. Darhaqiqat, N.Eshonqul hamisha jamiyat tuzumlarida chigal muammolar iskanjasida qolgan, mutelik qarshisida o‘z hayot yo‘lini topish ilinjida yashayotgan qahramonlar taqdiri bilan qiziqib, asarlar yozadi. XX asr adabiyotining asl maqsadi ham jamiyat va shaxs to‘qnashuvida o‘zlikni anglash masalasi turganligini e’tiborga olish muhim:

“Ertasiga quyosh endi bosh ko‘tarayotganda yordamchim va ovoz rejissyori bilan birga borib, mikrofonlarni xiyobonga o‘rnatdik. Yaqin-atrofda katta mashina va temir yo‘llari bo‘lmagani uchun bu yer xuddi biz istagandek osuda edi. Daraxtlar sekin shovullab turar, bog‘ni qushlar chug‘uri qoplagan, go‘yo parranda ahli odamlar bu yerga yig‘ilmasdan burun bir yayrab qolmoqchidek, bor ovozlari bilan chug‘urlashar, daraxtdan daraxtga uchib, o‘ziga xos saodatmand sayroqilar xorini tashkil qilgandi. Ba’zi-ba’zida gullarga kelib qo‘nayotgan arilarning yoki ninachilar va so‘nalarning g‘ung‘illagan ovozlari bu shovqinni bir pas bosib ketgandek tuyular, lekin bu hashoratlar ovozida ham bizning pesamizga mos uyg‘unlik va ko‘tarinkilik bor, shu sababli hammasi tabiiy va go‘zal edi. Men rejissyor sifatida hamisha ishlatilaverib, qolaversa,
184 Haqqulov I. Evrilish tovushi// manba: www.jarida.uzsaytidan olindi. 2008 yil.
185 Yo‘ldoshev Q., Yo‘ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. –T., “Kamalak”. 2016. –B.76.
atayin texnik jilo berilgan, biroz sun’iylashgan «Shovqinlar jamg‘armasi»dagi ovozlardan foydalanganim uchun bu yerdagi ovozlarning tabiiyligidan hayratlanib turardim”186.
Hikoyada tasvirlanayotgan mazkur lavhalarda ovoz yozib oluvchi rejissyorning tavsiflari aks ettiriladi. Ayniqsa, xilma-xil tovushlar simfoniyasining oxir-oqibat bitta kuy – itning uvillashiga aylanib qolishi insoniyatning o‘zligini anglashda bir kalit vazifasini o‘tashga imkon tug‘diradi. Nafs va uning fojeaviyligi ham ana shu ovozlar uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Bu xildagi obrazlar Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy singari mumtoz shoirlar ijodida ham o‘ziga xos tarzda go‘zal tashbehlarda aks ettirilgan. Nazar Eshonqul hikoyada nafsning tovushda aks etishini birinchi planga chiqaradi. Mana shu jihat insonni jiddiy sinovdan o‘tkazadi. It obrazi tasavvuf adabiyotlarida ijobiy va ibratli ma’nolarda talqin qilinganini e’tirof etish lozim. Darvoqe, inson o‘zining har bir istak-xohishi, maqsadlari bilan hayotini o‘nglab boradi. Ayniqsa, ovoz yozib oluvchi rejissyor taqdirida sodir bo‘layotgan o‘zgarish bog‘ va ishxona orasida kecharkan. Bu itning mungli xonishi uning butun borlig‘ini egallay boradi. Adib bu o‘rinda tabiat va inson qismatidagi uyg‘unlikni ham birga ko‘rsatishga harakat qilgan.
Nafsni tozalash, yengish va uni barcha yomonliklardan tiyib turish uchun itning og‘riqli uvillashlari rejissiyorni juda qiyin bir holatda imtihon qiladi. San’atning mohiyatini tushunmagan muharrir jamoaning qilayotgan ishlaridan qoniqish his qilmaydi. Demak, bahor ramziy ma’no tashuvchi bir obraz bo‘lib gavdalanishida ham muhim bir hikmat yashiringandek. Dunyoning hoyu havaslaridan baland ko‘tirila olgan shaxslargina buni teran fahmlaydi. Hikoya qaramoni xotiralarida aks etayotgan o‘tmishi, kasbu kori va qilayotgan ishlarini birma-bir sarhisob qilishga erishadi:
“Ertasiga ham, keyingi kunlar ham men bog‘ning bir chetida o‘tirib, ko‘zlarimni yumgancha kunimni shu holatda, musibat va anduhdan titrab o‘tkazdim. Men uvillayotgan itni ko‘rgim, uning g‘amiga sherik bo‘lgim, musibat ezgan boshini silagim kelardi. Endi bir umr bu noladan ham, itdan ham ayrilolmaydiganday edim. Ko‘zlarimni ochganimda uvillash yo‘qolar, yumib olishim bilan qulog‘im tagida paydo bo‘lar, meni o‘z ohangiga olib kirib ketardi. Uvillashda xo‘rlik va haqorat to‘la edi. Mahkumlik va mutelik, ojizlik va zulm qorishiq edi. Bu xo‘rlik bilan odam yashashi mumkin emasdi. Men ko‘zlarimni ochib, «Qayerdasan, nega meni bunchalik ezasan, kel, seni ko‘ray, maqsading nima?!» deb pichirlardim. Pichirlashim qulog‘im tagida xuddi hayqiriqday sado berardi. O‘shanday lahzalarda men bir narsani bilib qoldim: ko‘zimni yumishim bilan mening ichimdan nimadir tashqariga sakrab chiqib ketar, menga o‘sha sakrab chiqib ketgan narsa itday bo‘lib tuyular, ammo mening ichimda itni maqulladi deya bu shubhani inkor qilardim. Asta-sekin boqqa kelishim bilan ichimdan sakrab chiqib ketgan sharpaning itga o‘xshashligiga ishona boshladim”187.

Ko‘rib o‘tganimizdek, it va odam vujudida birikuv hosil qilishi – nafsning asta- sekin o‘nglanish darajalarini ochiqlab bermoqda. Nafs – shaytoniy ish ekanligi yozuvchining diqqatidan nari turmaydi. Qahramon mutelik, xo‘rlik, zorlik va iztiroblarni it timsolida o‘nglanishga yuz tutayotgan insonning botiniy istaklari yanglig‘ inkishof qilishga kirishadi. Bog‘ va uy orasida kechayotgan ichki istaklar mung va dard ovozida itning holini o‘z vujudida anglashini taqozolaydi. It hamisha sergak va gapiruvchi jonivor sifatida uning hayotida boshqacha o‘rin tuta boradi. Biz hech bir vaqt nafsning qay shaklda namoyon bo‘lishini oldindan bilmaymiz. Shaytoniy istaklar inson vujudini qanday o‘rab olganligini ham sezmaymiz. Dunyo moli deb uringan vaqtlarda nafsga taslim bo‘lish eng achinarli holatdir. Prof. Q.Yo‘ldoshev shunday yozadi: “Nazar Eshonqulning “Yoshlik” jurnalining o‘tgan yilgi sonlaridan birida “Bahovuddinning iti” degan hikoyasi chiqdi. Shu hikoyada bizning adabiyotimizda qilinmagan ish qilinadi. Oydekkina, tuppa-tuzukkina ishlab turgan odam o‘zining jamoasidan ko‘ra, bir-biri bilan suyak talashadigan itlarning orasida yashash xavfsizroq va halolroq ekanligini anglab
186 Nazar Eshonqul. Bahovuddinning iti// manba www.kh-davron.uz saytidan olindi.
187 Ko‘rsatilgan manba:https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/ibrohim-haqqul-nazar-eshonqul.html
yetadi va o‘sha itlarning bittasiga aylanib ketadi. Jismi ham itga aylanadi. Hikoyada itlashish uni odamlashishdan yiroqlashtirmagani, balki itdan-da battar bo‘lgan jinsdoshlaridan yuz o‘girgani va ulardan tozaroq bo‘lganini ramz bilan ifodalab beriladi”188. Mana shu jihatning o‘ziyoq hikoyani yanada teran tadqiq qilish zaruratini anglatib turibdi. Yozuvchi oddiy bir ovozni yozishdan boshlangan ziddiyatlar bir inson taqdirini boshqa tomonga, nafs ishidan tiyilib, haqiqiy insonlik matlabini anglab yashashga intilayotgan, o‘zgarishga yuz burgan odam xarakterini tipiklashtiradi. Jamoaning asl yuzi – insonlikdan yiroq va adashishlar bilan umr kechirayotgan odamlarni ajratib olishga birgina itning uvillashini keltirishi voqelikni ranginlashtiradi. Adib jamiyat va shaxs birligida o‘zaro ziddiyatlar soxta tuzumning girdoblarida xo‘jako‘rsinga umr kechirayotgan odamlardan bezgan bir haqiqiy san’atkor ruhiyatini idroklay olganida qabarib ko‘rinadi. Bir qarashda oddiy va sodda tuyulgan epizodlarning mohiyatida o‘sha qadimiy kuy – nay navosi ham elas-elas sezilib turadi. Kuyning mahzunligi Jaloliddin Rumiy keltirgan “Nay ne hikoyat aylag‘ay” qabilidagi o‘lmas hikmatini yodimizga soladi.
Shuni qayd etish joizki, hikoyada kuy navosi itning ayriliqlardan shikoyati yanglig‘ eshitilishida ham o‘ziga xos ramz yashirin. “Hikoyada ifodalangan hayot – bugungi hayot. Qahramonlar ham tanish – bizu siz ko‘rib-bilib yurgan odamlar. Yolg‘iz bir narsa – qariyb timsol maqomiga ko‘tarilgan TOVUSH qadimiy. Mungli va mahzun bir ohang bag‘oyat eski. Men ko‘ngilni o‘rtaydigan xotira chaqirig‘i deb qabul qildim. Nazarimda, hikoyadagi “it” timsoli xususida alohida so‘zlashga hojat yo‘q. Nafsini tozalash, yengish azobini zimmasiga ola bilgan har bir kishi o‘z siyratida uni ko‘rib, nolalarini eshitadi. Zero, Navoiydek ulug‘ zot ham bir o‘rinda
– “nafsoniyat tug‘yonidin” “o‘zumni itga tashbih qilibmen”, deganlar. “Bahovuddinning iti” hikoyasida tasavvufdan ilhomlanish bor. Biroq undan so‘fiyona bir ma’no yoki bo‘yoq qidirmaslik kerak. Hikoyaning nafs, axloq, qalb, ruh to‘g‘risidagi qadim davrlarda ilgari surilgan fikr- mulohazalarni eslashga rag‘batlantirishi – bu boshqa masala. Va ulardan ayrimlari sog‘lom ruhiy hayot, musaffo ma’naviy bog‘lanish asrlar mobaynida insoniyat erisholmagan buyuk orzu ekanligini bilish jihatidan alohida ahamiyatga molikdir”189. Nazar Eshonqul haqidagi bu o‘tkir fikrlar bugungi kunda o‘z tasdig‘ini topib turibdi. Yozuvchi qadimiy bir mungli kuyga shu qadar ma’noni tizginlashtirganki, yangicha, ya’ni moderncha talqinida qahramon-muhit-it timsolida idroklay olganligida ko‘rinadi. Frans Kafkaning “Evrilish” hikoyasida odamning katta bir hashorat qo‘ng‘izga aylanib qolishiga o‘xshab ketsa-da, bu yerda sharqona mental xususiyat o‘z ifodasini topgan. Itning vafodorligi, rejissyorning butun borlig‘iga aylanib ketadi. U bilan bir umr birga yashashni eng oliy maqsad deb biladi. Darhaqiqat, jamiyatdagi nafs kuchlaridan tiyilib, shaytoniy istaklardan balandga ko‘tarilgan shaxslargina bunday qilishga qodir. Iymon va e’tiqod maslagi jamiyat hayotidagi katta-kichik ishlar shaxsni jiddiy sinovdan o‘tkazadi. Yozuvchi hikoyada ana shu mezonni tasvirlashni maqsad qilganligida seziladi. Zero, itning qahramonga aylanishi, dunyo hoyu-havaslaridan balandga chiqishga yetaklashi ifodani quyuqlashtiradi. Rahmoniy istaklar yo‘liga tushgan qahramon psixologiyasi yozuvchi ijodiy konsepsiyasining asosiy mag‘zi ekanligini to‘laqonli dalolatlaydi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling