Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Download 0.93 Mb.
bet65/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Ya’ni yozuvchi bosh qahramonlar ruhiyati va turfa holatlari tasvirini ifodalashda dramatizm holatlari ifodasida kitobxonga u haqidagi batafsil ma’lumotlarni muallif va personajlar nutqi qahramonlar xatti-harakatlari orqali berishga harakat qiladi.
Urush odamlari” qissasida Normat polvon va Anziratning noravo taqdiri dahshatli yakun topishi o‘quvchiga noodatiy hol bo‘lib tuyulmaydi. Chunki shunday bo‘lishini kitobxon oldindan asarning ruhidan, voqealarning mantiqiy oqimidan anglab kelgan bo‘ladi. Bunday xulosaga kelishi uchun qahramonlar talqinidagi voqealar va holatlar ifodasi etarli darajada edi. Xususan, Normat polvonga o‘xshagan fe’ldagi kishilar bunday ish uchun hech qachon kechirmasligini, kechira olmasligini kitobxon ham, hatto Anziratning o‘zi ham yaxshi his etadi. “Nazarimizda, qissada Normat polvonning fe’l-atvoridan tashqari uning ovga qiziqishi, doim o‘zi bilan birga miltiq olib yurishi bejiz aytilmaydi, eslatilmaydi, shekilli. O‘sha miltiq nihoyat o‘z vazifasini bajaradi Normat polvon jonidan ortiq suyadigan Anziratni o‘z qo‘li bilan otadi”.

Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasi urushning insonlar taqdiriga ta’siri masalasi atroflicha yoritilganligi bilan ajralib turadi. Undagi etakchi qahramonlar bo‘lgan Normat polvon, Anzirat Mirzaqul rais, Biyda momo kabilarning ayanchli taqdiri, ularning tinch hayotlarining azob-uqubat va iztirobli tus olishiga urush sababchi ekanligi asar personajlarinig psixologik holatlari, ruhiy iztiroblari va amallari orqali ochib berilgan. Istiqlol davri o‘zbek nasrida yozilgan barcha asarlarda urushning insonlar taqdiriga ta’siri va salbiy oqibatlari xususida fikr yuritilganligi bilan ajralib turadi.
179 “Sharq nashriyoti”-Matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2008 yil
180 U.O‘ljaboyev. Adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi. – T., Turon zamin ziyo, 2017. 94-bet
Xulosa qilib aytganda, XX asr o‘zbek nasrida urush mavzusida yaratilgan yozilgan barcha nasriy asarlarda psixologik tasvir masalasiga alohida urg‘u berilgan urush mavzusidagi asarlarda qahramon va sharoit talqini masalasi ham asarlar mualliflarining diqqat markazida bo‘lganligi yuqoridagi talqinlardan sezilib turadi. Ushbu mavzudagi asarlar urushning insonlar taqdiriga ta’siri va salbiy oqibatlari xususida fikr yuritilganligi bilan ajralib turadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Yo‘ldoshev Q. So‘z yolqini. – T., Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2018. 336-b.

  2. “Sharq nashriyoti”-Matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2008 yil

  3. O‘ljaboev U. Adabiyot – ko‘ngil ko‘zgusi. – T., Turon zamin ziyo, 2017, - 215 b.

  4. O‘ljaboev U. Zamon talbi va ijodkor mas’ulligi. –T., O‘zbekiston, 2012.

  5. O‘z.ME (O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi). Birinchi jild. – Toshkent, 2000. www. vikipedia.uz

  6. www. literature.uz.

«GO‘R O‘GʻLI YOXUD HAYOT SUVI»: SARLAVHADAGI SEHR




Mohinur FARMONOVA,
BuxDU stajyor tadqiqotchisi


Annotasiya. Maqolada iste’dodli yozuvchi Nazar Eshonqulning «Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi» romani sarlavhasini struktural tahlil qilinib, undagi kodlarning ma’no hududlari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: Narrativ, kod, mavzu, folklor, obraz, syujet, struktura, konflikt.

XX asrning 80-90 yillarida o‘zbek adabiy manzarasi yangilanishga yuz tutdi. Bu yangilanish barcha adabiy turlarda, xususan, nasrda yorqinroq aks etdi. Ayni shu davrda XIX asr oxiri XX asr boshlarida Gʻarb adabiyotida namoyon bo‘lgan adabiy oqimga monand belgilar namoyon bo‘ldi. An’anaviy uslubdan chekinganlik yaqqol aks etgan bunday ijodiy izlanishlar adabiy jamotchilik, keng kitobxon qatlami diqqatini tortdi. Qoliplarga sig‘may, qoidalar to‘sig‘ini buzib shakllanayotgan yangicha ijod uslublari, o‘z navbatida, o‘zbek prozasi tahlil qamrovining kengayishiga, tahlilning shakli, mamun, vosita hamda maqsadlarining yangi jihatlarga ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Xususan, syujet «mato» sini to‘qishga xizmat qiluvchi turli voqea- hodisalar tasviri, obrazlar xatti-harakatlari, ijtimoiy muhit, sharoit, zamon va makon


«ip»lari unchalar muhim bo‘lmay qoldi. Endi ayni mavjud borliqning inson tasavvuri, shuuriga ta’siri, obrazning unga ongli munosabati badiiyatga aylantirildi.
Nazar Eshonqulning «Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi» romani yuqoridagi xususiyatlarni o‘zida namoyon qilgan, adabiy standartlardan chekingan holda dunyoga kelgan badiyat namunasidir. Roman o‘tgan asrning 90-yillarida yozilgan. O‘ziga xos ijod uslubini tanlagan mohir yozuvchi shu romani orqali dogmatik adabiy stereotiplar to‘sig‘ini buzib tashlay oldi. Asar kitobxonni o‘ylashga, o‘ylaganda ham shunchaki emas, balki tom ma’noda teran tafakkur qilishga majbur qiladi. «Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi» yangicha ijod uslubini o‘zida aks ettirgan roman ekan, demak uni tahlil qilish uchun ham yangi metodlarni qo‘llash lozim. Bu borada esa struktural metod yordam beradi. Adabiyotshunosdan mohir, sinchkov, zargarona nigoh talab qiluvchi bu
tahlil usuli romanning bor badiiy go‘zalligini, chin mohiyatini namoyon qilib bera oladi. Struktural tahlil badiiy matn ostidagi tagmatnni, matn bo‘ylab sochilgan kodlarni tadqiq ob’yekti sifatida olib, ularning asl ma’nosini ochib beradi.
Biz ushbu maqolamizda «Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi» romani sarlavhasini struktural tahlil qilib, undagi kodlarning ma’no hududlarini aniqlashga harakat qilamiz. Roman sarlavhasini ikki qismdan iborat: 1) Go‘r o‘g‘li; 2) hayot suvi. Har ikkala qismda ham narrativ kod mavjud. Narrativ kod – struktural tahlil vositalaridan biri bo‘lib, badiiy matnga o‘quvchini qiziqtirish, diqqat-e’tiborini qat’iy jalb qilish va uni tafakkur qildirishga undash vazifasini bajaruvchi kod. Dastlab, sarlavhaning birinchi qismi «Go‘r o‘g‘li » haqida. Roman aynan nega shunday nomlanganligi kitobxonda katta qiziqish uyg‘otadi. Kitobxonda romanning boshidan to so‘nggi sahifasiga qadar ayni shu qiziqish ruhi saqlanib qoladi. Shu o‘rinda roman nomiga doir o‘z mulohazamizni bildirib o‘tamiz. O‘zbek adabiyoti ixlosmandlariga yaxshi ma’lumki, «Go‘ro‘g‘li» xalq og‘zaki ijodining bor go‘zalligini o‘zida namoyon eta olgan betakror doston sanaladi. Doston bevosita bosh qahramonning nomi bilan bog‘liq. Go‘ro‘g‘li antroponimi borasida qarashlar turlicha:
«...«Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlarida turli yondashuvlar mavjud. Jumladan, uning go‘r
– qabrda tug‘ilishi motivini asoslaydigan qarashlar ustuvorlik kasb etgan. Ayni paytda, uning «ko‘r otaning farzandi» ekanligiga urg‘u beradigan yo‘nalish ham mavjud. Po‘lkan shoir variantida mana shu ikkala qarashning ham ta’siri ochiq seziladi. Nomning o‘zak qismi ko‘plab talqinlarga imkon beradi. Zero, «go‘r» va «ko‘r» dan tashqari «kur» o‘zagi ham mana shunday rang-barangliklardan birini tashkil etadi (dostonning Ozarbayjon, Oltoy kabi boshqa turkiy xalqlarda «Ko‘ro‘g‘li» nomi bilan atalishi fikr isbotidir – ta’kid bizniki). Uning ma’nosi alp, botir, mard deganidir. Bu o‘zakda quyosh, o‘t, olov, qo‘r, qir, tog‘ singari ma’nolar ham mujassamlashganki, ular qadimgi asotir va afsonalar vositasida eng qadimgi asotir va afsonalar vositasida eng qadimgi tasavvurlarni qayta tiklash imkonini beradi» 181.

Ko‘rinib turibdiki, Go‘ro‘g‘li nomi bilan bog‘liq turli talqinlar mavjud va har bir talqin o‘zigaxosasosga ega. Bizningcha, Nazar Eshonqul yangi yo‘nalishdagi romanini«go‘rfarzandi, qabrda tug‘ilgan» degan ma’nolarni faollashtirish niyatida «Go‘r o‘g‘li» deya nomlagan. Xo‘sh, nega? Asar syujetining biror o‘rnida tilga olinmagan, na muallif tilidan aytilmagan, na obrazlar nutqi orqali ishora qilinmagan bu SO‘Z (so‘zning butun qudratini nazarda tutmoqdamiz) qay maqsadni amalga oshirish uchun roman nomi darajasiga ko‘tarildi? Shu o‘rinda, Nazar Eshonqulning o‘z asari borasidagi fikrlari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi: «...O‘tgan yillar ichida roman sifatida o‘zini oqlamaydi deb, ichidagi ba’zi bir boblarni alohida mustaqil hikoya sifatida e’lon ham qildim. Uzoq ikkilanishlardan so‘ng uni qay tarzda yaralgan bo‘lsa, o‘sha holatda qolgani ma’qul degan xulosaga keldim. O‘zining tirikligini, mavjudligini isbot qilib bera olmagan, insonning tirikligi va mavjudligini tan olmagan, insoniylik, sha’n va g‘ururini xo‘rlash va haqoratlash evaziga yashagan o‘sha mustabid tuzumdan chiqariladigan kichik bir saboq bo‘lib qolishi uchungina uni baribir e’lon qilishga jazm etdi182. E’tiboringizni «O‘zining tirikligini, mavjudligini isbot qilib bera olmagan, insonning tirikligi va mavjudligini tan olmagan...» jumlasiga tortmoqchimiz. Roman bosh qahramoni N.ni o‘zi tirik bo‘la turib, o‘ldi deya e’lon qilishadi, dafn marosimini o‘tkazib (o‘zi ishtirokida!) qabrga qo‘yishadi va uni marhum dab hujjatlashtirishadi. N. Ming harakat qilmasin, yonib kuymasin, tuzum uni tirik deya tan olmaydi. O‘zini ko‘rib turib ham, suhbatlashib turib ham hujjatlarga ko‘ra o‘lgan N.ga harakatlari behudaligi, yaxshisi, o‘limini tan olishi (!) kerakligini uqtirishadi. Bu qanday razolatki, inson hayoti, qadri oddiy qog‘ozdan ustun bo‘lolmasa?! Kitobxonning ongosti sezgilarini ag‘dar-to‘ntar qilib yuboradigan bunday noodatiy, kutilmagan syujet ko‘proq
181 Adabiyot. 11 sinf uchun darslik. I qism. B.To‘xliyev va b.Toshkent, 2018, 49-50 bet.
182 Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi. Nazar Eshonqul. T: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2018.2 bet
tafakkur qilishga , matn ostidagi ma’nolarni ilg‘ashga undaydi. «Go‘ro‘g‘li» - bu narrativ kod va uni dishifrovka qilish (kodning ma’no kengliklarini ochish) butun asarga boshqa nigoh bilanb struktur tahlil o‘lchovlari bilan qarash shartligini ta’kidlaydi. Demak, N. xuddi Go‘ro‘g‘li kabi «go‘r»da – razolatning qora ko‘lankasi egallagan zulmat mustabid tuzumda ( bu yerda ramziy kod ham mavjud, inchunun struktur tahlil xulosasiga ko‘ra bir o‘rinda turli badiiy kodlar bir-birini to‘ldirgan holda uyg‘un qo‘llana oladi) tug‘iladi, voyaga yetadi va shu tuzum uchun ertadan kechga qadar mehnat qiladi. Ammo u mana shu «go‘r»dan qutulishga harakat ham qilmaydi. Uning bor fojiasi aynan shunda – asirligini, tutqunligini, beqadrligini qabul qilganligida, barchasiga boricha ko‘nikkanligida. Chunki bu tuzum uchun «Norozilik – xavfli alomat»183. Ammo N. uni rasman o‘ldiga chiqarib qo‘yib, tirikligini tan olishmagandan so‘ng barchasidan o‘ch olishga, tirikligini isbotlashga kirishadi. O‘ziga o‘lim hukmini o‘qigan jamiyatdan najot izlaydi, o‘z «go‘r»ini – zulmat dunyosini buzib, parchalab chinakam yorug‘ hayotga chiqish uchun najot izlaydi, biroq bu jamiyatda hech narsa haqiqiy emasligiga, barcha- barchasi soxta ekanligiga guvoh bo‘ladi. U insonlarni qanday yashashi, qancha yashashi, qayerda, qachon va qay holda jon berishlariga qadar nazorat qiladigan tuzum bilan irodasi bukilguncha kurashdi. Afsuski, u yolg‘iz edi, bu kurashda unga yelkadosh topilmadi, negaki, hamma bu hayot tarzini – agar hayot deb atash joiz bo‘lsa – qabul qilib bo‘lgan, bariga ko‘nikkan edi. Hech kimga ishonib bo‘lmasligini, hech kim unga yordam bera olmasligini tuyqus anglagan N. ham ruhan, ham jisman barbod bo‘ladi, kurashda yutqizadi, taslim bo‘ladi. O‘z ustidan chiqarilgan hukmni o‘zi ijro etadi – yo‘qlikka yuz tutadi. Yozuvchi bu orqali fikran va jisman asirlikka mahkum qilingan xalqning qachonki o‘z Go‘ro‘g‘lilarini qo‘llab-quvvatlasa, suyasa, tayanch bo‘lsa, albatta, erkka, hurriyatga erisha olishini ta’kidlaydi. Faqat Go‘ro‘g‘lilarga – zulmatdan ziyo sari intilganlarga, o‘zini o‘zligini taniganlarga ishonish kerak, dalda bo‘lish shart, toki ular o‘z saflarini kengaytira olishsin. Faqatgina Ishonch va Ittifoq kerak. Shundagina millat zulmat ustidan, razolat ustidan, qabohat ustidan g‘olib bo‘ladi. Bizningcha, adibning asarga bunday nom tanlashidan bosh maqsadi aynan shu – tuturiqsiz ishlash mexanizmiga, diktaturaga, byurokratiyaga va turg‘unlikka asoslangan tuzumga qarshi isyon qilish, irganch qiyofasini fosh qilish! O‘z dunyosini o‘zi yorita olishga qodir bo‘lmoq uchun intilish! Zulmatini yengish, jaholatini yanchish, o‘zligini topish uchun uyg‘onish va uyg‘otish!
«Go‘r o‘g‘li» narrativ kodidan yuqoridagi fikrlar anglashiladi. Kezi kelganda ta’kidlash
joizki, romanning ilk nomi butunlay boshqacha - «Lahad» bo‘lgan. Ammo ta’kidlash kerakki,
«Lahad» dan ko‘ra, «Go‘r o‘g‘li» asarga boshqacha zalvor, boshqacha qiymat bag‘ishlagan.
Narrativ kod bilan bog‘liq fikrlarimizni davom ettirgan holda, diqqatingizni roman sarlavhasining ikkichi qismiga qaratamiz: «hayot suvi». Bu – sarlavhaning o‘zidagi ikkinchi narrativ kod. Kitobxon o‘zi sezmagan holda hayot suvi nima ekanligiga, uning roman mazmuniga qanchalar mos ekanligaqiziqib qoladi. Roman uchun tanlangan epigrafda ham shk birikmani ko‘rish mumkin: «...hayot suvin izlab o‘tdi Gilgamish». «Gilgamish» dostonidan olingan bu misra roman mazmun-mohiyatiga a’lo darajada muvofiqlashadi, negaki, dostonning bosh g‘oyasi inson umri boqiy emasligi, o‘limdan qochib qutula olmasligi, faqatgina ezgu amallarigina uni abadiylikka daxldor qila olishligidir. Roman nomidagi hayot suvini esa umrboqiylikka sabab bo‘luvchi vosita deb emas, balki o‘zlikni tanish, ruhiyatni his qilish vositasi deb tahlil qilsak, o‘rinli bo‘ladi. Negaki, inson o‘zidan ezgu nom qoldirishi uchun ham avvalambor, u o‘zligini bilishi, aslida kim ekanini his qilishi zarur. Bu o‘rinda ramziy kodni ham ko‘rish mumkin: hayot suvi – o‘zlikni anglashga intilish ramzi .
Guvohi bo‘lganingizdek, birgina sarlavhaning o‘zida struktur analiz orqali o‘nlab daqiq ma’no qirralarini topish mumkin. Bu esa o‘zbek adabiyotida ham jahon modernistik durdonalari bilan bellasha olishga qodir chinakam asarlar borligini to‘la ma’noda isbotlaydi. Betakror

183 Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi. Nazar Eshonqul. T: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2018, 98 bet
ijodkor Nazar Eshonqulning «Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi» romani ayni shunday asarlardan biridir.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling